Get Mystery Box with random crypto!

28-fevraldan chet tili imtihoni boshlanadi Chet tilini bili | Abituriyentlar | Rasmiy kanal

28-fevraldan chet tili imtihoni boshlanadi

Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash bo‘yicha fevral oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari belgilandi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 2022-yil 28-fevral va 1 mart kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 7-, 9-11- va 14-mart kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon (yozma va gapirish ko‘nikmasi) joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilib olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube | Facebook