Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent Talaba Oʻquvchi

Telegram kanalining logotibi abituriyent_talaba_oquvchi — Abituriyent Talaba Oʻquvchi A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_talaba_oquvchi — Abituriyent Talaba Oʻquvchi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.92K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim sohasida yuz berayotgan
🔻 Eng muhim yangiliklar
◾️ Dolzarb xabarlar;
◾️ Muammoli savollarga yuridik javoblar;
◾️ Kerakli ma'lumotlar;
◾️ Testlar va axborotnomalar.

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2021-07-04 19:13:18 #Qabul2021 #Kvota
Sirtqi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil
https://t.me/joinchat/5fNQ8oyKtrM0M2Ey
8.0K views16:13
Ochish/sharhlash
2021-07-04 19:13:18 #Qabul2021 #Kvota
Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2021-2022-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil
https://t.me/joinchat/5fNQ8oyKtrM0M2Ey
6.1K views16:13
Ochish/sharhlash
2021-07-04 19:13:18 #Qabul2021
Maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Tasdiqlangan maqsadli qabul parametrlari va davlat buyurtmasi parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti Davlat test markazining my.dtm.uz saytiga joylashtirildi.

Endilikda abituriyentlar my.dtm.uz saytining “Qabul-2021” bo‘limi orqali fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin.

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish joriy yilning 22-iyuliga qadar (22-iyul kuni ham) davom etadi.

Mazkur muddat davomida abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

Batafsil
https://t.me/joinchat/5fNQ8oyKtrM0M2Ey
4.8K views16:13
Ochish/sharhlash
2021-07-04 06:56:05
Arizalar JIDU Qabul komissiyasi tomonidan 2021 yil 15 iyundan 5 iyulgacha qabul qilinadi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga 2021-2022 o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga kirishda dastlabki imtihonni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida maʼlumot Abituriyentlarning hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga qabul qilishning boshlanishi 2021 yil 15 iyundan onlayn ariza orqali amalga oshiriladi.

Abituriyent ariza shaklini onlayn tarzda to‘ldirib hujjatlarni topshirish uchun, unga zarur hujjatlar nusxasini ilova tarzida biriktirib yuklashi lozim.

Manba: abtuz

Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil
https://t.me/joinchat/5fNQ8oyKtrM0M2Ey
5.7K views03:56
Ochish/sharhlash
2021-07-02 10:30:11
Tanlov ustuvorligini belgilash qanday boʻladi !

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori bilan abituriyentlarga roʻyxatdan oʻtishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilash imkoniyati yaratildi.

Davlat grantini tanlasa - tanlagan barcha taʼlim yoʻnalishlarida dastlab davlat granti, soʻngra toʻlov-kontrakt asosida

Davlat granti va toʻlov-kontraktni tanlasa - oldingi yillardagi kabi har bir taʼlim yoʻnalishida davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Tanlov abituriyent tanlagan taʼlim yoʻnalishlarining qatʼiy ketma-ketligi boʻyicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va toʻlov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

Keyinchalik muammo boʻlmasligi uchun ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli boʻlishingiz shart!

Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil
https://t.me/joinchat/5fNQ8oyKtrM0M2Ey
10.8K views07:30
Ochish/sharhlash
2021-02-12 15:34:38 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimida «Patentshunoslik» bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4965-son qarori tasdiqlangan. Qarorga muvofiq:

2021-2022 o‘quv yilidan boshlab Oliy ta’lim tizimida «Patentshunoslik» (bakalavr) yo‘nalishini tashkil etish hamda Intellektual mulk agentligi, Fanlar akademiyasi, OTM va ishlab chiqarish korxonalari uchun bugungi kunda o‘ta zarur bo‘lgan intellektual mulk sohasidagi kadrlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish;

bunda, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Akademiyasi va sohada ilg‘or bo‘lgan xorijiy davlatlarning patentshunoslar hamda patent vakillarini tayyorlash bo‘yicha tajribasi va o‘quv dasturlarini inobatga olish vazifalari belgilangan.

otm_info


Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFOe8IkWtWbkWy9VHg
9.3K views12:34
Ochish/sharhlash
2021-02-11 05:48:33 ​​Qabul–2021: Abituriyentlarni qanday yangiliklar kutyapti?

2021 yilda O‘zbekistondagi OTMlar bakalavriatiga 1,6 million abituriyent hujjat topshirishi taxmin qilinmoqda. DTM boshqarma boshlig‘i abituriyentlarni qiziqtirayotgan savollarga javob berdi.

Davlat test markazi Test sinovlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Farhod Mirzayev xpress.uz'ga bergan intervyusida OTMlar bakalavriatiga kirish imtihonlari yuzasidan qator savollarga javob berdi.

Bu yil 5ta fandan imtihon olish rejalashtirilmoqda
Bu yil kirish imtihonlari 5ta fandan o‘tkaziladi. Prezident qarorida kirish imtihonlari 2ta mutaxassislik va 3ta majburiy fanlardan o‘tkazilishi belgilangan.

O‘tgan yili pandemiya sharoiti hisobga olinib, istisno tariqasida imtihonlar 2ta fanga qisqartirilgan edi.

Tanlov imkoni cheklanmasligi mumkin
DTM yuqori tashkilotlarga kirish imtihonlarida abituriyentlarning istalgancha ta'lim yo‘nalishlarini tanlash imkonini berish to‘g‘risida taklif kiritgan. Agar taklif qabul qilinsa, abituriyentlar oldingi yilgidek 5ta yo‘nalishni emas, o‘z fanlariga mos 20 yoki 25ta yo‘nalishni tanlashi mumkin bo‘ladi.

Hozir yo‘nalishlar cheklangani uchun yuqori ball to‘playdigan abituriyentlarning imkoniyati ba'zida cheklanishi mumkin. Tanlov cheklanmaydigan bo‘lsa, bilimli yoshlarning talaba bo‘lish imkoni yana oshadi.

Bu yil savollar o‘tgan yilgidek oson bo‘lmaydi
Kirish imtihonlarida mantiqiy savollar soni ko‘paytiriladi. Hozirgacha shu turdagi savollar tuzilib, ularning aprobatsiyasi ham o‘tkazilmoqda. Bunday savollar matematika, tarix, biologiya, kimyo kabi fanlarda ko‘p bo‘ladi.

O‘tgan yili pandemiya sharoiti bo‘lgani uchun abituriyentlarning imkoniyatlari hisobga olinib, to‘rtinchi qiyinlik darajasidagi savollar olib tashlangan edi. Bu yil unday bo‘lmaydi. To‘rtinchi qiyinlik darajasi o‘rniga mantiqiy savollar tuziladi.

Turli fanlardan olingan sertifikatlar abituriyentga maksimal ball berilmaydi
Ayni paytda ona tili, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikat olish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari boshlangan. Oldindan imtihon topshirib, sertifikat olgan abituriyentlarga ular to‘plagan foizdan kelib chiqib, kirish imtihonida ball beriladi.

Abituriyentda 2ta tanlov bo‘ladi: xohlasa, sertifikat olishda yig‘gan ball foiziga qarab tegishli ballga ega bo‘lishi yoki sertifikati bo‘lsa ham, o‘z xohishiga ko‘ra imtihonda test ishlab ball to‘plashi mumkin.

Demak, bu yilgi kirish imtihonlarigacha 5ta fandan: matematika, ona tili, kimyo, biologiya va ingliz tilidan sertifikat olib, oldindan ballga ega bo‘lish mumkin.

Kirish imtihonlari bu yil ham ochiq havoda o‘tkazilishi mumkin
DTM imtihonlarni ochiq havoda o‘tkazish variantini ham, yopiq binolarda o‘tkazish variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Imtihon vaqti mavjud epidemiologik vaziyat hisobga olinadi va agar vaziyat taqazo qilsa, imtihonlar ochiq havoda o‘tkazilishi ham mumkin.

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFOe8IkWtWbkWy9VHg
9.4K views02:48
Ochish/sharhlash
2021-02-09 10:23:43
Ta'lim inspeksiyasi rahbari home-schooling tizimi joriy qilinishi haqida ma'lumot berdi

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFOe8IkWtWbkWy9VHg
9.4K views07:23
Ochish/sharhlash
2021-02-03 16:00:12
2021 yil uchun tayanch doktorantlar o‘rtasidagi Prezident stipendiyasi g‘oliblari aniqlandi

2021 yil uchun tayanch doktorantlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari sohiblari aniqlandi.

Tayanch doktorantlar o‘rtasida 4 ta yo‘nalishda g‘oliblar nomi ma’lum bo‘ldi:

Farangiz Zaynobiddinova, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti – Ijtimoiy-gumanitar fanlar, iqtisodiyot va huquq yo‘nalishi;

Ilhom Abdurahmonov, Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti – Qishloq va suv xo‘jaligi yo‘nalishi;

Iroda Shermatova, Toshkent farmasevtika instituti – sog‘liqni saqlash, sport va ekologiya yo‘nalishi;

Alisher Berdiyev, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – Tabiiy fanlar, axborot texnologiyalari va boshqaruv yo‘nalishi.

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFOe8IkWtWbkWy9VHg
9.3K views13:00
Ochish/sharhlash
2021-02-03 15:00:10
DIQQAT SUPER YANGILIK!
TELEX VIZA

SKY STUDY IN KOREA
kompaniyasi siz aziz yoshlar uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi!
Janubiy Koreaning eng nufuzli universtitetlari talabasi bo'ling
Bizning kompaniya bilan shartnoma qilsangiz
Hujjatlar firma tomonidan tayyorlab beriladi
Bepul konsultatsiya
Immigratsiya tomonidan bo'ladigan suhbat uchun tayyorlov kurslari
Haftada bepul Janubiy Korea haqida online darslar
kabi xizmatlar taqdim etiladi!
Eslatma: TOPIK yoki IELTS sertifikati shart emas!

Murojaat uchun:
Toshkent:
+998906282233
Namangan:+998912972233
Andijon: +998913988998
Farg'ona: +998999838898

INSTAGRAM | TELEGRAM
9.3K views12:00
Ochish/sharhlash