Get Mystery Box with random crypto!

Rasman! Yangi O‘zbekiston universiteti kontrakt summasi hozirc | Abituriyent | Dtm.uz

Rasman! Yangi O‘zbekiston universiteti kontrakt summasi hozircha tasdiqlanmagan. Undan ham qimmat bo‘lishi mumkin!

Yaqinda Yangi O‘zbekiston universiteti kontrakt summasi e’lon qilingandi. Universitet kontrakt narxi 1 yilda mahalliy talabalarga 49 mln 700 ming so‘m, xorijiy talabalarga 10 ming dollar etib belgilangan.

Prezident ta’lim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova bu raqamlar tasdiqlanmaganini aytdi. Unga ko‘ra, saytda berilgan ma’lumot to‘g‘ri emas.

«Hisob-kitob bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdori balki undan ham qimmat bo‘lishi mumkin. Chunki Yangi O‘zbekiston universitetiga top darajadagi oliygohlar ishlatadigan dastur kelyapti. Kontrakt miqdori aytilgan summadan ham balandroq bo‘lishi mumkin, balki pastroq bo‘lar, aniq emas», dedi Hilola Umarova 23 iyul kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

@Abituriyentsuz