Get Mystery Box with random crypto!

All_Qolb

Telegram kanalining logotibi all_qolb — All_Qolb A
Telegram kanalining logotibi all_qolb — All_Qolb
Kanal manzili: @all_qolb
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6
Kanalning ta’rifi

@Shams_aldiyn
@AllQolb_bot
@IqtibosVaqti

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 22

2023-03-12 19:36:58
Dunyoda millionlab odamlarning gumroxlikda yashayotganini ko'ryapsan. Vaholanki, Robbing seni to'g'ri yo'lga boshlab, musulmon qildi. Bu shunday ne'matki, har qancha yashasang ham shukrini ado qila olmaysan..!

@All_Qolb
1.6K views16:36
Ochish/sharhlash
2023-03-12 16:10:46
Farzandingiz ruhiyatini barbod qiladigan soʻzlar

1. Bolani hayvonga misol qilib, haqorat qilish!
2. Turmush oʻrtogʻingiz alamini farzanddan olib, boʻlar boʻlmas soʻzlarni aytish!
3. Bolani boshqa tengdoshlari bilan taqqoslash! Bu boladagi ishonchni soʻndiradi!
4. Hech nimani tushunmaslikda ayblash!
5. Bola istaklariga hamisha rad javobini berish!

@All_Qolb
1.9K views13:10
Ochish/sharhlash
2023-03-12 16:08:21
Erkaklar tushunadi…

@All_Qolb
1.7K views13:08
Ochish/sharhlash
2023-03-12 15:36:49 Ramazon oyi oldidan endi mana bunday audiolar yuborish va qabul qilishni ochiq deb elon qilamiz.

Ammo shuning oʻrniga oʻz qoʻlingiz bilan yozgan ikki qator tabrikingiz qabul qilivchini bu "Copy"dan koʻra ancha koʻproq sevintirishini ham eslatib qoʻymoqchiman!

Kelayotgan Ramazon oyi muborak boʻlsin!

@All_Qolb
1.6K views12:36
Ochish/sharhlash
2023-03-12 14:56:34
Va insonga eng ko'p vafo yarashadi:

Yurakda - Sevgi.
Ko'zlarga - Hayo.

@All_Qolb
1.7K views11:56
Ochish/sharhlash
2023-03-12 11:11:08
Mahzun boʻlma!

Biror nima oʻxshamayotgan boʻlsa, yo yanada yaxshirogʻi boʻlishi uchun, yoki haqiqatdan ham xayrli emasligi uchun oʻxshamayotgandir.
Shu osmonda uchayotgan qushlarga bir qara...
Na ekmaydi va na termaydi. Ularning rizqiga kafil boʻlgan Alloh subhanahu va taolo seni tashlab qoʻyadi deb oʻylaysanmi?
Yetarki, sen istashni bil!

Mahzun boʻlma!

Insonlar qalbingni sindirsa ham mahzun boʻlma!
Rahmon: «Men siniq qalblardaman» deb buyurmadimi?
Shunday ekan, nimadan xafasan, ey jon?

“Dardim bor” deysan.
Dard-insonni Haqqa yetkazadigan Buroq kabidir, buni bil.
Dard faqat senda bor deb oʻylama.
Va yana shuni bilki, sendagi dardni ne’mat deb bilganlar bor.

Umidingni sindirma, Yusuf alayhissalomni esla.
Dard qayerda boʻlsa, davo orqasidan oʻsha yerga topib boradi.
Yoʻqchilik qayerda boʻlsa, ne’mat ham oʻsha yerga boradi.
Savol qayerda boʻlsa, javobi ham mutlaq oʻsha yerda beriladi.
Ishon!
Umid qil!
Mahzun boʻlma!

@All_Qolb
2.0K views08:11
Ochish/sharhlash
2023-03-12 09:05:31 Qalblar Alloh'ning zikri ila orom olur:
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday, deganlar:
- Eng xayrli, eng qadrli kalom bu:

«لا إله إلا الله»

"La ila illalloh" deyishdir.

Aytiladigan eng ustun zikr "la ilaha illalloh" dir.
Qachon bir banda "La Ilaha illalloh" ni aytsa, unga osmon eshiklari ochilur. Yoki Arshga yetib borguncha, illo gunohi kabiralaradan uzoq bo'lsa...

@All_Qolb
1.8K views06:05
Ochish/sharhlash
2023-03-11 20:24:48 Bir muslima qissasi (hayotiy voqea)

Mening yoshim 18 da. Hijobga kirganimga roppa-rosa bir yil boʻldi. 8-sinfdan namoz oʻqishni boshladim va Islom diniga, paygʻambarlar hayotiga qiziqa boshladim. Lekin zamonaviy kiyinib yurar edim, chunki oilamizda shunaqa edi. Lekin men qalbimga hijobga kirishni niyat qilib qoʻygan edim. Yillar oʻtdi. Men uydagilarga hijobga kirishimni aytdim, ular "Yoʻq" degan javobni berdi. Men xafa boʻlib, yigʻlagancha xufton namozini oʻqib uxladim va tushimga bir yorugʻlik ostida menga nurli bir ulugʻ yoshli erkak "Roʻmolingni taq, ol senga Alloh buyurdi!" deb menga roʻmol tutdi va men uygʻonib ketib yigʻlay boshladim. Oʻsha kundan boshlab, hijobga kirdim. Odamlar juda koʻp gapirdi. "Koʻngling pok boʻlsa boʻldi, namozingni oʻqi boʻldi" deganlar ham boʻldi, roʻmolimni boshimdan yulganlar ham boʻldi, ishga kirish maqsadida borsam "Hijoblilarni qabul qilmaymiz!" dedi. Men sabr qildim va sabr qilib kelayapman. Men bu bilan nima demoqchiman, Alloh buyurdimi, qalbizga soldimi, demak, oʻzingiz bilganingizni qiling, kechikmang! Qancha umrimiz bor Yaratgandan boshqa hech kim bilmaydi, Toʻgʻri aytishi mumkin "Koʻrayapman hijob taqqanlarni" deydigan insonlarga indamang va jilmayib qoʻying. Hamma oʻzi uchun u dunyoda oʻzi javob beradi. Allohim bilib-bilmay qilgan gunohlarimizni oʻzing kechirgin!

@All_Qolb
2.2K views17:24
Ochish/sharhlash
2023-03-11 19:41:02
Qoʻlimdan mahkam tut, taqvoga chorla.
Iymonimni yarimi boʻl, koshki gunoh qilmay. Sevaman dema, sevging Allohga yaqinlashtirsin.

@All_Qolb
2.2K views16:41
Ochish/sharhlash
2023-03-11 17:42:41
Koʻngil ogʻritadigan soʻzlar bamisoli axlat uyumidir.

Unday soʻzlarni qalbingizga yaqin olmang.

Pokiza qalb egalari aslo koʻngil ogʻritmaydilar.

Koʻngil ogʻritganlar esa pokiza qalb egasi emaslar.

Qalbingizga quloq soling, albatta, u sizni toʻgʻri manzilga olib boradi.

Qalbingiz qoʻlidan tutgan insonlardan esa aslo voz kechmang...!

@All_Qolb
2.3K views14:42
Ochish/sharhlash