Get Mystery Box with random crypto!

​​O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch fili | Abituriyent Talaba Oʻquvchi

​​O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali tashkil etildi

Hukumat qarori (31-son, 22.01.2021 y.) bilan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining davlat ta’lim muassasasi shaklidagi Urganch filiali tashkil etildi.

Filial tarkibida “Lazgi” ijrochiligini yanada rivojlantirish bo‘limi ochildi.

Raqs san’ati bo‘yicha yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash Filialning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, “Lazgi” ijro yo‘li namunalari “Oltin fondi”ni yaratish “Lazgi” bo‘limining asosiy vazifalaridan etib belgilandi.

Qarorga ko‘ra, Filial huzurida quyidagilar tashkil etiladi:

“Lazgi”ning yaratilish tarixi va rivojlanish davrini qamrab olgan doimiy ekspozisiya;
“Lazgi” ijro yo‘lida yaratilgan ijod namunalarining fonotekasi;
“Lazgi”ga oid liboslar namunalari galereyasi, ko‘rgazmalar zali hamda artistik kafesi;
“Lazgi” bolalar havaskorlik teatr-studiyasi.

Filialda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

Filialga talabalarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul ko‘rsatkichlari har yili OTMga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.



Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFJCe7BsP6DwedJ4zg