Get Mystery Box with random crypto!

Ammiakli azotli o‘g‘itlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar Ammo | AgroZamin

Ammiakli azotli o‘g‘itlarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar

Ammoniy sulfat. Ammoniy sulfat (NH4 ) 2 S04 o‘z tarkibida 20,5-21,0% azot tutadi. U kulrang, ko‘kimtir yoki qizg‘ish tusda bo‘lishi mumkin. Ammoniy sulfat kuchsiz gigroskopik, sochiluvchan, tarkibida 24% atrofida oltingugurt bor, qaysiki, o‘simliklarning oziqlanishida o‘ziga xos ahamiyatga ega.

Ammoniy sulfat fiziologik nordon o‘g‘it hisoblanadi. Bu o‘g‘itni o‘simliklar yaxshi o‘zlashtiradi. Tuproqdagi harakatchanligi va yuvilib ketish xavfi kam bo‘lganligi bois ammoniy sulfatni asosiy o‘g‘itlash davrida, yaʼni kuzgi shudgor ostiga solish mumkin.

Baʼzi xollarda NH4 ning ko‘p miqdorda tuproqqa yutilishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Qo‘shimcha oziqlantirish paytida yoki ekish bilan qator oralariga solinganda, ildiz tizimi yaxshi rivojlanmagan yosh nihollar ammoniy sulfat tarkibidagi azotdan yaxshi foydalana olmaydi.

Sug‘oriladigan ekinlarga, ayniqsa, sholiga ammoniy sulfat qo‘llash yaxshi samara beradi.

- - - - -

WebsiteInstagramYouTube