Get Mystery Box with random crypto!

Odamlar tabiiy ofatlar, kasalliklar, moliyaviy qiyinchiliklar | Alisher Sadullaev

Odamlar tabiiy ofatlar, kasalliklar, moliyaviy qiyinchiliklar tufayli turli kutilmagan muammolarga duch keladi. Shunday vaziyatda volontyorlar odamlarning joniga oro kiradi, ularni qo‘llab-quvvatlab qiyinchilik vaziyatida hech qanday tamasiz yordam beradi.

Bugun yurtimizda 61 ming nafar yoshni qamrab olgan 99 ta volontyorlik guruhlari xuddi shunday ezgu maqsadlar yo‘lida faoliyat ko‘rsatyapti.

Kimgadir chin dildan yaxshilik qilish istagi tinchlik bermaydigan barcha ko‘ngillilarni 5-dekabr – Xalqaro volontyorlar kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman! Zarur paytda hamyurtlarimizga tezkor va beminnat yordam berish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shish borasidagi ezgu maqsadlar yo‘lida aslo tolmang.

@alisher_sadullaev