Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Sadullaev

Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev A
Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev
Kanal manzili: @alisher_sadullaev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 175.41K
Kanalning ta’rifi

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida
• Yoshlar ishlari agentligi direktori
• Oliy Majlis Senati a’zosi
• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 17

2023-11-26 12:50:01
Italiyada yosh qizlar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionatida birinchi o'rinni egallagan Afruza Hamdamova bugun erta tongda yuzlab muxlislar, jamoatchilik, shaxmat hamda OAV vakillari ishtirokida tantanali kutib olindi.

Afruza hamda delegatsiya a'zolarini aeroportda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva kutib olib, Prezidentimizning tabrigi va sovg'asini yetkazdilar.

Shuningdek, Yoshlar Press klubida chempion qizimizga 100 million soʻm, murabbiyiga esa 50 million soʻm pul mukofotlari topshirildi.

BARAKALLA, AFRUZA!!!

@alisher_sadullaev
142.6K views09:50
Ochish/sharhlash
2023-11-25 12:51:01
Yangi loyiha va yangi dars premyerasi

Oʻzbekistonning eng zoʻr ustozlarini oʻzida jamlagan online darslar loyihasi — "Ustoz AI"ga start berildi.

Ustoz AI — zamonaviy kasblar va fanlarni oʻrgatuvchi sifatli va bepul onlayn darslar loyihasi. Unda:
•SAT
•GMAT
•Matematika
•Grafik dizayn
•Videomontaj
•Marketing
•HR
•va yana shu kabi 40+ sohalarga doir bepul darslar tez orada sizlarga taqdim etiladi.

Bugun UstozAI'da birinchi dars — SAT kirish darsi premyera qilindi. Butun bir SAT Math kursi uzluksiz ravishda YouTube kanalida taqdim etib boriladi. Birinchi darsni loyihaning YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Barcha qoʻshimcha maʼlumotlar uchun UstozAI'ning telegram sahifasiga aʼzo boʻling:

@ustozai
166.2K views09:51
Ochish/sharhlash
2023-11-25 11:32:01
U-17 terma jamoamiz Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

U-17
Jahon chempionatining chorak finali doirasida 25-noyabr Toshkent vaqti bilan 13:30 da “Manahan” stadionida boshlandi.

Yoshlarimizga omad yor bo‘lsin!

Uchrashuv “Sport” telekanali orqali jonli efirda namoyish etilmoqda.

@alisher_sadullaev
160.2K views08:32
Ochish/sharhlash
2023-11-24 08:33:15
O’zbek shaxmatida ayollar o’rtasida ilk jahon chempioni!!!

Italiyada o‘tayotgan shaxmat bo'yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining 14 yoshgacha bo’lgan yosh toifasida hamyurtimiz Afruza Hamdamova muddatidan avval JAHON CHEMPIONI bo’ldi.

Oxirgi turda qanday natija bo’lishidan qat’i nazar Afruza chempionga aylanadi, chunki unga yetib olishi mumkin bo’lgan yagona ta’qibchisi — qozog’istonlik shaxmatchini o’zaro o’yinda mag’lub etgan. Musobaqa nizomiga ko’ra, ochkolar teng kelib qolsa, o’zaro o’yinga qaraladi.

UzChess kanalining yozishicha, Afruza O‘zbekiston tarixida qizlar o‘rtasidagi ilk jahon chempioniga aylandi.

Shu paytga qadar Gulruhbegim Tohirjonova va Bahora Abdusattorova o’z yosh toifalarida kumush medalni qo’lga kiritgan edi.

BARAKALLA, AFRUZA!!! Ota-onang va ustozlaringga rahmat.


manba
99.9K viewsedited  05:33
Ochish/sharhlash
2023-11-22 13:39:38
Yoshlarimiz dunyoning 8ta eng kuchli terma jamoalari safiga kirish vazifasini uddalashdi. Angliyani jahon chempionatidan chiqarib yuboradigan kunlarga ham kelibmiz. Endi kattalardan ham shunday natijalar kutib qolamiz.

Yoshlarimizga esa tasanno deymiz. Kelgusi o'yinlarida omad!

@alisher_sadullaev
68.5K viewsedited  10:39
Ochish/sharhlash
2023-11-22 13:10:23
Angliya 1:2 O‘zbekiston oldinga chiqib oldi U-17 JCH.

Laziz Mirzayevning shedevr goli

@alisher_sadullaev
185.4K viewsedited  10:10
Ochish/sharhlash
2023-11-21 18:00:48 G'alabaga teng durang. Shaxsan birinchi taymdan ko'nglimiz to'lmagan bo'lsa ham ikkinchi taymda terma jamoamiz o'z darajasida o'ynadi. G'alaba qozonishimiz ham mumkin edi, Eronni uyimizda taslim etish masalasi kechroqqa qoldi.

Tashakkur, yigitlar!
88.8K viewsedited  15:00
Ochish/sharhlash
2023-11-20 19:01:50 “Kelajak kasblari” loyihasi yuzasidan telegramda ovozli suhbatimiz davom etadi

Ishtirok etish uchun havola:
https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

YouTube orqali ko'rish:
https://youtube.com/live/Pmu39_o3mtQ

@alisher_sadullaev
47.5K viewsedited  16:01
Ochish/sharhlash
2023-11-18 10:34:34
"Yosh kitobxon" tanlovining hududiy bosqichlari qachon bo‘lib o‘tadi?

Tanlov o‘tkaziladigan sanalari bilan yuqoridagi jadvalda hududlar kesimida tanishing.

Ma'lumot o‘rnida: Tanlovning hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar) bosqichi quyidagi 2 ta shart asosida o‘tkaziladi:

“Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.

“Tezkor savol-javob” sharti.

@yoshkitobxonuz
204.6K views07:34
Ochish/sharhlash
2023-11-18 07:39:32
Bayroqqa hurmat — yurtga muhabbatdan dalolat!

O'zbekiston Respublikasining davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o'zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g'urur, faxr va iftixor bag'ishlaydi.

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi aziz yurtdoshlarimizni 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy tabriklaydi!

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
158.0K views04:39
Ochish/sharhlash