Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi abituriyentlar — Abituriyentlar | Rasmiy kanal A
Telegram kanalining logotibi abituriyentlar — Abituriyentlar | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @abituriyentlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 18
Kanalning ta’rifi

Abituriyentlar.uz
https://youtube.com/c/ORIFBEKUZAbituriyentlar

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 13

2021-11-16 05:02:57 ​​DXX akademiyasiga kirish uchun test sinovlari 18-noyabr kuni oʻtkaziladi

2022-2023-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari 2021-yil 18-noyabr kuni o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 1 smenada, Toshkent shahrida esa 2 smenada bo‘lib o‘tadi:

-smena 09:00 dan 12:00 ga qadar;
-smena 14:30 dan 17:30 ga qadar.

Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston tarixi va chet tili fanlaridan o‘tkaziladi.

Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt ajratiladi.

Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball246 ball bo‘lib, fanlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

ona tili15 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 2,1 balldan (jami 31,5 ball);

matematika15 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 2,1 balldan (jami 31,5 ball);

O‘zbekiston tarixi30 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball);

chet tili30 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball).

Nomzodlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining dxx.dtm.uz saytidan onlayn tarzda yuklab olishlari mumkin.

Nomzodlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
13.6K views02:02
Ochish/sharhlash
2021-10-05 03:40:01 ​​"Отчисления" qilamiz deb sizni qo'rqitishyaptimi?

• O'z haq-huquqingizni bilib oling
• Talab qilishni o'rganing
• Nizom bilan to'liq tanishing
• Sizda qo'rqitishlar va shunga o'xshash so'zlar bilan gapirishsa https://lex.uz/docs/-3244181 ushbu havola orqali barcha tartiblarni o'rganib chiqing!

Unutmang! Biz mustaqil demokratik davlatda yashaymiz, har bir fuqaro erkinligi va haq-huquqi qonun himoyasidadir.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
8.7K viewsedited  00:40
Ochish/sharhlash
2021-10-04 20:22:45
Instagram, Facebook va WhatsApp butun dunyoda ishlamay qoldi

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA
10.8K viewsedited  17:22
Ochish/sharhlash
2021-10-04 14:47:30 Matematika, kimyo va biologiya fanlaridan oʻqituvchilar kerak - DTM

Davlat test markazi umumta’lim fanlaridan test topshiriqlarini shakllantirish uchun matematika, kimyo va biologiya (o‘zbek va rus tillarida) fanlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik tajribaga ega bo‘lish;
ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar (“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlar, amaldagi darsliklar) bilan ishlay olish;
mutaxassislik fanidan test topshiriqlarini shakllantirish va ekspertiza qila olish;
pedagogik o‘lchovlar va testologiyaga oid nazariy bilimlarga ega bo‘lish;
sohaga oid xalqaro tajribalardan xabardor bo‘lish;
test topshiriqlarini tuzish metodikasi va uning turlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish.

Talabgorlardan o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (obyektivka)ni telefon raqamlarini ko‘rsatgan holda maxsus_fan@dtm.uz elektron pochta manziliga yuborishlari so‘raladi.

Hujjatlar 15-oktabrga qadar qabul qilinadi.

Ishga qabul qilingan mutaxassislar uchun Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Bilimlarni baholash testlarini ishlab chiqish nazariyasi va amaliyoti” bo‘yicha 36 soatga mo‘ljallangan malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
10.9K viewsedited  11:47
Ochish/sharhlash
2021-10-04 14:12:31
Buyuk Britaniyaning nufuzli universiteti (QS TOP 50) Toshkentda

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti London universiteti (University of London) va London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) bilan memorandum imzolab, hamkorlikda ISEF qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘ydi.

Qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va London universiteti diplomlariga ega bo‘ladilar.

Ta’lim jarayoni to‘liq ingliz tilida bo‘lib, o‘quv rejalari, fan dasturlari, o‘quv materiallari va yakuniy nazorat sinovlari ham London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE) tomonidan tayyorlanadi va baholanadi.

Bu kabi qo‘shma dasturlar jahon ta’lim makoni integratsiyasiga hamda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini dunyo standartlariga moslashtirgan holda xalqaro hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Murojaat uchun:
+998946485016 | @isef_lse
+998712392828 | +998935987523

Batafsil: https://bit.ly/3Bg2vVy

Eduuzdan yiroqlashmang!
10.1K views11:12
Ochish/sharhlash
2021-09-30 15:44:02 ​​Kollej va texnikumlarga hujjatlarni topshirishga ulgurmaganlar diqqatiga!

2021-yil 30-sentabr kuni 24:00 ga qadar kollej va texnikumlarga hujjatlarni topshirish imkoniyati yaratildi.

ESLATMA
Abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish quyidagi elektron platformalar orqali amalga oshirilmoqda:

kollejlarga — https://kollej.edu.uz

texnikumlarga — www.texnikum.edu.uz

Elektron platforma orqali quyidagi tartibda ro‘yxatdan o‘tiladi:

Elektron ariza to‘ldiriladi;

Umumta’lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi yuklanadi;

Pasport ma’lumotlar kiritiladi.

Yuridik texnikumlar bundan mustasno.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
18.6K views12:44
Ochish/sharhlash
2021-09-29 16:49:29 Ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi.

Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi.

Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.

Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Mazkur tartib 2022-yil 1-maydan kuchga kiradi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
17.9K viewsedited  13:49
Ochish/sharhlash
2021-09-29 14:01:14 Abituriyentlar | Rasmiy kanal pinned a file
11:01
Ochish/sharhlash
2021-09-29 13:33:03 Super-kontraktda 0,05 ball uchun yengillik berildi

Joriy yilda istisno tariqasida super-kontrakt miqdorini arzonlashtirilgan holda toʻlanadigan 4 ballik chegarada 0,05 ball qoʻshiladigan boʻldi. Yaʼni:

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

1,06 balldan 2,05 ballgacha2,0 barobari;

2,06 balldan 3,05 ballgacha 2,5 barobari;

3,06 balldan 4,05 ballgacha3,0 barobari.

Eslatib oʻtaman, koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlarga belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) beriladi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
14.6K views10:33
Ochish/sharhlash
2021-09-29 11:17:06 Rasman: super kontraktning minimal miqdorlari belgilandi

56,7 balldan yuqori ball toʻplagan
va kirish balliga 4.05 ball yetmay qolganlar oddiy kontraktning necha baravarini toʻlashlari haqida ushbu faylda maʼlumot olishingiz mumkin.

Hisoblash uchun https://t.me/Abituriyentlar/938
ushbu oddiy kontrakt narxlariga necha barobar boʻlsa koʻpaytirib hisoblang.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
15.3K viewsedited  08:17
Ochish/sharhlash