Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi abituriyentlar — Abituriyentlar | Rasmiy kanal A
Telegram kanalining logotibi abituriyentlar — Abituriyentlar | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @abituriyentlar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 18
Kanalning ta’rifi

Abituriyentlar.uz
https://youtube.com/c/ORIFBEKUZAbituriyentlar

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 11

2021-12-15 12:29:38 DTMda ishlashni istaysizmi ?

Davlat test markazi umumta’lim fanlaridan test topshiriqlarini shakllantirish uchun quyidagi umumta’lim fanlari bo‘yicha (o‘zbek va rus tillarida) oliy ma’lumotga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarni hamkorlik asosida ishga taklif qiladi.

Mutaxassislar:

ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq, tojik, qozoq, qirg‘iz, turkman) tili va adabiyot;
ingliz tili;
nemis tili;
fransuz tili;
fizika;
matematika;
kimyo;
biologiya;
tarix;
geografiya;
huquqshunoslik fanlari bo‘yicha ishga taklif qilinadi.

Talabgorlarga qo‘yiladigan talablar:

mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik tajribaga ega bo‘lish;
ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar (“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlar, amaldagi darsliklar) bilan ishlay olish;
test topshiriqlarining turlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
mutaxassislik fanidan test topshiriqlarini shakllantirish va ekspertiza qila olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish.

Talabgorlardan o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (obyektivka)ni telefon raqamlarini ko‘rsatgan holda maxsus_fan@dtm.uz elektron pochta manziliga yuborishlari so‘raladi.

Hujjatlar 2022-yil 10-yanvarga qadar qabul qilinadi.

Ishga qabul qilingan mutaxassislar uchun Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan “Bilimlarni baholash testlarini ishlab chiqish nazariyasi va amaliyoti” bo‘yicha 36 soatga mo‘ljallangan malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
5.5K views09:29
Ochish/sharhlash
2021-12-13 01:18:57 ​​Endilikda IELTS sertifikati yo'qlar magistraturaga kirolmaydi - Shavkat Mirziyoyev. Kelgusi yildan boshlab magistratura va doktoranturaga kiruvchilarga chet tilini bilish xalqaro sertifikatiga ega bo‘lish talabi kiritiladi. Bu haqda Prezidentning bugungi…
4.9K viewsedited  22:18
Ochish/sharhlash
2021-12-13 01:14:08 ​​Endilikda IELTS sertifikati yo'qlar magistraturaga kirolmaydi - Shavkat Mirziyoyev.

Kelgusi yildan boshlab magistratura va doktoranturaga kiruvchilarga chet tilini bilish xalqaro sertifikatiga ega bo‘lish talabi kiritiladi. Bu haqda Prezidentning bugungi videoselektorda ma'lum qilindi.

yangi o‘quv yilidan boshlab, chet tili yo'nalishlarida OTMga qabul 2 baravarga ko'payadi, 16 mingtaga yetkaziladi, davlat granti esa 3 baravarga oshiriladi (4,5 mingta).

keyingi yildan davlat idoralariga ishga qabul qilish va yangi lavozimga tayinlashda xorijiy tilni bilish majburiy bo‘ladi.

hokimliklar 1-iyuldan boshlab, qishloq joylarida 5 tadan chet tillariga o‘qituvchi nodavlat o‘quv markazlarini tashkil etish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi, shu maqsadda qishloq joylarida bo‘sh bino ajratadi, kerakli jihozlar va adabiyotlar sotib olishga 50 million so‘mgacha bir martalik beg‘araz ko‘mak berishni yo‘lga qo‘yadi.

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
4.4K views22:14
Ochish/sharhlash
2021-12-11 13:56:07
#Tavsiya
Kitobxonlar diqqatiga!

Sizning kutubxonangiz endi telegramda, sizlarga @mille_uz kanalini tavsiya qilamiz.

Kanalda:
- siz izlagan barcha kitoblar
- kitoblarda keltirilgan ajoyib iqtiboslar
- kitob muhokamalari va ajoyib tanlovlar

Bundan tashqari istalgan kitobingizni buyurma qilishingiz mumkin.

Hoziroq kitobxonlar safiga qoʻshiling
https://t.me/+3hs2u1SLIX81NWMy
5.9K views10:56
Ochish/sharhlash
2021-12-10 17:34:47
IELTSdan kamida 7 ball olgan yoshlarga imtihon xarajati qoplab beriladi

Xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball to‘plagan yoshlarga xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. Bu haqda hukumat qarori qabul qilindi.

Buning uchun fuqaro imtihon topshirish paytida 31 yoshga to‘lmagan bo‘lishi kerak. Sertifikat haqiqiyligi tasdiqlangach, kompensatsiyani naqd yoki plastik karta orqali olish mumkin. Ariza DXM yoki portal orqali beriladi.

IELTS, TOEFL, GMAT, GRE va SAT bo‘yicha kompensatsiyalar 2021-yil 1-maydan boshlab to‘landi. Yana 13 ta imtihon tizimi bo‘yicha xarajatlar 2022-yil 1-yanvardan qoplanishni boshlaydi. Ro‘yxat va minimall ball – yuqoridagi suratda.

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube | Facebook
6.2K views14:34
Ochish/sharhlash
2021-12-10 14:13:40
Hindlarga qoyil qolmay iloj yo‘q, ilm-fanning qadriga yetadi!

Dunyoda katta IT firmalarning deyarli hammasi Hindlar tomonidan boshqariladi (Google, Microsoft, Intel, Nokia, Dell, AMD).

Biz ham to‘yga emas, farzandlarimizni o‘qitishga pul yig‘ib boshlashimiz kerak! Zero farzandingiz kelajagi uchun sarflangan sarmoya eng yaxshi sarmoyadir!

Dasturchi bo'lishni istaganlarni maktabimizda kutib qolamiz!

Manzil
: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko'chasi 129B
Mo'ljal: Shahriston metro

Ro'yxatdan o'tish:
Onlayn ro'yxatdan o'tish
+998555003700
5.7K views11:13
Ochish/sharhlash
2021-12-10 13:23:27 ​​Chet tili imtihoni 15-dekabrdan boshlanadi

Chet tilini bilish darajasini baholash
bo‘yicha dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari belgilandi.

Unga ko‘ra, test sinovining yozma qismi 15-16-dekabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 17-18-20-21-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va vaqtini my.dtm.uz sayti orqali “Milliy sertifikatlar” bo‘limining “Mening arizalarim” qismida bilishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari so‘raladi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
5.4K views10:23
Ochish/sharhlash
2021-12-09 06:31:02Hokim yordamchilari davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi

Hokim yordamchilari davlat oliy ta’lim muassasalarining iqtisodiy ta’lim yo‘nalishlariga davlat granti asosida qabul qilinadi

BATAFSIL: https://oliygoh.uz/post/hokim-yordamchisi

Oliygoh.uz telegram kanallari

O‘zbekcha | Русская | Grantlar
6.6K views03:31
Ochish/sharhlash
2021-12-08 14:05:56
Dunyoni o'zgartiring!

iOS dasturlash kursiga qabul boshlanmoqda!

Shubhasiz, O'zbekistonda iOS mobil dasturchi mutahasisslar soni juda kam. Talab esa yuqori. Sizda shu kam sonli iOS dasturchilar qatorida bo'lish imkoni mavjud!

Registan IT school dasturlash maktabida iOS dasturlash kursi mashg'ulotlari olib borilmoqda:

Dasturchi bo'lishni, darslarda qatnashishni istaganlarni maktabimizda kutib qolamiz!

Manzil
: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amir Temur ko'chasi 129B
Mo'ljal: Shahriston metro

Ro'yxatdan o'tish:
Onlayn ro'yxatdan o'tish
+998555003700
7.1K views11:05
Ochish/sharhlash
2021-12-05 08:00:26
Termiz muhandislik-texnologiya instituti tashkil etildi

Yangi OTM Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali negizida ochildi. Filial talabalari yangi institutda o‘qishini davom ettiradi.

Institutga keyingi yildan magistrlar qabuli, 2023/24-yilgi qabuldan tayanch doktorantlar qabuli bo‘ladi.

Avvalroq, Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali negizida Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti tashkil etilib, talabalar yangi OTMga o‘tkazilgan edi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEinSXEJA0mfKH4KnA

Abituriyentlar.uz | Rasmiy sahifalari:
Тelegram | Instagram | ВКонтакте | Youtube
9.6K views05:00
Ochish/sharhlash