Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi abituriyentlar — Abituriyentlar | Rasmiy kanal A
Telegram kanalining logotibi abituriyentlar — Abituriyentlar | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @abituriyentlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 18
Kanalning ta’rifi

Abituriyentlar.uz
https://youtube.com/c/ORIFBEKUZAbituriyentlar

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2021-12-25 21:14:31 Talabalar 25-dekabrdan qishki taʼtilga chiqadigan boʻldi.

3 kun ertaroq surish mumkin hullas.

Umuman olganda hamma juma kuni darsdan chiqib surgan edi

@Abituriyentlar
4.7K views18:14
Ochish/sharhlash
2021-12-22 21:05:13
Talabalar 28-dekabrdan qishki taʼtilga chiqadi

Oliy taʼlim muassasalari talabalari, akademik litsey va professional taʼlim muassasalari (kasb-hunar maktabi, kollej hamda texnikumlar) oʻquvchilari uchun 2021-yil 28-dekabrdan 2022-yil 10-yanvargacha qishki taʼtil etib belgilandi.

Dars jarayonlari 2022-yilning 11-yanvaridan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Uzbekistan Airways talabalarga 50 foizlik chegirma e’lon qilgan. Ushbu chegirma 28-dekabrdan 10-yanvargacha amal qilishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, «O‘zbekiston temir yo‘llari» 31-dekabrdan 2022-yilning 4-yanvargacha oliy o‘quv yurtlarining talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va lisey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus ta’lim muassasalari talabalariga chiptaning tarif qismidan 15 foiz miqdorida chegirma beradi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
1.8K viewsedited  18:05
Ochish/sharhlash
2021-12-21 10:14:00 ​​TOEFL ITP imtihoni uchun ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga 2 kun qoldi

2021
-yil 1-dekabr kuni dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan edi.

Ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va 23-dekabrga qadar davom etadi.

Test sinovi esa 24-dekabr kuni Toshkent shahrida (Davlat test markazida) onlayn tarzda o‘tkaziladi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijasini bilib oladi.

Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga ETS tashkilotining xalqaro sertifikati beriladi.

Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga binoan C1 darajaga to‘g‘ri keluvchi TOEFL ITP sertifikatiga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama beriladi.

Talabgorlar quyidagi havola orqali test namunalari bilan tanishishlari va test sinoviga tayyorgarlik ko‘rishlari mumkin:
https://www.ets.org/toefl_itp/l1v3_ebook

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
4.4K views07:14
Ochish/sharhlash
2021-12-18 19:49:16 ​​ Oʻqishga kira olmaganlarga ham imkon berildi. Kollej va texnikumlarning kontrakt toʻlash muddati uzaytirildi.

Davlat qabul komissiyasining qaroriga muvofiq, kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari yakuni boʻyicha toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlarga 2021/2022-oʻquv yilida oʻqish uchun belgilangan toʻlovlarning kamida 50 foiz miqdorini toʻlash muddati 2022-yilning 20-yanvarigacha (shu kuni ham) etib belgilandi.

Shuningdek, kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarida ishtirok etib, oʻqishga tavsiya etilmagan abituriyentlarga, istisno tariqasida, imtihon topshirgan fanlar majmuasi bir xil boʻlgan kasb yoki mutaxassisliklarning vakant oʻrinlariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishga ruxsat etildi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
2.6K views16:49
Ochish/sharhlash
2021-12-18 06:09:57 Maktablar ​28-dekabrdan 2 hafta dam olishadi

Maktabda taʼtillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:

kuzgi taʼtil – 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

qishki taʼtil – 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

bahorgi taʼtil – 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;

yozgi taʼtil – oxirgi bosqichli nazorat sinovi oʻtkazilgan kundan (bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan sinflar uchun oʻquv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentyabrgacha.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA
5.1K views03:09
Ochish/sharhlash
2021-12-17 12:24:39
Nukus davlat pedagogika instituti haqida nimalarni bilasiz ?

Registon media jamoasi xizmat safari bilan Qoraqalpog'iston Respublikasida bo'ldi va Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi. O'ylaymizki, institut haqida to'plagan ma'lumotlarimiz sizga manzur keladi!

To'liq videoni YouTubeda




Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
3.3K views09:24
Ochish/sharhlash
2021-12-17 10:44:54
O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi ixtisoslashtirilgan maktabga qabul

Prezident qarori (PQ-4910) bilan tashkil etilgan ushbu maktab aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan bo'lib, ta'lim olish to'liq BEPUL

Hozirda 7, 8, 9 sinf iqtidorli o'quvchilarini o'qishga qabul qilish davom etmoqda. Maktabda quyidagi fanlar chuqurlashtirib o‘rgatiladi:

Aniq fanlar
Matematika
Fizika

Tabiiy fanlar
Kimyo
Biologiya

ZAMONAVIY MAKTAB
Наr bir o’quvchining bilimi, sog’ligi, va intellektual rivojlanishi uchun qulay muhit

MAXSUS DARSLAR
Maktabda o'quvchilarga sifatli bilim berish uchun eng yuqori texnologiyalar bilan jihozlangan

KUCHLI JAMOA
O’qituvchilar jamoasi kuchli bilim va malakaga ega yosh pedagoglardan tashkil topgan.

Maktab qabuliga onlayn ro'yxatdan o'tish

Murojaat uchun:
+998(93)585-94-02
+998(99)602-51-51
Onlayn: @rep_tests

Manzil: Zangiota tumani, Toshkent xalqa avtomobil yo’li bo’yida joylashgan

Batafsil: @UZMU_MAKTAB
3.9K views07:44
Ochish/sharhlash
2021-12-15 19:27:35 Rasman: ​​kontraktni 31-dekabrga qadar toʻlashingiz kerak!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2021-yil 15-dekabrdagi 10-sonli qaroriga muvofiq 2021/2022-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga toʻlov-kontrakt, shu jumladan, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2021-yilning 31-dekabri etib belgilandi.

Koronavirus infeksiyasiga qarshi 2021-yilning 15-noyabriga qadar toʻliq emlangan (vaksina olgan), lekin emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni belgilangan muddatdan kechikib oliy taʼlim muassasasiga taqdim etgan (etayotgan) abituriyentlar va talabalarga toʻlov-kontrakt summasini toʻlashda bir martalik 10 foizli chegirmani qoʻllashga ruxsat berildi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
5.7K viewsedited  16:27
Ochish/sharhlash
2021-12-15 16:03:47 ​#BILASIZMI

Oʻzbekistonda nechta professional taʼlim muassasasi bor?

Hozirda (15.12.2021-y. holatiga koʻra) Oʻzbekistonda 715 ta professional taʼlim muassasasi mavjud. Shundan:

Kasb-hunar maktabi — 339 ta;
Kollej — 162 ta;
Texnikum — 213 ta;
Texnikum filiali — 1 ta.

Tegishliligi boʻyicha vazirlik va idoralar tasarrufiga biriktirilgan professional taʼlim muassasalari:

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi — 339 ta kasb-hunar maktablari, 83 ta texnikum, 1 tа texnikum filiali;
Sog‘liqni saqlash vazirligi — 27 ta kollej, 47 ta texnikum;
Suv xo‘jaligi vazirligi — 9 ta kollej;
Qurilish vazirligi — 3 ta kollej, 12 ta texnikum;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — 1 ta kollej;
Maktabgacha ta’lim vazirligi — 96 ta kollej;
Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 18 ta texnikum;
Adliya vazirligi — 14 ta texnikum;
Transport vazirligi — 1 ta kollej, 11 ta texnikum;
Turizm va sport vazirligi — 8 ta kollej, 3 ta texnikum;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi — 14 ta texnikum;
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi — 1 ta kollej;
Energetika vazirligi — 2 ta kollej;
Davlat soliq qo‘mitasi — 3 ta texnikum;
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi — 4 ta texnikum;
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi — 1 ta texnikum;
Gidrometeorologiya xizmati markazi — 1 ta texnikum;
Kadastr agentligi — 1 ta kollej;
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi — 2 ta kollej;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi — 3 ta kollej;
Navoiy kon-metallurgiya kombinati — 2 ta texnikum;
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi — 1 ta kollej;
“Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati” AJ — 1 ta kollej;
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi — 1 ta kollej;
“O‘zkimyosanoat” AJ — 2 ta kollej;
“O‘zbekneftgaz” AJ — 2 ta kollej;
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi — 1 ta kollej.

Kasb-hunar maktablari roʻyxati pdf shaklda.
Kollejlar roʻyxati pdf shaklda.
Texnikumlar roʻyxati pdf shaklda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
4.5K views13:03
Ochish/sharhlash
2021-12-15 15:30:00
Talabalar ijara puli bo‘yicha imtiyozdan foydalanyaptimi?

Bugun.uz Toshkentda Talabalar shaharchasida kichik so‘rovnoma o‘tkazdi.

So'rovnomadan ko'rinadiki, talabalar ijara uchun o'rtacha 500 ming so'm atrofida pul to'laydi va bu summa ular harajatlarining 40-50 foizini tashkil qiladi.

Davlat tomonidan ijara pulining 50% qoplab berilishi imkoniyati haqida ko'pchilik eshitgan, xabari bor, lekin harakat qilib ko'rmagan. Aslida bu jarayon unchalik murakkab emas.

Ijara pulini qoplab berilishi uchun talabaga 3tagina hujjat yetarli:
1) Ijara shartnomasi;
2) Ma'lumotnoma:
3) Ariza-anketa.

Talabalarga ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish tartibi haqida esa mazkur videoda batafsil tanishishingiz mumkin.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
4.6K views12:30
Ochish/sharhlash