Get Mystery Box with random crypto!

Qovun haqida 7 ta qiziqarli fakt Dunyoda qovun yetishtirish b | AgroZamin

Qovun haqida 7 ta qiziqarli fakt

Dunyoda qovun yetishtirish bo‘yicha Xitoy yetakchi hisoblanadi. Har to'rtinchi qovun shu mamlakatda yetishtiriladi.

Arxeologlar qovuunlar qadimgi Misrda ham yetishtirilganligini aniqlagan.

Yaponiyada yetishtirilgan Yubari King qovun navi dunyodagi eng qimmat qovun hisoblanadi. Bunday bitta mayda qovun narxi bir necha ming dollarga teng keladi.

Hozirgacha yetishtirilgan eng katta qovunning vazni 200 kg dan sal ko‘proq. Shuni taʼkidlash kerakki, u Avstriyada yetishtirilgan, bu mamlakat esa eng issiq davlatlarga kirmaydi, albatta.

Qovunni isteʼmol qilish xuddi shokoladni isteʼmol qilgandagidek “baxt gormoni” deb ataladigan serotonin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.

Yovvoyi tabiatda qovunlar Markaziy Osiyo, Hindiston va Avstraliyada o‘sadi. Ularning Avstraliyaga qanday yetib kelgani olimlar uchun sir bo‘lib qolmoqda.
- - - - -
WebsiteInstagramYouTube