Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistondan rekord hajmda olxo‘ri eksport qilindi Respubli | AgroZamin

O‘zbekistondan rekord hajmda olxo‘ri eksport qilindi

Respublika Bojxona qo‘mitasining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yil 11 maydan 10 avgustga qadar O‘zbekistondan 44 ming tonna sarxil olxo‘ri eksport qilingan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,6 barobar ko‘p va 2019 yilgi rekorddan qariyb 30 foizga yuqori ko‘rsatkichdir.

2022 yilgi hosil olxo‘risi eksportining keskin o‘sishiga O‘zbekistonda bu yil mo‘l hosil olingani va natijada ushbu mahsulot narxi pastligi sabab bo‘lmoqda. 2022 yilning iyun-iyul oylarida sarxil olxo‘rining ulgurji narxlari o‘tgan yilgi darajadan o‘rtacha 2 barobar past bo‘lgan. 2022 yilning 12 avgust holatiga ko‘ra, ushbu mahsulotning o‘rtacha ulgurji narxlari 2021 yilning shu sanasiga nisbatan 3 barobar, 2019 yilning shu sanasiga nisbatan esa 1,5 barobar past bo‘ldi.

- - - - -
AgroZamin - Qishloq xo'jaligi bozori ishtirokchilarining biznes imkoniyatlarini kengaytirish uchun elektron platforma

+99878 150 00 88

WebsiteInstagramYouTube