Get Mystery Box with random crypto!

Limon o‘simligini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish | AgroZamin

Limon o‘simligini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish

Limon daraxti issiqxona va handaklarda ko‘pincha yumshoq soxta qalqondor, o‘simlik bitlari, kanalar bilan zararlanadi. Ushbu zararkunandalarga qarshi Omayt (10 l suvga 3–4 g), Danadin (10 l suvga 10 g), Niguol, Altikor (10 l suvga 1,5 g) Vertemeks preparatini 0,5–0,8 foizli qilib sepsa ham bo‘ladi. Preparatlar o‘simlikning hamma qismini, ayniqsa barglarining pastki tarafidan purkaladi.O‘simlik g‘unchalagan va gullagan davrida purkash mumkin emas. Ishlov ertalab va kechqurun o‘tkaziladi.

Qora kuyasimon zamburug‘lar va oq chirish kasalligi barglar yuvilganda ketmaydi. Barglar 1 foizli Bordo suyuqligi eritmasi yoki 0,5% mis, xlor oksidi eritmasini qo‘shimcha purkalganda xolos etadi.

O‘simlik tanasi gommoz yelim oqish bilan kasallanganida, kasallikning ilk bosqichida shikastlangan po‘stloq qismi va yog‘ochi sog‘lom qatlamgacha kesib tashlanadi. Bundan so‘ng tozalangan joy 3 foizli mis kuporosi bilan dizenfeksiya qilinadi va bog‘ katroni bilan shuvaladi. Katron tayyorlash uchun kanifol va asal ari mo‘miga (2:1) oz miqdorda mol yog‘i qo‘shib eritiladi.

Gommoz bilan zararlangan va qurigan daraxt tanasi atrofi ildizi bilan qazib olinib yondiriladi, turog‘i esa 1 foizli formalin eritmasi bilan dizenfeksiya qilinadi.

- - - - -
AgroZamin - Qishloq xo'jaligi bozori ishtirokchilarining biznes imkoniyatlarini kengaytirish uchun elektron platforma

+99878 150 00 88

WebsiteInstagramYouTube