Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent Talaba Oʻquvchi

Telegram kanalining logotibi abituriyent_talaba_oquvchi — Abituriyent Talaba Oʻquvchi A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_talaba_oquvchi — Abituriyent Talaba Oʻquvchi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.92K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim sohasida yuz berayotgan
🔻 Eng muhim yangiliklar
◾️ Dolzarb xabarlar;
◾️ Muammoli savollarga yuridik javoblar;
◾️ Kerakli ma'lumotlar;
◾️ Testlar va axborotnomalar.

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2021-01-30 09:00:08 2021-2022-o‘quv yilida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda?

2021-2022-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlar uchun qanday o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda?





Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFOe8IkWtWbkWy9VHg
9.3K views06:00
Ochish/sharhlash
2021-01-29 05:52:22 ​​2021-2022 o‘quv yilidan abituriyentlarga cheklanmagan tarzda ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati berilishi mumkin

O‘zA muxbiri Davlat test markazi direktori Majid Karimov bilan suhbatlashdi. Unda Majid Karimov keyingi o'quv yili uchun qabul jarayoniga mo'ljallangan yangiliklar haqida so'zlab o'tgan.

"Avvalo, 2021-2022 o‘quv yili qabulidagi test sinovlarida aytish kerakki, taklif tayyorlash bosqichi bo‘lsa ham, o‘zgarishlar bo‘ladi. Masalan:

birinchidan, oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqini yaratish, bunda to‘plagan ballari bilan tanlov bosqichida abituriyent avvalgidek 5 tagacha emas, balki test sinovi topshirgan fanlar majmui mos keladigan cheklanmagan miqdorda ta’lim yo‘nalishlarini tanlashi mumkin bo‘ladi va o‘qishga kirish imkoniyati keskin oshadi.
" - deya ta'kidlab o'tgan Majid Karimov.

DTM raxbari aynan shu yangilikni quyidagicha izohlagan:

"Ha, buning ham o‘ziga xos talablari bor. Avvalo aytish kerakki, 3 yil oldin, 2018-yilgacha abituriyentlar bor-yo‘g‘i faqat bitta ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin edi. 2019-yilda bu ko‘rsatkich 3 ta ni, 2020-yilda esa 5 tani tashkil etdi. Bunda avvalo “cheksiz tanlov” iborasi xohlagan ta’lim yo‘nalishini tanlashni anglatmaydi va bunday o‘zgarishni joriy etish uchun test sinovi topshiriladigan fanlarga, ularning ketma-ketligidan qat’i nazar, bir xil ball berilishi talab etiladi. Kengroq tushuntirilganda, “cheksiz tanlov” faqat test sinovi topshiriladigan fanlari bir xil bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlari doirasida amal qiladi."

Bundan tashqari suhbat davomida Majid Karimov, boshqa bir qancha yangiliklarga ham to'xtalib o'tgan.

Batafsil maqola: http://uza.uz/posts/237513

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFOe8IkWtWbkWy9VHg
9.4K views02:52
Ochish/sharhlash
2021-01-26 10:00:09 ​​Muddatli harbiy xizmatchilar uchun test sinovlari

Ertaga, 26-yanvar kuni Respublika Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga harbiy tavsiyanoma berish bo‘yicha test sinovlari boshlanadi.

Test sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 31-yanvarda 3215 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida tashkil etilmoqda.

Test sinovlari tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda har bir harbiy qismning o‘zida o‘tkaziladi.

Muddatli harbiy xizmatchilar uchun mo‘ljallangan test savollarining umumiy soni 100 ta bo‘lib, ularning 40 tasi – jangovar tayyorgarlik, 20 tasi – ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik, 10 tasi – matematika, 10 tasi – fizika fani bo‘yicha test savollaridan, shuningdek, qolgan 20 tasi esa mantiqiy test savollaridan iborat bo‘ladi.

Test sinovlari fevral oyi yakuniga qadar davom etadi.

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFOe8IkWtWbkWy9VHg
9.4K views07:00
Ochish/sharhlash
2021-01-25 10:00:11 ​​O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali tashkil etildi

Hukumat qarori (31-son, 22.01.2021 y.) bilan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining davlat ta’lim muassasasi shaklidagi Urganch filiali tashkil etildi.

Filial tarkibida “Lazgi” ijrochiligini yanada rivojlantirish bo‘limi ochildi.

Raqs san’ati bo‘yicha yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash Filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, “Lazgi” ijro yo‘li namunalari “Oltin fondi”ni yaratish “Lazgi” bo‘limining asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

Qarorga ko‘ra, Filial huzurida quyidagilar tashkil etiladi:

“Lazgi”ning yaratilish tarixi va rivojlanish davrini qamrab olgan doimiy ekspozisiya;
“Lazgi” ijro yo‘lida yaratilgan ijod namunalarining fonotekasi;
“Lazgi”ga oid liboslar namunalari galereyasi, ko‘rgazmalar zali hamda artistik kafesi;
“Lazgi” bolalar havaskorlik teatr-studiyasi.

Filialda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

Filialga talabalarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul ko‘rsatkichlari har yili OTMga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.



Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFJCe7BsP6DwedJ4zg
16.0K views07:00
Ochish/sharhlash
2021-01-23 05:47:42 ​​ «Kvotaboz» – o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi faoliyatini tugatish taklif qilindi

Senatning Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining ekspertlar ishtirokidagi yig‘ilishida shu haqda so‘z borgan.

Senator Odil Iminov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasini keskin tanqid qilib, uning faoliyatini tugatish taklifi bilan chiqdi.

«Biz Davlat qabul komissiyasiga 2 oy avval xat yozdik. Lekin ulardan haligacha javob yo‘q. Yo‘q. Shunchaki javob yo‘q. Senatning xatiga javob yo‘q.

Buni tugatish kerak. Qabulni to‘liq universitetlarning o‘ziga berish kerak. Keyin universitetlar rektorlari ta'lim jarayoni va sifatiga o‘z boshi bilan javob bersin. Dekanlar esa ta'lim tarbiya uchun javob bersin.

Nega bu ishlarni Vazirlar Mahkamasida o‘tirgan chinovnik hal qilishi kerak? O‘quv dasturlarini ham hamma universitet o‘zi qilsin.

Davlat qabul komissiyasi deganining o‘zi tagi yo‘q organ-ku. Nima keragi bor buning?», – deya yig‘ilganlarga savol bilan murojaat qilgan Odil Iminov.

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFOe8IkWtWbkWy9VHg
9.8K views02:47
Ochish/sharhlash
2021-01-15 15:43:59
Rasman: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi farmoni bilan Abduqodir Hamidovich Toshqulov O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga tayinlandi.

Yangi tayinlangan vazir haqida shu kunga qadar yaxshi gaplar eshitganmiz. Ayniqsa, Termiz davlat universitetining talabalari universitetda ancha o'zgarishlar bo'lgani haqida aytishmoqda.

O'ylaymizki, yangi vazir oliy ta'lim tizimini isloh qiladi, oliy ta'limga toza havo kiradi, adolat bilan ish tutishidan umidvormiz.


Oʻzbekiston Milliy universitetining rektori Avaz Rahimovich Marahimov Termiz davlat universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

Shu kunga qadar oliy va oʻrta maxsus ta'lim vaziri lavozimida ishlagan Inomjon O'rishevich Majidov O‘zbekiston Milliy universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFOe8IkWtWbkWy9VHg
10.1K views12:43
Ochish/sharhlash
2021-01-15 14:00:18
TEAM universitetining talabasi bo’lmoqchimisiz?
Imkoniyatni boy bermang!


Ajoyib taklif: o'qishni shu qishda boshlang va 2021 yil Sentabrda ikkinchi kurs talabasiga aylaning.

TEAM Universiteti bu:
yuqori malakali o'qituvchilar bilan zamonaviy kampusda ta’lim olish;
amaliy darslar va o'z biznesingizni ishga tushirish imkoniyati;
London South Bank University dan bakalavr darajasi;


* o’qish Ingliz tilida bo’lib o’tadi, kirish uchun Ingliz tilini tasdiqlovchi sertifikat bo’lishi shart!

Batafsil: www.teamuni.uz
Telegram: t.me/TEAMuniversityuz
Ma’lumot uchun shaklni to’ldiring

https://forms.gle/vgUai5ZY9gznPeQx9

+998712002060
+998712023031
10.0K views11:00
Ochish/sharhlash
2021-01-15 05:45:27
Xorijiy davlatlardan oʻqishni koʻchirish bekor qilinadimi?

Oʻrinli savol:
Hozirda minglab abituriyent yurtdoshlarimiz qoʻshni Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston Respublikalariga 1000$ gacha kontrakt toʻlab imtixonsiz oʻqishga kirib ketishmoqda. Achinarlisi, baʼzilari xatto qaysi oliygohni qaysi yoʻnalishiga kirganini xam bilmaydi. Maqsad bitta: Nima qilib boʻlsada perevod qilib Oʻzbekiston oliygohlariga kirish.

Vazirlik bu savolga qanday javob berdi? Joriy yilda qanday yangiliklar amalga oshiriladi?

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFOe8IkWtWbkWy9VHg
8.2K views02:45
Ochish/sharhlash
2021-01-14 06:22:12 ​​ 20-yanvar – 1-kurslar uchun kontrakt to'lash va talabalikka qabul qilishni rasmiylashtirishning so'nggi kuni

Eslatib o‘tamiz, ko‘pchilik abituriyentlar va ularning ota-onalari hamda OTMlar rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, OTMlar bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt (shu jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt) asosida talabalikka tavsiya etilgan hamda xorijiy fuqaro sifatida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2021-yil 20-yanvari etib belgilangan.

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFOe8IkWtWbkWy9VHg
10.1K views03:22
Ochish/sharhlash
2021-01-14 06:16:01Yana bir xorijiy OTM filiali tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori (PQ–4942, 12.01.2021) bilan Toshkent shahrida “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali tashkil etildi.

Filialda sharq tillari filologiyasi, mamlakatshunoslik va xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti, biotibbiyot, aniq fanlar kabi yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Filial ta’lim faoliyatini 2021/2022-o‘quv yilidan boshlaydi.

Ta’lim jarayoni rus tilida, keyinchalik boshqa tillarda ham olib boriladi.

Filialga talabalarni o‘qishga qabul qilish davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur filial bilan respublikadagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari soni 25 taga, jami oliy ta’lim muassasalari soni esa 130 taga yetdi (harbiy va diniy OTMlardan tashqari)

otm_info

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFOe8IkWtWbkWy9VHg
10.1K views03:16
Ochish/sharhlash