Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi abituriyentlar — Abituriyentlar | Rasmiy kanal A
Telegram kanalining logotibi abituriyentlar — Abituriyentlar | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @abituriyentlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 18
Kanalning ta’rifi

Abituriyentlar.uz
https://youtube.com/c/ORIFBEKUZAbituriyentlar

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2022-01-24 12:38:13
Kompyuter savodxonligi kurslariga marhamat!

Atigi, oy yetarli. 2022-yil 24-yanvardan boshlab, Registan IT School dasturlash maktabida kompyuter savodxonligi kursi qabuliga start beriladi!

Sizga dars beruvchi ustoz kim?

Ravshanjon Rahmatullayev
Ajoyib android dasturchisi;
4 yillik ish tajriba egasi;
SMM mutaxassisi, copywriter;
Blogger, @mille_uz muallifi.

Kurs kimlar uchun?

Ushbu kurs kompyuter bilan ishlashga qiynaladigan, undan to'laqonli foylanishni bilmaydigan, oz bo'lsada bilib, lekin yanada kuchaytirishni istaydigan barcha toifadagi insonlar uchun mo'ljallangan!

Atigi, oy davomida sizning kompyuter savodxonligi bo'yicha bilimlaringizni tubdan o'zgartiramiz. Mashg'ulotlarning amaliyot bilan chambarchasligi darslarimizni yanada qiziqarli o'tishini ta'minlaydi!

Murojaat uchun telefonlar:
@Registan_it_admin
+99855-500-37-00
Onlayn ro'yxatdan o'tish

Bitiruvchilarga maxsus sertifikat beriladi!

Bizni tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | YouTube | TikTok
3.3K views09:38
Ochish/sharhlash
2022-01-23 17:33:25 ​​Fandan qarzdorligim bor. Qarzlarimni qachongacha topshirsam bo‘ladi?

OTMda talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomga koʻra, yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi boʻyicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

- Talaba uzrli sabablarga koʻra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.

- Bitiruvchi kurs boʻlmagan talabalar kuzgi semestr natijalari boʻyicha
3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan hollarda talabaga bir oygacha, bahorgi semestr natijalari boʻyicha 3 tagacha fandan (fanlardan) akademik qarzdorligi boʻlgan talabaga tegishli fan (fanlar) boʻyicha oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turlarini yangi oʻquv yili boshidan qayta topshirish uchun 1 oy muddat beriladi.

- Bitiruvchi kurs talabalariga bahorgi semestr natijalari boʻyicha oʻzlashtirmagan fandan (fanlardan) qayta topshirish uchun yakuniy davlat attestatsiyasi boshlangunga qadar ruxsat beriladi.

- Fanlardan akademik qarzdorligi
4 ta va undan koʻp boʻlgan talabalarga qayta topshirishga ruxsat berilmaydi
va ular oliy taʼlim muassasasi rektorining (boshligʻining, filial direktorining) buyrugʻi bilan kursdan qoldiriladi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
2.5K views14:33
Ochish/sharhlash
2022-01-23 16:25:46BUGUN IMTIHON – Nimalarni bilish kerak?

Yana bir bor eslatib o'tamiz,BUGUN REGISTON UCHTEPA filiali abituriyent va o'quvchilar uchun navbatdagi onlayn test tashkil qilinadi.

Online boshlanish vaqti: 20:00

Online shakli borasida ko'plab savollar berilmoqda. Shu sabab qisqacha ma'lumot berib o'tamiz:

Imtihonlar qaysi yo'nalishlar bo'yicha bo'ladi?

Javob: Imtihonlar barcha yo'nalish bo'yicha asosiy hamda majburiy fanlardan boʻlib oʻtadi.

E'tibor qiling, ushbu yo'nalishlarning barchasida majburiy fanlar bloki bo'yicha O'zbekiston tarixi, ona tili, matematika fanlaridan test sinovlari taqdim etiladi.

Savollar soni nechta bo'ladi?

Javob: Test savollari soni xuddi DTM andozasi kabi mutaxassislik blokidan 30 tadan jami 60 ta test savoli, hamda majburiy fanlar blokidan 15 tadan jami 45 ta test savoli taqdim etiladi. Mutahassislik testlarining har bir to'g'ri javobi 3.1 balldan, majburiy fanlarning har bir to'g'ri javobi 2.1 balldan hisoblanadi. Savollar qiyinlik darajasi DTM standartlari bilan bir xil bo'ladi.

Savollar qaysi mavzulardan tuziladi?

Javob: Barcha test savollari tegishli fan darsliklarining mavzularidan tuzilgan boʻlib, darajalanish toifasi asosida tuzilgan

Testlar qayerdan keladi?

Javob: Yuqorida aytilganidek, barcha yo'nalishlar bo'yicha eng yangi DTM standartidagi mavzulashtirilgan test savollari siz uchun tayyorlangan bo'lib, ular sizga faqatgina @Registan_uchtepa kanali orqali bugun soat 20:00 da yuboriladi.

Unutmang! Kanalga obuna bo'lmaganlarga test alohida tashlab berilmaydi!

Testlarni ishlash uchun qancha vaqt beriladi?

Javob: Soat 20:00 da beriladigan testlarni yechish va javoblarni yuborish uchun 3 soat vaqt beriladi.

Test javoblarini qayerga jo'natish kerak?

Javob: Test javoblarini tekshirish uchun Registon o'quv markazi tomonidan maxsus @Rgn_testbot boti yaratilgan. Kalitlarni aynan shu botga belgilangan tartibda yuborishingiz kerak bo'ladi. Avvalo ushbu botdan ro'yxatdan o'tib olishingiz shart!

Sizda test bilan bog'liq yana savollar bormi? Izohlarda yozib qoldiring!

@Registan_uchtepa
3.2K views13:25
Ochish/sharhlash
2022-01-21 09:12:00 ​​OʻQUV MARKAZLARI YOPILMAYDI

Bizga kelgan rasmiy maʼlumotlarga koʻra, nodavlat o’quv markazlari yopilmaydi. Ular qat’iy karantin qoidalariga amal qilgan holda faoliyatini davom ettiradi.

Maktabgacha ta’lim, ya’ni bog’chalar ham yopilmaydi.

Maktab va OTM hozircha bir oylik onlayn ta’lim formatiga
o’tkazildi.

Maʼlumot uchun: Yurtimizda bugun Covid-19 holati yana antirekord bo’lib, 1300+ kishida aniqlandi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
8.8K views06:12
Ochish/sharhlash
2022-01-21 08:42:28
#Qabul
Oʼzbekistonda yangi oliy taʼlim muassasasi ochildi!

Ayni paytda abituriyentlardan hujjat qabul qilayotgan PROFI UNIVERSITY nodavlat oliy ta'lim tashkiloti diplomi O'zbekistondagi boshqa oliy ta'lim muassasalari diplomlari qatorida tan olinadi!

"Ta'lim to'g'risida" (https://lex.uz/docs/5013007)

Ta'lim turi:
-Sirtqi
-Kunduzgi
-Kechki

1 Ta'lim yo'nalishlari:
• Rus tili va adabiyot
• Ingliz tili va adabiyot
• Ta'lim menejmenti
Kontrakt narxi:
Kunduzgi va kechki ta'lim - 20 mln so'm
Sirtqi ta'lim - 14 mln so'm

2 Ta'lim yo'nalishlari:
• Pedagogika va psixologiya
• Boshlang’ich ta'lim va metodika
• Maktabgacha ta'lim
Kontrakt narxi:
Kunduzgi va kechki ta'lim - 18 mln so'm
Sirtqi ta'lim - 12 mln so'm


Call center:
+998901211766
+998901271766
+998903971766

Ro'yxatdan o'tish

Algoritm Consulting bilan talaba boʻling!
Telegram | Instagram
3.8K views05:42
Ochish/sharhlash
2022-01-20 20:04:15 Biz bilgandik biz kutgandik Rasman: 24-yanvardan barcha OTMlar ham onlayn ta'lim tizimida o'qishadi. 24-yanvardan boshlab maktablar bir oy davomida onlayn faoliyat olib boradi — Xalq ta’limi vazirligi. Safimizga qoʻshiling https://t.me/joinchat/AAAA…
5.2K views17:04
Ochish/sharhlash
2022-01-20 20:00:13 Biz bilgandik biz kutgandik Rasman: 24-yanvardan barcha OTMlar ham onlayn ta'lim tizimida o'qishadi. 24-yanvardan boshlab maktablar bir oy davomida onlayn faoliyat olib boradi — Xalq ta’limi vazirligi. Safimizga qoʻshiling https://t.me/joinchat/AAAA…
5.1K views17:00
Ochish/sharhlash
2022-01-20 19:53:46 Biz bilgandik biz kutgandik

Rasman: 24-yanvardan barcha OTMlar ham onlayn ta'lim tizimida o'qishadi.

24-yanvardan boshlab maktablar bir oy davomida onlayn faoliyat olib boradi — Xalq ta’limi vazirligi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA
6.9K viewsedited  16:53
Ochish/sharhlash
2022-01-20 14:18:49
“Inyaz”larga kirishda chet tilidan kasbiy imtihon bo‘ladi

Hukumat qaroriga asosan, 2022/23-o‘quv yili qabulidan boshlab, xorijiy til mutaxassislarini tayyorlaydigan OTMlarga (ro'yxat) kirish imtihonlarida chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon yo‘lga qo‘yiladi.

Imtihon “listening”, “reading”, “writing” va “speaking”dan iborat bo‘ladi. Imtihonni DTM oladi.

2024/25-o‘quv yilidan boshlab chet tili majburiy fanlar blokiga kiritiladi. Hozir bu blokda ona tili, tarix va matematika bor.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
7.5K views11:18
Ochish/sharhlash
2022-01-19 18:25:25 ​​Oliy ta'lim muassasalarida o'qish qachondan boshlanadi?

Oliy ta'lim muassasalarida 10-yanvardan qishki ta'til muddati 24-yanvargacha uzaytirilgani va so'nggi kunlarda koronavirus bilan kasallanish holatlari ko'paygani sabab ko'pchilik talabalarda «O'qish qachondan boshlanadi?» degan savol paydo bo'ldi.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligidan bugun olgan ma'lumotimizga ko'ra, avval xabar berilgan — 24-yanvardan oliy ta'lim muassasalarida an'anaviy tarzda darslar boshlanishi haqidagi rasmiy ma'lumotda hozircha hech qanday o'zgarish yo'q.

Koronavirus sabab dars jarayonlari onlaynga o'tishiga faqatgina Maxsus komissiya qaror qiladi. Hozircha Maxsus komissiya ham tinch. Demak, agar 24-yanvargacha hech qanday yangilik bo'lmasa, barcha oliy ta'lim muassasalarida 24-yanvardan an'anaviy tarzda darslar boshlanadi.

Manba

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
3.3K views15:25
Ochish/sharhlash