Get Mystery Box with random crypto!

AlQuranuz-Shayx Alijon qori

Telegram kanalining logotibi alquranuz — AlQuranuz-Shayx Alijon qori A
Kanaldagi mavzular:
Кун
Telegram kanalining logotibi alquranuz — AlQuranuz-Shayx Alijon qori
Kanaldagi mavzular:
Кун
Kanal manzili: @alquranuz
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 129.98K
Kanalning ta’rifi

Ushbu sahifa O'zbekiston Respublikasi Din ishlari bo'yicha qo'mitaning 2023 yil 24-maydagi 02-07/4090-sonli xulosasi asosida tayyorlandi.
Sahifalarimizdagi materiallardan ruxsatsiz foydalanish taqiqlanadi.

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 206

2021-11-17 09:01:22
#QURON_VA_HAYOT

YAXSHILIK QILING! SO‘NG “ORTINGIZGA QARAMAY QOCHING!”
(Ixlos qilmoqchi bo‘lganlar uchun)

Qurʼon:

فَسَقَىٰ لَهُمَا ثُمَّ تَوَلَّىٰٓ

“Bas, ikkovlariga sug‘orib berdi. So‘ngra qaytdi ...”
(“Qasas” surasi, 24-oyat).

Tafsir:

Muso alayhissalom yetti kundan beri hech narsa tanovul qilmagan edi. Hatto ochligidan suyaklar teriga yopishib qolgan, yarimta xurmo bo‘lsa ham, ozuqa qidirar edi. Shu holatiga qaramay, quyoshning issiq taftida terga botib, ikki ojizaga yaxshilik qildi (Vahba Zuhayliy rahimahulloh).

So‘ng Muso alayhissalom qilgan mehnatiga evaz yoki taom talab qilmay, soyaga qaytdi. Oyatdagi “qaytdi” so‘zi arab tilida “تَوَلَّى” (tavalla) tarzida talaffuz etiladi.

BATAFSIL O'QISH

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
17.1K views06:01
Ochish/sharhlash
2021-11-16 18:15:24
O’tayotgan vaqtlarning manfaatlisi — Qur’onda o’tayotgan daqiqalaring.

Bizni Qur’onda jamlagan Allohga hamdu sanolar bo’lsin!

Abu Fansurulloh

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
17.6K views15:15
Ochish/sharhlash
2021-11-16 17:05:49 #TASHRIF

Shayx Alijon qorining Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi "Fotimai Zahro" jome masjidiga tashrifini quyidagi link orqali jonli kuzating

YouTube:



Facebook: https://www.facebook.com/Alquranuz/videos/3000776950236180

Instgaram: https://www.instagram.com/alquran.uz/live/18207365134118266
17.4K viewsedited  14:05
Ochish/sharhlash
2021-11-16 11:19:21
#TASHRIF

Bugun 16.11.2021 sanada Oʼzbekiston xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori, O'zbekiston musulmonlari idorasi "Qur‘on va tajvidni o‘rgatish" bo‘limi mudiri Shayx Alijon qori Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi "Fotimai Zahro" jome masjidiga tashrif buyurib, xufton namozini ado etadi.

Namozidan so‘ng ilmiy-ma‘rifiy suhbat hamda Qur‘on va tajvid bo‘yicha savol-javob bo‘lib o‘tadi.

Mazkur suhbatni "AlQuran.uz"ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida onlayn tarzda kuzatishingiz mumkin.

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram | Facebook | Youtube | Instagram
21.0K views08:19
Ochish/sharhlash
2021-02-18 07:47:31 #Qurondan_guldasta

ALLOH SUYGAN BANDALAR

MUHSINLAR

Alloh
taolo shunday marhamat qiladi:

“Ular (mazkur taqvodorlar) farovonlik va tanglik kunlarida ham xayr-sadaqa qiladigan, g‘azablarini yutadigan, odamlarni (xato va kamchiliklarini) afv etadiganlardir. ALLOH EZGULIK QILUVCHILARNI SEVAR” (“Oli Imron” surasi, 134-oyat).

Qurʼoni karimning beshta oyatida Alloh muhsinlarni sevishini aytgan. “Muhsin” so‘zining maʼnosi yaxshilik qiluvchi, ezgu ishlarni bajaruvchi, ishini puxta amalga oshiruvchi kabi maʼnolarni anglatadi. “Muhsin” so‘zi arabcha so‘z bo‘lib, “ehson” o‘zagidan olingan. Ehsonning taʼrifi haqida esa, “Jabroil hadisi” sifatida mashhur bo‘lgan hadisda shunday deyilgan: “Ehson – Allohga huddi Uni ko‘rib turganingdek ibodat qilishing. Agar sen Uni ko‘rmasang, U seni ko‘rib turadi”.

Bu ulug‘ darajaga qanday erishish mumkin? Muhsin kim? Muhsinlar qatoriga kirib, Allohning sevgisini qozonish mumkinmi? Keling, bu savollarga javob topishga harakat qilamiz.

Olimlarmiz tomonidan “muhsin”ga quyidagicha taʼriflar berilgan.

1. Ibn Hajar Asqaloniy (a.r.): “Muhsin ibodatni puxta qiladi, uni ixlos va xushuʼ bilan ado etadi, fikru xayolini faqat ibodatga mashg‘ul qiladi, Allohni qalb bilan huddi ko‘rib turgandek mushohada qiladi va Alloh uni va qilayotgan amallarini doim kuzatib turishini yodda saqlaydi”.
2. Badruddin Ayniy (a.r.) shunday deydi: “Muhsin ibodatni mukammal bajarib, muroqabaning oxirgi darajasiga chiqadi”.
3. Imom Moturidiy (a.r.) shunday taʼriflaydi: “Muhsin yaxshi ishni bajaradi, yaʼni muhsin Allohga shukr qiluvchi va Uning buyruqlarini go‘zal tarzda qabul etuvchi demakdir”.
4. Hasan Basriy (a.r.) muhsinga shunday taʼrif bergan: “Muhsin yomonlik qilganga yaxshilik qiladi”.

Batafsil
https://telegra.ph/Qurondan-guldasta-ALLOH-SUYGAN-BANDALAR-02-18
5.8K views04:47
Ochish/sharhlash
2021-02-17 05:00:19
#Qiroat #Shayx_Alijon_qori

Nasr surasi | Shayx Alijon qori

Dengiz uzra taralgan go’zal qiroatlar!

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalariga ulaning
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
48.6K views02:00
Ochish/sharhlash
2021-02-16 21:59:50Taziya

{كُلُّ نَفْسٍ ذَائِقَةُ الْمَوْت}

"Har bir jon o'limni totuvchidir"

Shayx, qori, o'n qiroat sohibi, xodimi Qur'on, Qur'on va tajvid ilmlarida ko'p yillar ustozlik qilgan, Misr diyorida ko'zga ko'ringan, Shayx Xasanin Jibril nomi bilan mashxur, ko'plab shogirtdlar chiqargan, Shayx Alijon qori akaning ustozlaridan biri, Fazilatli Shayx Alloma Muhammad Xasanin Ibrohim Muhammad Afifiy Jibril
(Alloh u zotni rahmatiga olsin) bugun tongda 2021 yil 16- fevral kuni foniy dunyodan boqiy dunyoga rihlat qildi. Alloh rahmatiga olsin joylarini jannat bog'laridan qilsin.


إِنَّا لِلَّهِ وَإِنَّا إِلَيْهِ رَاجِعُونَ

Fazilatli Shayx Alloma Xasanin Jibril haqida qisqacha ta'rif.

Fazilatli Shayx Muhammad Xasanin Ibrohim Muhammad Afifiy Jibril Misrning Qalyubiya viloyatini Tohiriya qishlog'ida 1928-yil 22- avgustda dunyoga keldi.
Otasi yoshligida vafot etgan va u yetim bo'lib o'sgan, shuning uchun unga bobosi Muhammad va buvisi Xadicha g'amxo'rlik qildilar.

Qur'oni karimni Shayx Abdul Robb bin Abdul Hodiydan yodladi.
Shundan so'ng fazilatli Shayx Abdulmajid bin Xayrulloh huziriga borib, u kishiga Nafi' qiroatini o'qib berdi.

Shayx o'zi haqqida shunday deydi:
Amakilarimning istagi meni o'zlari bilan dalada ekin-tikin ishlarida ishlashtish edi, lekin bobom Muhammad bunga rozi bo'lmadi, meni o'qitishni qasd qildi.
Bobomning qasdi, Allohni menga bergan bir in'omi edi. Bobomnning kelajagim uchun, qilgan rejasi men uchun dunyo-oxirat saodatini kaliti bo'ldi.
Bobom meni "Barmuniy" madrasasiga (hozirgi paytda Al-Azhar” kollejlaridan biri) o'qishga kiritdi.
Bobom (Alloh u kishini rahmatiga olsin) o'sha yili vafot etdi.
Mening Al Azhar madrasasiga kirib, o'qishimda va undan keyin
Qur'on va qiroat ilmlarini egallashimda bobomnning ulishi buyukdir.
Madrasani tamomlaganimdan so'ng Alloh menga viloyatimizdan tashqarida joylashgan Qiroat ilmlariga xoslangan inustitga kirib o'qishimni iroda qildi, va menga Shayx Abdulfattoh al-Marsafiyni - Alloh uni rahmat qilsin hamroh qildi.
Biz birgalikda Qiroat inustitiga Oliy bochqichini ikkinchi kursidan o'qishga kirdik so'ngra "Ixtisoslashuv" bosqichiga o'tdik. Shayx Abdulfattoh al-Marsafiy bilan birgalikda o'qishni tamomladik.
Qiroat inustitini bitirgannimizdan keyin, birgalikda hozirgi paytdagi Al-Azhar unversiteti qoshidagi "Shariat va huquq" fakulitetini "Islomshunoslik va Arabshunoslik" bo'lmiga o'qishga kirdik, va u erda shariat, arab tili va boshqa ilmlarni qo'lga kiritdik.
Ul zotning Shayxlari:
Shayx Ali Ahmad Hasan al-Qalyubiy Ul zotdan o'nta sug'ro qiroatini ta'lim oldi.
Shayx Ahmad al-Zayyot Ul zotdan o'nta kubro qiroatini ta'lim oldi.

O’qishni tugatgandan keyin
Damanxur institutida dars berishni boshladi.
Bu institut Al-Azhar institutlari tarkibiga 1967 yilda qo'shildi.
Shayx bir qancha olimlar bilan uchrashgan, ularning boshida Shayx Abdulfattoh Al-Qoziy turadi. Keyin Sharqiyya viloyatidagi Belbeys diniy institutga ko'chib o'tdi.
- u erda shar'iy va arab tili va qiroat ilmlaridan dars berdi.
Keyin shayx o'z shahriga yaqin bo'lgan Shebin al-Qonatir institutiga ko'chib dars bera boshladi.
Keyin Qolyubiya mintaqasida Qur'on ishlari bo'limida tekshiruvchi bo'lib ishlab keldi.
Shayx Xasanin Jibril ko'plab yillar, umrining oxirgi damlarigacha Qur'on xodimi bo'lib, Qur'on karim va Tajvid ilmlarida tolibi ilmlarga ustozlik qilib, o'n qiroat (sug'ro va kubro) qiroatlaridan va tajvid matnlaridan ijozalar berib keldi.
Ko'plab shogirtlar chiqargan.
Ulardan ba'zilari.

Xomid bin Ahmad bin Akram al-Buxoriy (Ul zot u kishiga ash-Shotibiya va al-Taysir va al-Durra va al-Taxbir va Toyyiba an-Nashr yo'li bilan o'nta kubro qiroatini to'liq o'qib, berdi.)

Valid bin Idris al-Munisiy (Ul zot ash-Shotibiya va al- Durra, va al- Toyyiba yo'li bilan o'nta qiroatni o'qib berdi.)

Ustozimiz Shayx Alijon qori hamda “Alquranuz” jamoasi nomidan, Shayx
Muhammad Xasanin Ibrohim Muhammad Afifi Jibrilni shogirdlari, oilalari va yaqinlariga chuqur taziya izhor qilamiz!

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalariga ulaning
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
15.5K views18:59
Ochish/sharhlash
2021-02-16 14:00:29
#Quroniy_muolaja

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
13.7K views11:00
Ochish/sharhlash
2021-02-16 07:00:23 #Qurondan_guldasta_audio

Qur'ondan guldasta | USTOZ VA MUALLIMLAR QUR’ON E’ZOZIDA

Muallif: Abdulloh Abdulmajid
Matnni Abdulqayyum Ismoil o’qidi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalariga ulaning
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
13.0K views04:00
Ochish/sharhlash
2021-02-15 06:00:23 #Qurondan_guldasta

ALLOH SUYGAN BANDALAR

RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMGA ERGASHISH

Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “Ayting (ey, Muhammad!): “Agar Allohni sevsangiz, menga ergashingiz. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag‘firat etadi. Alloh kechiruvchi va rahmlidir” (“Oli Imron” surasi, 31-oyat).

Allohnig muhabbatiga sazovor bo‘lish shartlaridan biri – bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashish. Imom Moturidiy rahimahulloh mazkur oyat tafsirida quyidagilarni yozadi: “Kim Allohni Uning ulug‘ligi va buyukligi uchun yaxshi ko‘rsa, uning payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamni hurmat qiladi va U zotning chaqiriqlariga “labbay” deb javob beradi, nafsining istaklariga muvofiq bo‘lmasa ham, U zotning ko‘rsatmalariga bo‘lgan hurmati sababli eʼtiroz bildirmaydi. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning taʼlimotlari bandaning dunyo va oxiratda saodatga erishishiga sabab bo‘ladi. Allohning o‘zi muvaffaq qiluvchi zotdir!”.

Abul Barakot Nasafiy rahimahulloh mazkur oyatning nozil bo‘lish sababini shunday izohlaydi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida bir guruh insonlar Allohni sevishlarini daʼvo qiladilar. Shunda Alloh taolo ular so‘zlarini amalda tasdiqlashlarini istab, mazkur oyatni nozil qiladi. Kim Allohni sevishni daʼvo qilsa-yu, lekin Uning Rasuli sunnatlariga xilof ish qilsa, u yolg‘onchidir! Qurʼonning o‘zi uni yolg‘onchi ekanini tasdiqlamoqda!”

Batafsil
https://telegra.ph/Qurondan-guldasta-ALLOH-SUYUGAN-BANDALAR-02-15

Abdulloh Abdulmajid tayyorladi

Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalariga ulaning
Telegram|Facebook|Youtube|Instagram
16.5K viewsedited  03:00
Ochish/sharhlash