Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent Talaba Oʻquvchi

Telegram kanalining logotibi abituriyent_talaba_oquvchi — Abituriyent Talaba Oʻquvchi A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_talaba_oquvchi — Abituriyent Talaba Oʻquvchi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.92K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim sohasida yuz berayotgan
🔻 Eng muhim yangiliklar
◾️ Dolzarb xabarlar;
◾️ Muammoli savollarga yuridik javoblar;
◾️ Kerakli ma'lumotlar;
◾️ Testlar va axborotnomalar.

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2021-01-11 05:53:38 ​​#Tarqating
Joriy yilgi DTM test savollari qaysi darsliklar asosida tuziladi?

Qaysi darsliklarni oʻqiyapsiz? DTM tomonidan abituriyentlar uchun 2021-2022 oʻquv yilida tavsiya etilgan darsliklar roʻyxati rasman tasdiqladi.

Ona tili va adabiyoti
Qoraqalpoq tili va adabiyoti
Rus tili va adabiyoti
Fransuz tili
Ingliz tili
Nemis tili
Biologiya (ruscha)
Biologiya (oʻzbekcha)
Fizika (ruscha)
Fizika (oʻzbekcha)
Geografiya (ruscha)
Geografiya (oʻzbekcha)
Kimyo (ruscha)
Kimyo (oʻzbekcha)
Matematika (ruscha)
Matematika (oʻzbekcha)
Tarix (ruscha)
Tarix (oʻzbekcha)


Marhamat, oʻzingizga kerakli fan ustiga bosing va tavsiya etilgan darsliklar roʻyxatini yuklab oling!

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFOe8IkWtWbkWy9VHg
10.2K views02:53
Ochish/sharhlash
2021-01-10 07:00:21
11-yanvardan barcha oliy ta'lim muassasalarida an'anaviy ta'lim jarayonlari boshlanishi haqida Bosh vaziri o'rinbosari, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri hamda Respublika oliy ta'lim kengashi raisi tomonidan imzolangan qaror.

masofatalim

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFOe8IkWtWbkWy9VHg
10.1K views04:00
Ochish/sharhlash
2021-01-08 06:10:57 Stipendiya oshdi, lekin kontraktlar oshmas ekan. Buning tartibi qanday bo‘ladi?

1 fevraldan ish haqi va stipendiyalar oshishi ma’lum qilingan edi. Qoidaga ko‘ra, OTMlarning to‘lov-kontrakt narxlari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorlariga bog‘langan edi va har safar ish haqlari oshirilganda, kontrakt miqdorlari ham ko‘tarilardi
.

Ammo joriy yilda Hukumat pandemiya sabab aholining turmush darajasini hisobga olib, 2 marta yengillik berish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Birinchisi, to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10% chegirma berildi. Ikkinchisi, 1 fevraldan ish haqlari oshiriladigan taqdirda ham joriy o‘quv yili uchun kontraktlar miqdori oshmasligi belgilab qo‘yildi.

Bu talabalar va ularning ota-onalari uchun sezilarli darajada yaxshi qaror.

Endi hozirgi holatdan kelib chiqib, ayrim talabalarda savol paydo bo‘lmoqda, ya’ni stipendiya oshsayu, kontrakt oshmasa, buning tartibi qanday bo‘ladi?

Shu bo‘yicha o‘z fikrimni bildirib o‘tmoqchi edim. Demak, holat quyidagicha:


Davlat grantida o‘qiydiganlar uchun:

umumiy qoidaga ko‘ra, davlat grantida o‘qiydiganlarning barchasining bazaviy stipendiyasi 10%ga oshirilib, 42 ming 800 so‘m qo‘shiladi, ya’ni 470 ming 800 so‘m (avval 428 ming so‘m edi) etib belgilanadi;

agar davlat grantida o‘qiydigan talaba semestr yakunida barcha fanlardan «a’lo» (5) baho (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holda, ya’ni 564 ming 960 so‘m (avval 513 ming 600 so‘m edi) miqdorida stipendiya tayinlanadi.


Stipendiyali to‘lov-kontraktni tanlagan talabalar uchun:

ularning to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘sha-o‘sha saqlanib qoladi, o‘zgarmaydi;

umumiy qoidaga ko‘ra, agar talaba stipendiyali kontraktni tanlagan bo‘lsa, unda har oylik bazaviy 428 ming so‘m stipendiyani hisobga olib, kontraktiga qo‘shimcha 5 mln 136 ming so‘m to‘lagan. Shuning hisobiga ular 12 oy davomida bo‘lib-bo‘lib 428 ming so‘m stipendiya oladi. Ya’ni o‘zi to‘lagan pulni, o‘zi qaytarib oladi. Endi garchi 1 fevraldan stipendiyalarning bazaviy miqdori oshirilayotgan bo‘lsa-da, lekin mantiqan olganda stipendiyali to‘lov-kontraktni tanlagan talabalarning stipendiyasi oshirilmaydi. Chunki ular 428 ming so‘mga mo‘ljallab kontrakt to‘lagan;

bunday vaziyatda oshirilgan stipendiya olish uchun, ular kontraktiga qo‘shimcha to‘lov qilishiga to‘g‘ri keladi. Ya’ni fevraldan boshlab 7 oy uchun 42 ming 800 so‘mdan hisoblaganda jami 299 ming 600 so‘m qo‘shimcha to‘lov qilishi kerak. Ana shunda ular o‘quv yili oxirigacha oshirilgan stipendiya miqdorini — 470 ming 800 so‘mni olishi mumkin bo‘ladi;

agar stipendiyali to‘lov-kontraktni tanlagan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda bazaviy stipendiyaga nisbatan 20% ustama oladi. Mana shu 20% qo‘shimcha rag‘batlantirish 1 fevraldan oshiriladigan stipendiya miqdoridan hisoblanadi. Boshqacha aytganda talaba sessiyani “5”ga yopsa, stipendiyasiga qo‘shimcha 94 ming 160 so‘m rag‘batlantirish oladi. Buning uchun hech qanday qo‘shimcha to‘lov qilish shartmas, faqat sessiyani "5" bahoga yopsa kifoya.


Stipendiyasiz to‘lov-kontraktni tanlagan talabalar uchun:

ularning to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘sha-o‘sha saqlanib qoladi, o‘zgarmaydi;

agar stipendiyasiz to‘lov-kontraktni tanlagan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda 94 ming 160 so‘m (ilgari 85 ming 600 so‘m edi) stipendiya oladi. Demak, 10% ko‘tariladi. Buning uchun hech qanday qo‘shimcha to‘lov qilish shartmas;

qolgan hollarda stipendiyasiz kontraktni tanlaganlar uchun hech narsa o‘zgarmaydi, hozirgidek qoladi.

xushnudbek

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFOe8IkWtWbkWy9VHg
10.2K views03:10
Ochish/sharhlash
2021-01-03 07:00:04 ​​OTMlarda o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkaziladi

Hukumatning tegishli qarori (№824, 31.12.2020y) bilan, 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab respublika OTMlarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra:

OTMda 3 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda professor-o‘qituvchilar nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda stajirovka o‘taydi va malaka oshiradi.

OTMda 5 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda o‘qituvchilar nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarning doktorantura dasturlari asosida o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlar amalga oshiriladi.

OTMlarning akademik mustaqilligini yanada kengaytirish maqsadida 2021-yil 1-yanvardan boshlab:

OTMlar huzuridagi texnikumlarda o‘quv mashg‘ulotlarini olib borayotgan OTM professor- o‘qituvchilarining mehnatiga soatbay haq to‘lash OTM talabalariga dars o‘tganligi uchun mehnatga soatbay haq to‘lash miqdorlarida amalga oshiriladi;

ta’lim jarayonini tashkil etishda haftalik o‘quv kunlari OTMlar tomonidan mustaqil belgilanadi;

OTMlarda tashkil etiladigan yakuniy davlat attestasiya komissiyasi raislari tegishli OTM rektori (filial direktori)ning buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

Shuningdek, qaror bilan OTMlarda o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi hamda quyidagi sxema asosida bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilandi.


Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFJCe7BsP6DwedJ4zg
10.3K views04:00
Ochish/sharhlash
2020-12-31 07:08:57
Byudjet tashkilotlari xodimlarining oyligi va stipendiyalar 10%ga oshiriladi

O‘zbekiston prezidentining 30-dekabrdagi qarori bilan 1-fevraldan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda stipendiyalar miqdori 1,1 barobarga oshirildi.

2021-yil 1-fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:

mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 747 300 so‘m;

bazaviy hisoblash miqdori – 245 000 so‘m;

14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa, kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari qarorga berilgan ilovaga muvofiq belgilanishi ko‘rsatib o‘tildi.

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFOe8IkWtWbkWy9VHg
10.4K views04:08
Ochish/sharhlash
2020-12-25 15:39:41 #Rasmiy

Talabalar joriy yil 28-dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari uchun 2020-yil 28-dekabrdan 2021-yil 10-yanvargacha qishki ta’til etib belgilandi.

2021-yil 11-yanvar - o‘qishning birinchi kuni.

OO‘MTV Axborot xizmati


Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFOe8IkWtWbkWy9VHg
512 views12:39
Ochish/sharhlash
2020-12-17 16:11:09
Talaba «ZOOM» platformasi orqali mashg‘ulotlarda ishtirok etmasa-da, topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarsa, yuqori baho olishi mumkinmi?

«Bu bo‘yicha vazirlikning buyrug‘i qabul qilingan. «ZOOM» platformasi — tavsiyaviy. Talaba unda ishtirok etish imkoniga ega bo‘lmasa, o‘quv jarayoniga unchalik ta’sir qilmaydi. Eng asosiysi — berilgan topshiriqlarni bajarishi kifoya», — Alisher Abdullayev, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i
.

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFOe8IkWtWbkWy9VHg
7.4K views13:11
Ochish/sharhlash
2020-12-15 16:33:48 Talabalar joriy yil 28 dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik lisey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari uchun 2020 yil 28 dekabrdan 2021 yil 10 yanvargacha qishki ta’til etib belgilandi. 2021 yil 11 yanvar o‘qishning birinchi kuni hisoblanadi.

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFJCe7BsP6DwedJ4zg
9.7K viewsedited  13:33
Ochish/sharhlash
2020-12-14 11:13:01 ​​Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston OTM talabalariga akademik taʼtil quyidagi hollarda berilishi mumkin:

harbiy xizmatni o‘tash uchun;
salomatligini tiklash uchun;
homiladorlik va tug‘ish uchun;
bolalarni parvarish qilish uchun.

Akademik taʼtil o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

harbiy xizmatni o‘tash uchun – harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;
salomatligini tiklash uchun – 12 oy muddatga;
homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish uchun – homiladorlik va tug‘ish, shuningdek bolalarni parvarish qilish taʼtillari muddatiga.

Talabalarga o‘qish davomida 2 marta, (tibbiyot taʼlim muassasalari talabalariga 3 martagacha) akademik taʼtil berilishi mumkin.

1-kurs talabalariga akademik taʼtil faqat ularning kasalligi tufayli beriladi.

Akademik taʼtil davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.

Huquqiy axborot

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFOe8IkWtWbkWy9VHg
5.3K views08:13
Ochish/sharhlash
2020-12-13 11:13:01
Universitetlar uchun 1 Gbit/sekund tezlikdagi Internet tariflari chiqarildi

Bu haqda AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida «O‘zbektelekom» AK bosh direktori o‘rinbosari Alisher Zufarov ma’lum qildi:
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda universitetlarga 1 Gbit/s tezlikdagi tariflarni chiqardik. Narxlar hayratlanarli darajada arzonlashtirilgan. Hozirda deyarli barcha oliy ta’lim muassasalari ushbu tarifdan foydalanmoqda...

Batafsil maʼlumot
https://t.me/joinchat/AAAAAFOe8IkWtWbkWy9VHg
6.5K views08:13
Ochish/sharhlash