Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Sadullaev

Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev A
Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev
Kanal manzili: @alisher_sadullaev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 188.95K
Kanalning ta’rifi

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida
• Yoshlar ishlari agentligi direktori
• Oliy Majlis Senati a’zosi
• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2023-12-18 11:15:05 Maktablarda qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

Umumta’lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari o‘quvchilari uchun ta’tillar o’quv yili davomida 4 bosqichda:

— kuzgi ta’til - 4 noyabrdan 6 kalendar kunga;

— qishki ta’til - 28 dekabrdan 14 kalendar kunga;

— bahorgi ta’til - 21 martdan 7 kalendar kunga;

— yozgi ta’til - nazorat sinovlari tugagan kundan boshlab 1 sentyabrga qadar davom etadi.

Shuningdek, 1-sinf o’quvchilari uchun fevral oyi davomida qo’shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

Joriy o‘quv yilining 2-chorak so‘nggi kuni 2023-yil 27-dekabr, qishki ta’tilning ilk kuni 28-dekabrdan 2024-yil 10-yanvargacha davom etadi.

3-chorak darslari 2024-yil 11-yanvardan boshlanadi.

@alisher_sadullaev
211.3K views08:15
Ochish/sharhlash
2023-12-14 11:29:45
BAAning Al-Ayn shahrida 13-22 dekabr kunlari shaxmat bo‘yicha 8, 10, 12, 14, 16 va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati start oldi!

Ushbu chempionatda 41 davlatdan 650 dan ortiq shaxmatchilar ishtirok etmoqda. O‘zbekistonlik 38 nafar shaxmatchilar Osiyo chempionatida ishtirokini boshladi.

Barcha shaxmatchi yigit-qizlarimizga omad tilab qolamiz!

@alisher_sadullaev
194.4K views08:29
Ochish/sharhlash
2023-12-13 18:22:42
Nodirbek Abdusattorov nufuzli Champions Chess Tour-2023 musobaqasining yarim finaliga chiqdi

Kanadaning Toronto shahrida o’tayotgan CCT-2023 turnirining final roundida yil davomida 6 ta yirik shaxmat musobaqasida eng yaxshi natija qayd etgan 8 nafar grossmeyster qatnashdi.

Nodirbek Abdusattorov dastlabki saralash bahslarida 4-o’rinni qo’lgan kiritdi. Chorak finalda esa Fabiano Karuanaga qo’shimcha bahsda yutqazib qo’ydi. Ammo unda yana bir imkon bor edi.

Nodirbek o’tish o’yinida Hikaru Nakamura bilan kuch sinashdi. Dastlabki 2 ta o’yinda durang bo’lgach, Armageddon tay-brek bahsiga navbat keldi. Qora donalarda raqibidan 5,5 daqiqa kamroq vaqt bilan o’ynagan Nodirbek g’alaba qozonishi uchun durang ham kifoya edi. Hamyurtimiz buning uddasidan chiqdi hamda yarim finalga yo’l oldi.

Yarim final bahslari bugun va ertaga bo’lib o’tadi.

Barakalla, omadingizni bersin Nodirbek!

@alisher_sadullaev
95.1K views15:22
Ochish/sharhlash
2023-12-13 10:58:14 Hurmatli ommaviy axborot vositalari vakillari, kontent yaratuvchi va bloggerlar!

Xabaringiz bor, yurtimizda shaxmatning rapid va blitz yoʻnalishida Jahon chempionati boʻlib oʻtadi.

Samarqand shahri mezbonlik qiladigan ushbu Jahon chempionati joriy yilning 25-31-dekabr kunlari boʻlib oʻtishi belgilangan.

Ushbu jahon chempionatida ishtirok etish va yoritish maqsadida bo'lgan barchangizni FIDE ning media vakillari akkreditatsiyasidan roʻyxatdan o'tishingizni so'rab qolamiz.

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola: https://worldrapidandblitz2023.fide.com/media-registration/

@alisher_sadullaev
169.1K views07:58
Ochish/sharhlash
2023-12-11 14:42:31
Bugun qadrdon do'stimiz, hamkasbimiz va ko'plab yoshlarning ustozi, "Ibrat Farzandlari" loyihasi rahbari Rustam Qoriyev Umarovichning tavallud topgan kuni. Rustam aka, martabangiz bundan-da baland, doim sog'-salomat bo'ling. Yoshlarga bilim berishdan hech qachon charchamang!

@ibratfarzandlari
203.3K views11:42
Ochish/sharhlash
2023-12-09 18:45:04 “Bilim uchun 100 million” loyihasining onlayn bosqichi yakunlandi

Bu yilgi mavsum 10 ta turdan iborat bo‘ldi. Olimpiada qariyb 120 ming o‘zbekistonlikni qamrab oldi. Onlayn bosqichda barcha turlarda to‘liq qatnashgan, eng yuqori o‘rinni qayd etgan (ketma-ketlik asosida) 100 nafar ishtirokchi Toshkentda o‘tadigan finalda ishtirok etadi.

Final 12-dekabr kuni o‘tkaziladi. 9-dekabr kuni final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan 100 nafar ishtirokchining barchasi bilan bog‘lanib, finalning o‘tkazilish joyi va vaqti haqida to‘liq ma’lumot berildi. Finalchilar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 12-dekabr kuni “Bilim uchun 100 million” olimpiadasi finalida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchi 100 mln so‘m, qolgan 99 finalchi esa — 1 mln so‘mdan mukofot bilan taqdirlanadilar.

Barcha bilimdonlarga ishtirok uchun minnatdorchilik bildiramiz, finalchilarga esa omad yor boʻlsin!

@alisher_sadullaev
168.5K views15:45
Ochish/sharhlash
2023-12-08 13:58:27
Konstitutsiyamiz qabul qilinganiga 31 yil bo’ldi.

Bu yillar davomida Konstitutsiyamiz xalqimiz irodasi, inson qadri uchun takomillashib bormoqda. Ayniqsa, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda alohida “Oila, bolalar va yoshlar” deb nomlangan 14-bobi 5 ta moddani o‘z ichiga olgan qonun shakllanishi bu yoshlar uchun huquqiy tirgakdir!

Yurtimizning bosh qomusi- Konstitutsiyamizni o'rganishga, o'z huquq va burchlarini bilishga, qonun-qoidalarga rioya qilishga, uning davlatimiz siyosatida muhim o'rin tutishini anglashga va o'rganishga har birimiz mas'uldirmiz.

@alisher_sadullaev
178.3K viewsedited  10:58
Ochish/sharhlash
2023-12-07 18:09:59
“Ibrat Academy” — mening ustozim!

Dars tayyorlashga vaqt bo’lmasligi, mablag’ yetishmasligi va professional o’qituvchi topa olmasligingiz endi muammo emas! “Ibrat Academy” ilovasi yuqoridagi barcha muammolar uchun munosib yechimdir.

Ilovani yuklab olish: Android | iOS

@ibratfarzandlari
206.1K views15:09
Ochish/sharhlash
2023-12-07 10:25:32 2023/2024-oʻquv yili uchun Prezident stipendiyasi, shuningdek, Navoiy, Beruniy, Ulugʼbek, Ibn Sino, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, Toʼlepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov va Islom Karimov nomli davlat stipendiyalarining gʼoliblari eʼlon qilindi.

Nomdor stipendiya sohibi boʻlish, yoshlarimizga nafaqat yutuq balki kelgusi mas'uliyatni ham olib keladi. ijtimoiy tarmoqlarda kechadan beri ko'p talabalar quvonchli postlar joylashmoqda. Ushbu yutuq bilan avvalo shu talabalarning ota-onalarini chin dildan tabriklayman!

@alisher_sadullaev
158.9K viewsedited  07:25
Ochish/sharhlash
2023-12-05 15:55:04
Odamlar tabiiy ofatlar, kasalliklar, moliyaviy qiyinchiliklar tufayli turli kutilmagan muammolarga duch keladi. Shunday vaziyatda volontyorlar odamlarning joniga oro kiradi, ularni qo‘llab-quvvatlab qiyinchilik vaziyatida hech qanday tamasiz yordam beradi.

Bugun yurtimizda 61 ming nafar yoshni qamrab olgan 99 ta volontyorlik guruhlari xuddi shunday ezgu maqsadlar yo‘lida faoliyat ko‘rsatyapti.

Kimgadir chin dildan yaxshilik qilish istagi tinchlik bermaydigan barcha ko‘ngillilarni 5-dekabr – Xalqaro volontyorlar kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman! Zarur paytda hamyurtlarimizga tezkor va beminnat yordam berish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shish borasidagi ezgu maqsadlar yo‘lida aslo tolmang.

@alisher_sadullaev
43.4K viewsedited  12:55
Ochish/sharhlash