Get Mystery Box with random crypto!

Bu sukunat ortida nimadir bor! Qabul tugaganiga 2 kundan osh | Abituriyent | Dtm.uz

Bu sukunat ortida nimadir bor!

Qabul tugaganiga 2 kundan oshdi ammo yakuniy natijalar e'lon qilinmadi. Davlat test markazi ijtimoiy tarmoqlari sukut saqlamoqda. Islohotlar davri tugadimi nima? Qani tezkorlik, qani shaffoflik?

Ba'zi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining aytishicha, serverlarga ortiqcha yuklama tushgani ortidan abituriyentlarning ma'lumotlariga nimadir bo'lgan! Ro'yxatdan o'tishni boshidan boshlaymizmi?

Buni aniqlshtirishning imkoni bo'lmadi. DTM call center (1195) qo'ng'iroqlarga javob bermayapti.

Davlat test markazidan yakuniy statistik ma'lumotlar berilishini talab qilamiz, bo'lmasa aholi orasida turli xil noto'g'ri ma'lumotlar ortib boraveradi.

@Abituriyentsuz