Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent | Dtm.uz

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuz_maktab_imtihon — Abituriyent | Dtm.uz A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuz_maktab_imtihon — Abituriyent | Dtm.uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 91.33K
Kanalning ta’rifi

Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring!
⚡Abituriyentlar hayoti haqida tezkor xabarlar.
📣Xorijdagi ta'lim va ta'lim yangiliklari
Admin:👉 @Murodaliuz
.
.
➪ Reklama:👉 @Rek_info

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2021-07-25 11:00:07
#Ана_холос

Ҳоззиргина йиғилишда имзоланган қарор оқибатида абитуриентлар...!

П/С:Барча Абитуриент буни билиши шарт!
9.9K views𝐒𝐡𝐚𝐡𝐳𝐨𝐝 𝐒𝐚𝐧𝐨𝐪𝐮𝐥𝐨𝐯, 08:00
Ochish/sharhlash
2021-07-25 09:20:13
#motivatsiya

Mutlaqo to'g'ri gaplar!

Ukalar, singilar, hali endi o'qishga kirish oldida turgan abituriyentlarga maslahat bergan bo'lardik: "Pulni orqasidan quvmang, o'zingiz qilayotgan ishga mehr bering, izlaning, mutaxassis bo'ling, pulni o'zi qidirib keladi. U qanday soha bo'lishidan qat'iy nazar!

To'g'ri milliarder qilmas, lekin sizga yetarlicha keladi!


@Abituriyentsuz
12.0K views𝐒𝐡𝐚𝐡𝐳𝐨𝐝 𝐒𝐚𝐧𝐨𝐪𝐮𝐥𝐨𝐯, 06:20
Ochish/sharhlash
2021-07-24 17:30:14
Rasman! Kirish imtihonlari karantin sabab sentyabr oyiga qoldiriladigan boʻldi!

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga koʻra, ochiq va yopiq hududlarda ommaviy tadbirlar oʻtkazilishining toʻxtatilishi munosabati bilan ...

Batafsil maʼlumot olish uchun: https://abt.uz/blog/rasman-kirish-imtihonlari-karantin-sabab-sentyabr-oyiga-qoldiriladigan-boldi

@Abituriyentsuz
16.1K views𝐒𝐡𝐚𝐡𝐳𝐨𝐝 𝐒𝐚𝐧𝐨𝐪𝐮𝐥𝐨𝐯, edited  14:30
Ochish/sharhlash
2021-07-24 16:00:13
Kirish imtihonlariga ham oz qoldi. Prezident maktablaridan keyin DTM imtihonlari boshlanishi kutilmoqda!

Ayni vaqtda ochiq maydonlarda Prezident maktablariga kirish imtihonlari oldi tanishtiruv-maslahat kuni davom etmoqda. Ushbu tanishtiruv kuni to‘liq karantin qoidalariga amal qilgan holda o‘tkazilmoqda.

Mazkur hududlarga kameralar, elektron tablo soatlar o‘rnatilgan, o‘quvchilar maxsus Face ID tekshiruvi asosida kiritilib, ularning ham karantin qoidalariga amal qilgan holda harakatlanishi ta’minlanmoqda.

Ayni vaqtda DTM Qabul-2021 yakuniy statistik ma’lumotlarni oshkor etishni istamayapti. Biologiya milliy sertifikat natijalari ham qulog‘ini ushlab ketgan.

@Abituriyentsuz
11.8K views𝐒𝐡𝐚𝐡𝐳𝐨𝐝 𝐒𝐚𝐧𝐨𝐪𝐮𝐥𝐨𝐯, 13:00
Ochish/sharhlash
2021-07-24 13:33:01
Bu sukunat ortida nimadir bor!

Qabul tugaganiga 2 kundan oshdi ammo yakuniy natijalar e'lon qilinmadi. Davlat test markazi ijtimoiy tarmoqlari sukut saqlamoqda. Islohotlar davri tugadimi nima? Qani tezkorlik, qani shaffoflik?

Ba'zi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining aytishicha, serverlarga ortiqcha yuklama tushgani ortidan abituriyentlarning ma'lumotlariga nimadir bo'lgan! Ro'yxatdan o'tishni boshidan boshlaymizmi?

Buni aniqlshtirishning imkoni bo'lmadi. DTM call center (1195) qo'ng'iroqlarga javob bermayapti.

Davlat test markazidan yakuniy statistik ma'lumotlar berilishini talab qilamiz, bo'lmasa aholi orasida turli xil noto'g'ri ma'lumotlar ortib boraveradi.

@Abituriyentsuz
12.0K views𝐒𝐡𝐚𝐡𝐳𝐨𝐝 𝐒𝐚𝐧𝐨𝐪𝐮𝐥𝐨𝐯, 10:33
Ochish/sharhlash
2021-07-24 11:28:02 ​​​​ Siz davlat Grandi Asosida o'qishga qabul qilindingiz.

Sabr qiling deyishdi sabr qilyapmiz
O'ylayverib o'zimizga jabr qilyapmiz
Tushlarimiz folbin kabi taʼbir qilyapmiz
Biz ham bir quvonchga to'laylikda
O'qishga grand asosida kiraylida

Bu DTM qo'ydiku ko'p o'ylatib
Testlarni ham belgiladik qoyillatib
Ota onamiz baxtdan voy... voyillatib
Ko'zlarida quvonchini ko'raylikda
O'qishga grant asosida kiraylikda.....

Niyatimiz Oliy unvon olish xalos
Va albatta yaxshi inson bo'lish halos
Menga esa poytaxtda qolish xalos
Biz ham bir kerilib yuraylikda
O'qishga grant asosida kiraylida.....

Ag'darilsin yelkadagi baland tog'lar
O'chib ketsin ko'ngildagi turli dog'lar
Bizni kutar baland bino, so'lim bog'lar
Biz ham to'yib to'yib uxlaylikda
O'qishga grant asosida kiraylida.....

Bir yil kutdik ikki uch yil oz emas
Bizga grantdan pastrog'i soz emas
Bizchalik hech kim ishqiboz emas
Bilim bilan davlatimiz qo'llaylikda
O'qishga grant asosida kiraylikda.....

Quloq tutsin Xudo bizning nomamizga
Nasib qilsin talabalik hammamizga
Maqtanaylik tog'a xola ammamizga
O'lsak ham talaba bo'lib o'laylikda
O'qishga grand asosida kiraylikda...

Yaxshi niyat yaxshi bo'lsa amalga oshar
Erta bilmam kimga qanday taqdir shoshar
Lekin biling egilmasin mag'rur boshlar
Kantrak bo'lsa bo'lsin to'laylikda
Bo'lmasa grand asosida kiraylikda....

Sabir qiling deyishibdi sabr qiling
Sizga shubha qilganlarga jabr qiling
Tushingizni faqat yaxshi taʼbir qiling
Duo qiling duo qiling duo qiling
Hammamiz quvonchga to'laylikda
O'qishga grand asosida kiraylikda
...

#dtmuzb7

@Abituriyentsuz
13.7K views𝐒𝐡𝐚𝐡𝐳𝐨𝐝 𝐒𝐚𝐧𝐨𝐪𝐮𝐥𝐨𝐯, 08:28
Ochish/sharhlash
2021-07-24 08:35:35
Rasman! Yangi O‘zbekiston universiteti kontrakt summasi hozircha tasdiqlanmagan. Undan ham qimmat bo‘lishi mumkin!

Yaqinda Yangi O‘zbekiston universiteti kontrakt summasi e’lon qilingandi. Universitet kontrakt narxi 1 yilda mahalliy talabalarga 49 mln 700 ming so‘m, xorijiy talabalarga 10 ming dollar etib belgilangan.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova bu raqamlar tasdiqlanmaganini aytdi. Unga ko‘ra, saytda berilgan ma’lumot to‘g‘ri emas.

«Hisob-kitob bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdori balki undan ham qimmat bo‘lishi mumkin. Chunki Yangi O‘zbekiston universitetiga top darajadagi oliygohlar ishlatadigan dastur kelyapti. Kontrakt miqdori aytilgan summadan ham balandroq bo‘lishi mumkin, balki pastroq bo‘lar, aniq emas», dedi Hilola Umarova 23 iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

@Abituriyentsuz
12.9K views𝐒𝐡𝐚𝐡𝐳𝐨𝐝 𝐒𝐚𝐧𝐨𝐪𝐮𝐥𝐨𝐯, 05:35
Ochish/sharhlash
2021-07-23 17:30:11
​​ Rasman! Yuridik texnikumlarga qabul 1 avgustdan boshlanadi.

Joriy yilda respublikadagi 14 ta yuridik texnikumlarga jami 3180 ta o‘quvchi qabul qilinadi. Shundan kunduzgi ta’lim shakliga 1950 ta va sirtqiga 1230 ta o‘rin ajratilgan.

Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligi yuridik texnikumlari va TDYuU huzuridagi akademik liseyni bitirib, yakka tartibdagi suhbat natijalariga ko‘ra Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirgan bitiruvchilar ham grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

@Abituriyentsuz
16.6K views𝐒𝐡𝐚𝐡𝐳𝐨𝐝 𝐒𝐚𝐧𝐨𝐪𝐮𝐥𝐨𝐯, 14:30
Ochish/sharhlash
2021-07-23 16:58:02
KERAKLI INTERNET PAKETLARNI TANLANG VA SAQLAB OLING!

Yangi oy uchun paketlarni harid qiling va mavjud paketlaringizni muddatini uzaytiring
Katta hajmdagi paketni 30 kunda tugata olmasangiz qayta istalgan paketni harid qiling va muddatingiz takror 1 oyga cho‘ziladi.
Ushbu kodlar O'zbekistonning barcha hududlarida amal qiladi!
Eslatma: Hisobingizda to'plam narxidan kamida 1000 so'm ko'proq bo'lishi kerak.

Mobil USSD yordamchi dasturni o'rnatib oling va bonuslarga ega bo'ling.

Telegramdan yuklab olish

Google Playdan yuklab olish

Yangiliklarimiz:
@uzmobile_beeline_ucell_mobiuz @tarjimon_uz_bot
6.5K viewsMustafo, 13:58
Ochish/sharhlash
2021-07-23 16:00:10
Ibn Sino hayratda!

5.000 dollarga "Qozog‘istonda 1 yil o‘qidi" degan xujjat rasmiylashtirib, Samarqand tibbiyot institutiga perevod qilib bermoqchi bo‘lganganlar ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.T. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, unga Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahrida joylashgan tibbiyot institutining 1-bosqichini tamomlaganligi to‘g‘risida hujjatlarni rasmiylashtirib berib, keyinchalik o‘qishini tanishlari orqali Samarqand Davlat tibbiyot institutiga ko‘chirtirib berish evaziga 5 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

@Abituriyentsuz
11.6K views𝐒𝐡𝐚𝐡𝐳𝐨𝐝 𝐒𝐚𝐧𝐨𝐪𝐮𝐥𝐨𝐯, 13:00
Ochish/sharhlash