Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Sadullaev

Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev A
Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev
Kanal manzili: @alisher_sadullaev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 180.85K
Kanalning ta’rifi

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida
• Yoshlar ishlari agentligi direktori
• Oliy Majlis Senati a’zosi
• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 14

2023-12-13 10:58:14 Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari, kontent yaratuvchi va bloggerlar!

Xabaringiz bor, yurtimizda shaxmatning rapid va blitz yoʻnalishida Jahon chempionati boʻlib oʻtadi.

Samarqand shahri mezbonlik qiladigan ushbu Jahon chempionati joriy yilning 25-31-dekabr kunlari boʻlib oʻtishi belgilangan.

Ushbu jahon chempionatida ishtirok etish va yoritish maqsadida bo'lgan barchangizni FIDE ning media vakillari akkreditatsiyasidan roʻyxatdan o'tishingizni so'rab qolamiz.

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://worldrapidandblitz2023.fide.com/media-registration/

@alisher_sadullaev
169.1K views07:58
Ochish/sharhlash
2023-12-11 14:42:31
Bugun qadrdon do'stimiz, hamkasbimiz va ko'plab yoshlarning ustozi, "Ibrat Farzandlari" loyihasi rahbari Rustam Qoriyev Umarovichning tavallud topgan kuni. Rustam aka, martabangiz bundan-da baland, doim sog'-salomat bo'ling. Yoshlarga bilim berishdan hech qachon charchamang!

@ibratfarzandlari
203.3K views11:42
Ochish/sharhlash
2023-12-09 18:45:04 “Bilim uchun 100 million” loyihasining onlayn bosqichi yakunlandi

Bu yilgi mavsum 10 ta turdan iborat bo‘ldi. Olimpiada qariyb 120 ming o‘zbekistonlikni qamrab oldi. Onlayn bosqichda barcha turlarda to‘liq qatnashgan, eng yuqori o‘rinni qayd etgan (ketma-ketlik asosida) 100 nafar ishtirokchi Toshkentda o‘tadigan finalda ishtirok etadi.

Final 12-dekabr kuni o‘tkaziladi. 9-dekabr kuni final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan 100 nafar ishtirokchining barchasi bilan bog‘lanib, finalning o‘tkazilish joyi va vaqti haqida to‘liq ma’lumot berildi. Finalchilar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 12-dekabr kuni “Bilim uchun 100 million” olimpiadasi finalida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchi 100 mln so‘m, qolgan 99 finalchi esa — 1 mln so‘mdan mukofot bilan taqdirlanadilar.

Barcha bilimdonlarga ishtirok uchun minnatdorchilik bildiramiz, finalchilarga esa omad yor boʻlsin!

@alisher_sadullaev
168.5K views15:45
Ochish/sharhlash
2023-12-08 13:58:27
Konstitutsiyamiz qabul qilinganiga 31 yil bo’ldi.

Bu yillar davomida Konstitutsiyamiz xalqimiz irodasi, inson qadri uchun takomillashib bormoqda. Ayniqsa, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda alohida “Oila, bolalar va yoshlar” deb nomlangan 14-bobi 5 ta moddani o‘z ichiga olgan qonun shakllanishi bu yoshlar uchun huquqiy tirgakdir!

Yurtimizning bosh qomusi- Konstitutsiyamizni o'rganishga, o'z huquq va burchlarini bilishga, qonun-qoidalarga rioya qilishga, uning davlatimiz siyosatida muhim o'rin tutishini anglashga va o'rganishga har birimiz mas'uldirmiz.

@alisher_sadullaev
178.3K viewsedited  10:58
Ochish/sharhlash
2023-12-07 18:09:59
“Ibrat Academy” — mening ustozim!

Dars tayyorlashga vaqt bo’lmasligi, mablag’ yetishmasligi va professional o’qituvchi topa olmasligingiz endi muammo emas! “Ibrat Academy” ilovasi yuqoridagi barcha muammolar uchun munosib yechimdir.

Ilovani yuklab olish: Android | iOS

@ibratfarzandlari
206.1K views15:09
Ochish/sharhlash
2023-12-07 10:25:32 2023/2024-oʻquv yili uchun Prezident stipendiyasi, shuningdek, Navoiy, Beruniy, Ulugʼbek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, Toʼlepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov va Islom Karimov nomli davlat stipendiyalarining gʼoliblari eʼlon qilindi.

Nomdor stipendiya sohibi boʻlish, yoshlarimizga nafaqat yutuq balki kelgusi mas'uliyatni ham olib keladi. ijtimoiy tarmoqlarda kechadan beri ko'p talabalar quvonchli postlar joylashmoqda. Ushbu yutuq bilan avvalo shu talabalarning ota-onalarini chin dildan tabriklayman!

@alisher_sadullaev
158.9K viewsedited  07:25
Ochish/sharhlash
2023-12-05 15:55:04
Odamlar tabiiy ofatlar, kasalliklar, moliyaviy qiyinchiliklar tufayli turli kutilmagan muammolarga duch keladi. Shunday vaziyatda volontyorlar odamlarning joniga oro kiradi, ularni qo‘llab-quvvatlab qiyinchilik vaziyatida hech qanday tamasiz yordam beradi.

Bugun yurtimizda 61 ming nafar yoshni qamrab olgan 99 ta volontyorlik guruhlari xuddi shunday ezgu maqsadlar yo‘lida faoliyat ko‘rsatyapti.

Kimgadir chin dildan yaxshilik qilish istagi tinchlik bermaydigan barcha ko‘ngillilarni 5-dekabr – Xalqaro volontyorlar kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman! Zarur paytda hamyurtlarimizga tezkor va beminnat yordam berish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shish borasidagi ezgu maqsadlar yo‘lida aslo tolmang.

@alisher_sadullaev
43.4K viewsedited  12:55
Ochish/sharhlash
2023-12-04 14:59:31 O'zbekistonlik iqtisodchi do'stimiz Behzod Hoshimov Iqtisodiy rivojlanish, savdo va investitsiyalarni shakllantiruvchi muhim masalalar to'g'risida YeTTB bosh iqtisodchisi va Oksford professori Beata Javorcik bilan birgalikda juda qiziqarli podkast tayyorlabdi. Anchadan buyon o'zim ham "Hoshimov Iqtisodiyoti" loyihasini kuzatib boryapman.

Loyiha to'g'risidagi fikr-mulohazalaringizni izohlarda kutamiz. Sizlar uchun juda qiziqarli bo'ladi degan umiddamiz!



145.2K views11:59
Ochish/sharhlash
2023-12-04 10:03:31
"Zukko kitobxon" tanlovining dekabr oyi uchun kitoblar ro’yxati!

Eng muhimi, ushbu tanlovda yoshidan qat’iy nazar barcha ishtirok etishi mumkin.

Siz ham ishtirok etmoqchimisiz? @kitobxontestbot orqali hoziroq ro’yxatdan o’ting!

@alisher_sadullaev
97.3K viewsedited  07:03
Ochish/sharhlash
2023-12-01 15:27:57
El-Lobregat ochiq shaxmat turnirining birinchi kuni g’alabalar bilan boshlandi!

30 -noyabrdan 8-dekabrgacha Ispaniyaning Barselona shahri mezbonlik qiladigan El-Lobregat ochiq shaxmat turnirida ayni damda 1-tur bahslarida 15 dan ortiq shaxmatchilarimiz raqiblari ustidan g’alaba qozondi.

Turnir 9 raunddan iborat bo‘lib, shveysarcha tizimda boʻlib oʻtmoqda. El-Lobregat turniri 1-tur bahslari davom etmoqda.

Shaxmatchilarimizni jonli efirda qoʻllab-quvvatlab turamiz doʻstlar!

Natijalarni hamda jarayonlarni kuzatib boring

@alisher_sadullaev
68.2K views12:27
Ochish/sharhlash