Get Mystery Box with random crypto!

All_Qolb

Telegram kanalining logotibi all_qolb — All_Qolb A
Telegram kanalining logotibi all_qolb — All_Qolb
Kanal manzili: @all_qolb
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6
Kanalning ta’rifi

@Shams_aldiyn
@AllQolb_bot
@IqtibosVaqti

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 20

2023-03-17 14:53:16
Ba'zi so‘zlar darmon bo‘lib kiradi qalbga, ba'zilari esa zahar bo‘lib.

@All_Qolb
296 views11:53
Ochish/sharhlash
2023-03-17 10:48:54
Yon atrofimizda ko‘p insonlar bo‘lsada, hayot har bir kun bizga Allohdan boshqasidan madad yo‘qligini o‘rgatadi.

@All_Qolb
826 views07:48
Ochish/sharhlash
2023-03-16 18:34:31
Siz aytayotgan oddiylik ortida aslida o'zgacha olam yashiringan.

@All_Qolb
1.5K views15:34
Ochish/sharhlash
2023-03-16 12:43:37 Sabr
صبر


Sabr bu sinov kelganida o'sha damning o'zidayoq Robbisiga hamd aytishidir.

Sabr bu eng qiyin damda ham behikmatmasligiga ishonishdir.

Sabr bu bandasining sabriga yarasha Robbisi eng xayrlisi bilan mukofotlantirishiga umid qilishi ishonishidir.

Sabr bu ichida yig'lab turib, tashqisida chiroyli tabassum qilishidir.

Va
« إِنَّمَا يُوَفَّى الصَّابِرُونَ أَجْرَهُم بِغَيْرِ حِسَابٍ »

«Albatta sabr qiluvchilarga ajrlari, hisobsiz to'liq berilur.»

• Zumar surasi, 10-oyat

Shu oyat-la taskin topishdir.

@All_Qolb
781 views09:43
Ochish/sharhlash
2023-03-16 08:29:33
Xatolarimizni bizga aytgan kishiga Allohning marhamati boʻlsin!

• Umar roziyallohu anhu

@All_Qolb
1.2K views05:29
Ochish/sharhlash
2023-03-15 18:44:34
ОЛИЙ ТАЪЛИМ

Латта билан жунга осиладиган диёрларнинг олий таълим муассасаларидаги ПРОФЕССОР'лар томонидан бериладиган, дарсидан ҳам кўра ЭНГ МУҲИМ бўлган саволлар:

- Форманг қани?

- Ҳали отанг қўймаган, нега сен соқол қўйиб олгансан?

- Ҳижобингни ечасан, ёки дарсимга кирма! Бу таълим даргоҳи, эскичалигингни бошқа жойда қил!

Айтганча, Алҳамдулиллаҳ, мусулмонман мен ҳам! Қалбим иймонга тўла. Қалбда бўлса, бўлди. Хуллас, гапни кўпайтирма, еч ҳижобингни, тарбиясиз!

Ғирт копир давлатдаги «ахмоқ профессорлар»нинг кийиниш, ташқи кўриниш билан боғлиқ бўлган қарашлари:

- ...

(Уларни бундан бошқа қиладиган ишлари кўп, асосан, дарсга урғу беришади улар)

Масаланда, бугун "Principles of Accounting" номли дарсимиз бор эди. Хонада юздан ошиқ талабаларнинг ичида фақатгина мен соқол қўйганман. Шубҳасиз, аниқ шуни айта оламанки, бугун дарсда мендан кўп гапирган талаба бўлмади. Профессор билан фикр алмашдик, бошқалар ҳам ўз фикрларини берди ва ҳоказо...

Аммо негадир шу ахмоқ профессормикана, соқолимни деб дарсдан чиқариб юбормади ва ҳаттоки, менга ёмон ҳам қарамади.

Бу Жанубий Кореядаги шундай нуфузли, йилига мен 85,000,000 (саксон беш миллион) сўм тўлайдиган университетимда нега мени бу учун танқид қилишмадия, ахир буни мен ЭНГ ГЛОБАЛ МАВЗУ деб юрардимку Ўзбекистондалигимда. Эх, булар фақат талабалар пулини ейишни биларкан.

«Ўзбекистонга қайтмасам бўлмайди!»

@IqtibosVaqti
1.5K views15:44
Ochish/sharhlash
2023-03-15 18:28:42
Va ichimizda fagatgina mehr bilan yoritiladigan zulmatlar bor.

@All_Qolb
1.5K views15:28
Ochish/sharhlash
2023-03-15 13:40:03 ALLOHGA NIMA DEYMAN?

Kimdir oʻylar ertaga,
Nima ichib ne yeyman?
Menchi oʻylayman oʻlsam
Allohga nima deyman?

Goxi harom yutganman,
Naxs qoʻlidan tutganman,
Namozni unutganman,
Allohga nima deyman?

Nafs ortida turganman,
Xirs yoʻlida yurganman,
Yuzim aybga burganman ,
Allohga nima deyman?

Shayton yelkamga minsa,
Ixlos chechagim sinsa,
Bir kun yuragim tinsa,
Allohga nima deyman?

Aybga toʻla toʻrt yonim,
Boʻshdir savob xamyonim,
Choʻgʻda yonarmi jonim,
Allohga nima deyman?

Gunoxlarim bir gala
Xayriyalarim chala,
Duoim bexafsala,
Allohga nima deyman?

Qazo Bomdod, Peshinim,
Asr, Shom va Xuftonim,
Yigʻlayotir vijdonim,
Allohga nima deyman?

Podshox bilib bolamni
Gox ranjitdim otamni,
Yigʻlatmisham onamni,
Allohga nima deyman?

Hushim oldi janonlar,
Doʻst tutindi nodonlar,
Til soʻzladi yolgʻonlar,
Allohga nima deyman?

Garchi nomim musulmon,
Gʻayridindayman nodon,
Yodlamam sura Qurʼon,
Allohga nima deyman?

Yuragim xadiksirar,
Koʻzimda yosh yaltirar,
Tizzalarim qaltirar,
Allohga nima deyman?

May toʻldirib qadaxga,
Chipta olib doʻzaxga,
Qoldimmi ex mazaxga,
Allohga nima deyman?

Gunohim koʻpligidan,
Sirotning koʻprigidan,
Qanday oʻtadirman man?
Allohga nima deyman?

Gohi boʻldim takabbur,
Hech qilmadim tafakkur,
Qoʻrqdim qilib tasavvur,
Allohga nima deyman?

Dardim bor shu jumlada
Haftada bir Jumʼada,
Masjiddaman bir marta,
Allohga nima deyman?

Ayb qilib aytmay uzrim,
Koʻplarga qildim kibrim,
Chayon toʻlarmi qabrim?
Allohga nima deyman?

Nomahramni quchoqlab,
Raqiblarim pichoqlab,
Yashadim yovni talab,
Allohga nima deyman?

Berilib kayf-safoga,
Vafo qilmay vafoga,
Mukka ketdim zinoga,
Allohga nima deyman?

Oh, aqlimni zang bosdi,
Joynamozim chang bosdi,
Xatokordirman rosti,
Allohga nima deyman?

Men puli koʻp bechora,
Topolmayapman chora,
Alloh olmasku pora,
Allohga nima deyman?

Nafsingga berding deb erk,
Hirsingga berding deb erk,
Senga desa JANNAT BERK!!!
Allohga nima deyman?

Yuzlanganimdir Kaʼbam,
Iltijo qilsam xar dam,
Qabulmikana tavbam,
Allohga nima deyman?

Gunoh bisyor, savob yoʻq,
Savollar koʻp, javob yoʻq,
Menday xoli xarob yoʻq,
Allohga nima deyman?

• Abdurrohman Meshayan

@All_Qolb
1.9K views10:40
Ochish/sharhlash
2023-03-15 12:11:18
Manzilimiz go'zal!

Ehtimol, shuning uchun yo'llarimiz mashaqqatlidir.

@All_Qolb
1.6K views09:11
Ochish/sharhlash
2023-03-15 07:30:29
Nimalar o'tmadi bu ko'ngildan...

Bu ham o'tadi)

@All_Qolb
1.8K views04:30
Ochish/sharhlash