Get Mystery Box with random crypto!

AgroZamin

Telegram kanalining logotibi agrozamin_uz — AgroZamin A
Telegram kanalining logotibi agrozamin_uz — AgroZamin
Kanal manzili: @agrozamin_uz
Toifalar: Hayvonlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.96K
Kanalning ta’rifi

❇️ ЎЗБЕКИСТОНДАГИ ЭНГ ЙИРИК ФЕРМЕРЛАР ЖАМОАСИ
Биз банк имкониятлари ва қишлоқ хўжалиги технологияларини бирлаштирамиз. Қишлоқ хўжалиги соҳасида самарали бизнес учун АгроЗамин платформасидан фойдаланинг
Чат @AgroZamin_chat
https://taplink.cc/_agrozamin_

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-24 14:09:01
Loyihalarimiz doimiy ravishda rivojlanib bormoqda. Foydalanuvchilar soni esa kundan-kunga oshmoqda. Ular uchun qo'shimcha qulayliklar yaratish maqsadida loyihalarimizga turli xil imkoniyatlar va funksiyalarni qo'shishga harakat qilyapmiz.

Ammo, sizlarning istak va tavsiyalaringiz uchun har doim ochiqmiz!

AgroZamin loyihasiga yana qanday yangiliklar va qo'shimchalar kiritishimizni xohlaysiz?

Iltimos fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

AgroZamin loyihasi jamoasi

- - - - -
AgroZamin - Qishloq xo'jaligi bozori ishtirokchilarining biznes imkoniyatlarini kengaytirish uchun elektron platforma

+99878 150 00 88

WebsiteInstagramYouTube
2.2K viewsedited  11:09
Ochish/sharhlash
2022-08-24 08:34:02
Ammiakli azotli o‘g‘itlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar

Ammoniy sulfat. Ammoniy sulfat (NH4 ) 2 S04 o‘z tarkibida 20,5-21,0% azot tutadi. U kulrang, ko‘kimtir yoki qizg‘ish tusda bo‘lishi mumkin. Ammoniy sulfat kuchsiz gigroskopik, sochiluvchan, tarkibida 24% atrofida oltingugurt bor, qaysiki, o‘simliklarning oziqlanishida o‘ziga xos ahamiyatga ega.

Ammoniy sulfat fiziologik nordon o‘g‘it hisoblanadi. Bu o‘g‘itni o‘simliklar yaxshi o‘zlashtiradi. Tuproqdagi harakatchanligi va yuvilib ketish xavfi kam bo‘lganligi bois ammoniy sulfatni asosiy o‘g‘itlash davrida, yaʼni kuzgi shudgor ostiga solish mumkin.

Baʼzi xollarda NH4 ning ko‘p miqdorda tuproqqa yutilishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Qo‘shimcha oziqlantirish paytida yoki ekish bilan qator oralariga solinganda, ildiz tizimi yaxshi rivojlanmagan yosh nihollar ammoniy sulfat tarkibidagi azotdan yaxshi foydalana olmaydi.

Sug‘oriladigan ekinlarga, ayniqsa, sholiga ammoniy sulfat qo‘llash yaxshi samara beradi.

- - - - -

WebsiteInstagramYouTube
2.0K viewsedited  05:34
Ochish/sharhlash
2022-08-23 13:20:07
Sabzini takroriy ekin sifatida yetishtirish bo'yicha tavsiyalar

Sabzi ekinini yetishtirish uchun asosan yengil mexanik tarkibiga ega yer maydonlari ajratiladi. Tuproqning kislotalilik darajasi neytral yoki kam miqdorda bo‘lishi kerak (pH 5,5-7).

Sabzini takroriy ekin sifatida ekilganda ham undan yuqori hosil olish mumkin. Bodring, piyoz, pomidor, ertaki kartoshka, karam kabi sabzavotlarga o‘z vaqtida organik o‘g‘itlar solingan, qishki yoki bahorgi boshoqli don ekinlardan keyin bo‘shagan yer maydonlariga sabzini takroriy ekin sifatida yetishtirsa bo‘ladi. Muhimi, bu ekinlardan keyingi dalalarda begona o‘tlar kamroq va bu sabzini yetishtirishda qulay hisoblanadi.

Batafsil: bit.ly/3SZNUGH

- - - - -
AgroZamin - Qishloq xo'jaligi bozori ishtirokchilarining biznes imkoniyatlarini kengaytirish uchun elektron platforma

+99878 150 00 88

WebsiteInstagramYouTube
2.4K viewsedited  10:20
Ochish/sharhlash
2022-08-23 10:28:34
Kartoshkaning aynishi va unga qarshi kurash choralari

Kartoshkaning aynishi deganda yuqumli viruslar va noqulay ekologik sharoitlar taʼsirida keyingi tuganak reproduksiyalarda hosildorlik, tovarlilik, oziq qiymati va urug‘lik sifatining pasayishi tushuniladi.

Kartoshkaning aynishi hamma joylarda uchraydi, lekin bizda keng tarqalgan va kartoshkachilikni rivojlantirishga jiddiy xalal beradigan to‘siqlardan biridir.

Batafsil: bit.ly/3T8fgdW

- - - - -
AgroZamin - Qishloq xo'jaligi bozori ishtirokchilarining biznes imkoniyatlarini kengaytirish uchun elektron platforma

+99878 150 00 88

WebsiteInstagramYouTube
2.3K viewsedited  07:28
Ochish/sharhlash
2022-08-22 13:19:01
Qovun haqida 7 ta qiziqarli fakt

Dunyoda qovun yetishtirish bo‘yicha Xitoy yetakchi hisoblanadi. Har to'rtinchi qovun shu mamlakatda yetishtiriladi.

Arxeologlar qovuunlar qadimgi Misrda ham yetishtirilganligini aniqlagan.

Yaponiyada yetishtirilgan Yubari King qovun navi dunyodagi eng qimmat qovun hisoblanadi. Bunday bitta mayda qovun narxi bir necha ming dollarga teng keladi.

Hozirgacha yetishtirilgan eng katta qovunning vazni 200 kg dan sal ko‘proq. Shuni taʼkidlash kerakki, u Avstriyada yetishtirilgan, bu mamlakat esa eng issiq davlatlarga kirmaydi, albatta.

Qovunni isteʼmol qilish xuddi shokoladni isteʼmol qilgandagidek “baxt gormoni” deb ataladigan serotonin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.

Yovvoyi tabiatda qovunlar Markaziy Osiyo, Hindiston va Avstraliyada o‘sadi. Ularning Avstraliyaga qanday yetib kelgani olimlar uchun sir bo‘lib qolmoqda.
- - - - -
WebsiteInstagramYouTube
2.2K viewsedited  10:19
Ochish/sharhlash
2022-08-21 07:30:46
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyar universitetining (UDEA) «AGROBIZNES VA INVESTITSION FAOLIYAT» bakalavriat yo‘nalishiga hujjatlar joriy yilning 26-avgust sanasiga qadar udea.uz veb-sayti orqali faqat onlayn tarzda qabul qilinadi.

Nega «AGROBIZNES VA INVESTITSION FAOLIYAT» yo‘nalishini tanlash lozim?

20 ta ta’lim grantlaridan biriga ega bo‘lish va o‘qishni tamomlagandan so‘ng kafolatlangan ish bilan ta'minlanish imkoniyati
Individual rivojlanish rejasi bo‘yicha faqat kerakli fanlarni o‘rganish
Xalqaro akademik muhitda taʼlim olish
Zamonaviy vositalar bilan jihozlangan o‘quv binosi
Istiqbolli karyera imkoniyatlari

Ro'yxatdan o'tish
Batafsil ma'lumot

"Biz yorqin kelajakka yo‘llanma beramiz!"

Telefon: 78 888-08-00
Ta’lim reklamasi
2.1K views04:30
Ochish/sharhlash
2022-08-20 14:50:57
Kartoshka asosan Pokistondan import qilinmoqda

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 15 ta davlatdan qiymati 57,2 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 322 ming tonna kartoshka import qilgan.

Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 11,7 ming tonnaga oshgan.

2022 yilning 7 oyida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar:
— Pokiston – 257,9 ming tonna
— Qozog‘iston – 23,5 ming tonna
— Rossiya – 15 ming tonna
— Qirg‘iz R. – 9,4 ming tonna
— Eron – 5,6 ming tonna
— Niderlandiya – 5,3 ming tonna
— Afg‘oniston – 4 ming tonna
— Belarus – 631,6 tonna
- - - - -
AgroZamin - Qishloq xo'jaligi bozori ishtirokchilarining biznes imkoniyatlarini kengaytirish uchun elektron platforma

+99878 150 00 88

WebsiteInstagramYouTube
2.4K viewsedited  11:50
Ochish/sharhlash
2022-08-19 14:08:40
Saudiya Arabistoni O‘zbekistonda yetishtirilgan mahsulotlarni import qilmoqchi

Saudiya Arabistoni kompaniyasi bilan hamkorlikka oid anglashuv memorandumini imzolash masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: bit.ly/3AENpep

- - - - -
AgroZamin - Qishloq xo'jaligi bozori ishtirokchilarining biznes imkoniyatlarini kengaytirish uchun elektron platforma

+99878 150 00 88

WebsiteInstagramYouTube
2.7K viewsedited  11:08
Ochish/sharhlash
2022-08-16 13:08:42
Limon o‘simligini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish

Limon daraxti issiqxona va handaklarda ko‘pincha yumshoq soxta qalqondor, o‘simlik bitlari, kanalar bilan zararlanadi. Ushbu zararkunandalarga qarshi Omayt (10 l suvga 3–4 g), Danadin (10 l suvga 10 g), Niguol, Altikor (10 l suvga 1,5 g) Vertemeks preparatini 0,5–0,8 foizli qilib sepsa ham bo‘ladi. Preparatlar o‘simlikning hamma qismini, ayniqsa barglarining pastki tarafidan purkaladi.O‘simlik g‘unchalagan va gullagan davrida purkash mumkin emas. Ishlov ertalab va kechqurun o‘tkaziladi.

Qora kuyasimon zamburug‘lar va oq chirish kasalligi barglar yuvilganda ketmaydi. Barglar 1 foizli Bordo suyuqligi eritmasi yoki 0,5% mis, xlor oksidi eritmasini qo‘shimcha purkalganda xolos etadi.

O‘simlik tanasi gommoz yelim oqish bilan kasallanganida, kasallikning ilk bosqichida shikastlangan po‘stloq qismi va yog‘ochi sog‘lom qatlamgacha kesib tashlanadi. Bundan so‘ng tozalangan joy 3 foizli mis kuporosi bilan dizenfeksiya qilinadi va bog‘ katroni bilan shuvaladi. Katron tayyorlash uchun kanifol va asal ari mo‘miga (2:1) oz miqdorda mol yog‘i qo‘shib eritiladi.

Gommoz bilan zararlangan va qurigan daraxt tanasi atrofi ildizi bilan qazib olinib yondiriladi, turog‘i esa 1 foizli formalin eritmasi bilan dizenfeksiya qilinadi.

- - - - -
AgroZamin - Qishloq xo'jaligi bozori ishtirokchilarining biznes imkoniyatlarini kengaytirish uchun elektron platforma

+99878 150 00 88

WebsiteInstagramYouTube
3.4K viewsedited  10:08
Ochish/sharhlash
2022-08-15 13:41:17
O‘zbekistondan rekord hajmda olxo‘ri eksport qilindi

Respublika Bojxona qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yil 11 maydan 10 avgustga qadar O‘zbekistondan 44 ming tonna sarxil olxo‘ri eksport qilingan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,6 barobar ko‘p va 2019 yilgi rekorddan qariyb 30 foizga yuqori ko‘rsatkichdir.

2022 yilgi hosil olxo‘risi eksportining keskin o‘sishiga O‘zbekistonda bu yil mo‘l hosil olingani va natijada ushbu mahsulot narxi pastligi sabab bo‘lmoqda. 2022 yilning iyun-iyul oylarida sarxil olxo‘rining ulgurji narxlari o‘tgan yilgi darajadan o‘rtacha 2 barobar past bo‘lgan. 2022 yilning 12 avgust holatiga ko‘ra, ushbu mahsulotning o‘rtacha ulgurji narxlari 2021 yilning shu sanasiga nisbatan 3 barobar, 2019 yilning shu sanasiga nisbatan esa 1,5 barobar past bo‘ldi.

- - - - -
AgroZamin - Qishloq xo'jaligi bozori ishtirokchilarining biznes imkoniyatlarini kengaytirish uchun elektron platforma

+99878 150 00 88

WebsiteInstagramYouTube
3.4K viewsedited  10:41
Ochish/sharhlash