Get Mystery Box with random crypto!

​ BUGUN IMTIHON – Nimalarni bilish kerak? Yana bir bor eslati | Abituriyentlar | Rasmiy kanal

BUGUN IMTIHON – Nimalarni bilish kerak?

Yana bir bor eslatib o'tamiz,BUGUN REGISTON UCHTEPA filiali abituriyent va o'quvchilar uchun navbatdagi onlayn test tashkil qilinadi.

Online boshlanish vaqti: 20:00

Online shakli borasida ko'plab savollar berilmoqda. Shu sabab qisqacha ma'lumot berib o'tamiz:

Imtihonlar qaysi yo'nalishlar bo'yicha bo'ladi?

Javob: Imtihonlar barcha yo'nalish bo'yicha asosiy hamda majburiy fanlardan boʻlib oʻtadi.

E'tibor qiling, ushbu yo'nalishlarning barchasida majburiy fanlar bloki bo'yicha O'zbekiston tarixi, ona tili, matematika fanlaridan test sinovlari taqdim etiladi.

Savollar soni nechta bo'ladi?

Javob: Test savollari soni xuddi DTM andozasi kabi mutaxassislik blokidan 30 tadan jami 60 ta test savoli, hamda majburiy fanlar blokidan 15 tadan jami 45 ta test savoli taqdim etiladi. Mutahassislik testlarining har bir to'g'ri javobi 3.1 balldan, majburiy fanlarning har bir to'g'ri javobi 2.1 balldan hisoblanadi. Savollar qiyinlik darajasi DTM standartlari bilan bir xil bo'ladi.

Savollar qaysi mavzulardan tuziladi?

Javob: Barcha test savollari tegishli fan darsliklarining mavzularidan tuzilgan boʻlib, darajalanish toifasi asosida tuzilgan

Testlar qayerdan keladi?

Javob: Yuqorida aytilganidek, barcha yo'nalishlar bo'yicha eng yangi DTM standartidagi mavzulashtirilgan test savollari siz uchun tayyorlangan bo'lib, ular sizga faqatgina @Registan_uchtepa kanali orqali bugun soat 20:00 da yuboriladi.

Unutmang! Kanalga obuna bo'lmaganlarga test alohida tashlab berilmaydi!

Testlarni ishlash uchun qancha vaqt beriladi?

Javob: Soat 20:00 da beriladigan testlarni yechish va javoblarni yuborish uchun 3 soat vaqt beriladi.

Test javoblarini qayerga jo'natish kerak?

Javob: Test javoblarini tekshirish uchun Registon o'quv markazi tomonidan maxsus @Rgn_testbot boti yaratilgan. Kalitlarni aynan shu botga belgilangan tartibda yuborishingiz kerak bo'ladi. Avvalo ushbu botdan ro'yxatdan o'tib olishingiz shart!

Sizda test bilan bog'liq yana savollar bormi? Izohlarda yozib qoldiring!

@Registan_uchtepa