Get Mystery Box with random crypto!

ALLOHGA NIMA DEYMAN? Kimdir oʻylar ertaga, Nima ichib ne yey | All_Qolb

ALLOHGA NIMA DEYMAN?

Kimdir oʻylar ertaga,
Nima ichib ne yeyman?
Menchi oʻylayman oʻlsam
Allohga nima deyman?

Goxi harom yutganman,
Naxs qoʻlidan tutganman,
Namozni unutganman,
Allohga nima deyman?

Nafs ortida turganman,
Xirs yoʻlida yurganman,
Yuzim aybga burganman ,
Allohga nima deyman?

Shayton yelkamga minsa,
Ixlos chechagim sinsa,
Bir kun yuragim tinsa,
Allohga nima deyman?

Aybga toʻla toʻrt yonim,
Boʻshdir savob xamyonim,
Choʻgʻda yonarmi jonim,
Allohga nima deyman?

Gunoxlarim bir gala
Xayriyalarim chala,
Duoim bexafsala,
Allohga nima deyman?

Qazo Bomdod, Peshinim,
Asr, Shom va Xuftonim,
Yigʻlayotir vijdonim,
Allohga nima deyman?

Podshox bilib bolamni
Gox ranjitdim otamni,
Yigʻlatmisham onamni,
Allohga nima deyman?

Hushim oldi janonlar,
Doʻst tutindi nodonlar,
Til soʻzladi yolgʻonlar,
Allohga nima deyman?

Garchi nomim musulmon,
Gʻayridindayman nodon,
Yodlamam sura Qurʼon,
Allohga nima deyman?

Yuragim xadiksirar,
Koʻzimda yosh yaltirar,
Tizzalarim qaltirar,
Allohga nima deyman?

May toʻldirib qadaxga,
Chipta olib doʻzaxga,
Qoldimmi ex mazaxga,
Allohga nima deyman?

Gunohim koʻpligidan,
Sirotning koʻprigidan,
Qanday oʻtadirman man?
Allohga nima deyman?

Gohi boʻldim takabbur,
Hech qilmadim tafakkur,
Qoʻrqdim qilib tasavvur,
Allohga nima deyman?

Dardim bor shu jumlada
Haftada bir Jumʼada,
Masjiddaman bir marta,
Allohga nima deyman?

Ayb qilib aytmay uzrim,
Koʻplarga qildim kibrim,
Chayon toʻlarmi qabrim?
Allohga nima deyman?

Nomahramni quchoqlab,
Raqiblarim pichoqlab,
Yashadim yovni talab,
Allohga nima deyman?

Berilib kayf-safoga,
Vafo qilmay vafoga,
Mukka ketdim zinoga,
Allohga nima deyman?

Oh, aqlimni zang bosdi,
Joynamozim chang bosdi,
Xatokordirman rosti,
Allohga nima deyman?

Men puli koʻp bechora,
Topolmayapman chora,
Alloh olmasku pora,
Allohga nima deyman?

Nafsingga berding deb erk,
Hirsingga berding deb erk,
Senga desa JANNAT BERK!!!
Allohga nima deyman?

Yuzlanganimdir Kaʼbam,
Iltijo qilsam xar dam,
Qabulmikana tavbam,
Allohga nima deyman?

Gunoh bisyor, savob yoʻq,
Savollar koʻp, javob yoʻq,
Menday xoli xarob yoʻq,
Allohga nima deyman?

• Abdurrohman Meshayan

@All_Qolb