Tanlov ustuvorligini belgilash qanday boʻladi ! Oʻzbekiston | Abituriyent Talaba Oʻquvchi
Tanlov ustuvorligini belgilash qanday boʻladi !
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi PQ-5157-son qarori bilan abituriyentlarga roʻyxatdan oʻtishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilash imkoniyati yaratildi.
Davlat grantini tanlasa - tanlagan barcha taʼlim yoʻnalishlarida dastlab davlat granti, soʻngra toʻlov-kontrakt asosida
Davlat granti va toʻlov-kontraktni tanlasa - oldingi yillardagi kabi har bir taʼlim yoʻnalishida davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
Tanlov abituriyent tanlagan taʼlim yoʻnalishlarining qatʼiy ketma-ketligi boʻyicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va toʻlov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.
Keyinchalik muammo boʻlmasligi uchun ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli boʻlishingiz shart!
Ta'lim sohasida yuz berayotgan. 🔻 Eng muhim yangiliklar. ◾️ Dolzarb xabarlar;. ◾️ Muammoli savollarga yuridik javoblar;. ◾️ Kerakli ma'lumotlar;. ◾️ Testlar va axborotnomalar....