Get Mystery Box with random crypto!

Ibn Sino hayratda! 5.000 dollarga 'Qozog‘istonda 1 yil o‘qidi | Abituriyent | Dtm.uz

Ibn Sino hayratda!

5.000 dollarga "Qozog‘istonda 1 yil o‘qidi" degan xujjat rasmiylashtirib, Samarqand tibbiyot institutiga perevod qilib bermoqchi bo‘lganganlar ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.T. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, unga Qozog‘iston Respublikasi Chimkent shahrida joylashgan tibbiyot institutining 1-bosqichini tamomlaganligi to‘g‘risida hujjatlarni rasmiylashtirib berib, keyinchalik o‘qishini tanishlari orqali Samarqand Davlat tibbiyot institutiga ko‘chirtirib berish evaziga 5 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

@Abituriyentsuz