Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent | Dtm.uz

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuz_maktab_imtihon — Abituriyent | Dtm.uz A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuz_maktab_imtihon — Abituriyent | Dtm.uz
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 91.33K
Kanalning ta’rifi

Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring!
⚡Abituriyentlar hayoti haqida tezkor xabarlar.
📣Xorijdagi ta'lim va ta'lim yangiliklari
Admin:👉 @Murodaliuz
.
.
➪ Reklama:👉 @Rek_info

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2021-07-28 13:35:18 ​​ RASMAN: 5-avgustdan test sinovlari boshlanadi

Pandemiya sharoitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, joriy yilgi kirish test sinovlari 2021-yil 5-avgustdan boshlanadi hamda test sinovlari ochiq stadion va xiyobonlarda oʻtkaziladi.

Test sinovlari qoida tariqasida, kuniga ikki smenada oʻtkaziladi va 1-smena 07:00 da, 2-smena 19:00 da boshlanadi.

Savollar soni ham qisqartirildi.

Ilgari 5 ta fandan jami 105 ta savol berilar edi, hozir 5 ta fandan jami 70 ta savol beriladi. Shunda 3 ta majburiy fanlardan 10 tadan savol (ilgari 15 tadan edi), 2 ta mutaxassislik fanlaridan esa 20 tadan (ilgari 30 tadan edi) savol beriladigan boʻldi.

70 ta savol uchun jami 3 soat vaqt beriladi.

Toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball — 189 ball.

@Abituriyentsuz | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/UBd-QQoTGDLQGLnV
24.3K viewsedited  10:35
Ochish/sharhlash
2021-07-28 13:33:22
#Tezkor #Rasmiy_Xabar

2021-2022 yilgi kirish imtihonidan abituriyent minimal necha bal to‘plasa talaba bo‘ladi

To‘liq malimot olish uchun Batafsil O‘qishni bosing
23.4K viewsedited  10:33
Ochish/sharhlash
2021-07-28 12:55:24 2021/2022 oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARIga kiritilgan oʻzgartirishlar tasdiqlandi

@Abituriyentsuz | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/UBd-QQoTGDLQGLnV
22.8K viewsedited  09:55
Ochish/sharhlash
2021-07-25 20:00:39
Abituriyentlar diqqatiga!!!

Qaysi viloyat oliygohiga hujjat topshirdingiz? O'z viloyatingizni tanlang va 2021/2022-yildagi eng soʻnggi o'zgarishlarni, kunduzgi, sirtqi, kechki kvotalar, imtihon sanalari va joylarini bilib oling

Batafsil

https://t.me/joinchat/5LEUGpyDXXs2YjRi
7.2K views𝐒𝐡𝐚𝐡𝐳𝐨𝐝 𝐒𝐚𝐧𝐨𝐪𝐮𝐥𝐨𝐯, 17:00
Ochish/sharhlash
2021-07-25 18:04:22 Prezident maktablariga qabul imtihon kunlari aniq bo'ldi

Ertaga, 26-iyul kuni barcha hududlarda Prezident maktablariga qabul imtihonlari boshlanadi.

Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2 smenada tashkil etiladi hamda 28-iyulga qadar davom etadi.

Imtihonlar 1-smenada 8:00 dan 09:00 ga qadar, 2-smenada 19:00 dan 20:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Ota-onalardan farzandlarini imtihon bo‘lib o‘tadigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1,5 soat oldin (1-smenada 06:30 ga qadar, 2-smenada 17:30 ga qadar) olib kelishlari so‘raladi.

Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan hududga faqat “tug‘ilganlik haqida guvohnoma” va “ruxsatnoma” bilan kiritiladi.

Kech kelgan yoki “tug‘ilganlik haqida guvohnoma” va “ruxsatnoma”si mavjud bo‘lmagan talabgorlar test sinovlariga kiritilmaydi.

Imtihonlar ochiq maydonlarda bo‘lib o‘tishini inobatga olgan holda talabgorlarga bosh kiyim (kepka, panama) kiyib kelishlari tavsiya qilinadi.

@Abituriyentsuz
9.7K views𝐒𝐡𝐚𝐡𝐳𝐨𝐝 𝐒𝐚𝐧𝐨𝐪𝐮𝐥𝐨𝐯, edited  15:04
Ochish/sharhlash
2021-07-25 16:00:06 #Oʻqishni_koʻchirish

2021/2022 oʻquv yili uchun talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali roʻyxatdan oʻtkazilmoqda:

respublika OTMaro yoki bir OTM doirasida koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar – transfer.edu.uz;

xorijiy mamlakatlardagi hamda Oʻzbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan respublika OTMga koʻchirish boʻyicha arizalar – transfer.dtm.uz.

Ayrim talabalar xorijiy yoki nodavlat OTMdan oʻqishini koʻchirish boʻyicha (adashgan holda) transfer.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtishganligi aniqlanmoqda. Ushbu toifadagi arizalar qabul qilinmasligini eslatib oʻtamiz.

Shunga koʻra, oʻqishini xorijiy va nodavlat OTMdan respublika OTMga koʻchirish istagida boʻlgan talabalardan transfer.dtm.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtishi hamda arizasi holatini doimiy kuzatib borishini, zaruratga koʻra qayta roʻyxatdan oʻtishlarini soʻraymiz.

Unutmang, roʻyxatdan oʻtishning soʻnggi kuni 2021 yil 5 avgust (shu kuni ham).


@Abituriyentsuz
10.2K views𝐒𝐡𝐚𝐡𝐳𝐨𝐝 𝐒𝐚𝐧𝐨𝐪𝐮𝐥𝐨𝐯, 13:00
Ochish/sharhlash
2021-07-25 15:29:01
Qizi otasini rasmga oldi va fotosuratni onasiga yubordi. Bir necha daqiqadan so'ng, onasi darhol ketish uchun ularni chaqira boshladi.

Otasi va qizi voqea joyidan qochishga ulgurmadilar va o'sha joyda vafot etdilar.

Savol: Ayol fotosuratda nimani ko'rgan?
9.1K viewsTHE TRUTH , 12:29
Ochish/sharhlash
2021-07-25 13:40:05
Rasman! “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetiga qabul 1-avgustga qadar davom etadi!

Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda.

Qabul sayti: https://admissions.univ-silkroad.uz/

Yoʻnalishlar:
Amaliy tillar (Applied languages);
Smart turizm (Smart Tourism);
Turizmda media va kommunikatsiya (Media and Communication in Tourism);
Menejment (Management);
Turizm (Tourism);
Gid – hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (Guidance of gid and translation).


Abituriyentlarga bir vaqtning oʻzida 3 ta bakalavriat taʼlim yoʻnalishini tanlash imkoniyati yaratilgan.

Taʼlim ingliz tilida olib borilib, oʻqishga kirish uchun quyidagi sertifikatlardan biri talab qilinadi:

IELTS — 5,5+
TOEFL — 72+
CEFR — B2 +


Sertifikatga ega boʻlmagan abituriyentlarga sertifikatini 10-sentyabrgacha taqdim etish imkoniyati beriladi.

@Abituriyentsuz
9.9K views𝐒𝐡𝐚𝐡𝐳𝐨𝐝 𝐒𝐚𝐧𝐨𝐪𝐮𝐥𝐨𝐯, 10:40
Ochish/sharhlash
2021-07-25 13:10:31
Imtihonsiz talaba bo'lish vaqti keldi!!!

Qachongacha mana shunday issiq kunlarda qiynalib dars tayyorlab yurasiz?

Sizni imtihonsiz talaba bo'lishingiz uchun “Globalstudy” kompaniyasi yordam beradi.

Bunday imkoniyatni qo’ldan boy bermang!!!

Biz bilan:
Rossiya
Turkiya
Yevropa
Tojikiston
Qirg'iziston
Qozog'iston davlatlarida muammosiz va imtihonsiz talaba bo'lish imkonini qo'lga kiriting.

Shunchaki talab qilinadigan hujjatlarni topshiring va talabalik baxtiga ega bo'ling!

️Online maslahat_1 Online maslahat_2

Rasmiy kanalimizga a'zo bo'ling va yanada qiziqarli ma'lumotlarni kuzatib boring!

Biz bilan aloqa quyidagi raqamlar orqali!

+998 (97) 189 22 27
+998 (97) 189 44 41

Telegram | Instagram | Facebook
9.0K views𝐒𝐡𝐚𝐡𝐳𝐨𝐝 𝐒𝐚𝐧𝐨𝐪𝐮𝐥𝐨𝐯, 10:10
Ochish/sharhlash
2021-07-25 11:30:09 ​​#Perevod

Agar men Oʻzbekiston hududidagi nodavlat oliy taʼlim muassasasi (masalan Kokand University)da yoki xorijiy oliy taʼlim muassasasining filiali (Turin Polytechnic University in Tashkent) ning bakalavr bosqichida tahsil olayotgan boʻlsam oʻqishimni davlat oliy taʼlim muassasasiga koʻchirsam boʻladimi? Bunday holatda koʻchirish qanday tartibda amalga oshiriladi?

JAVOB: Siz oʻqishingizni Oʻzbekiston Respublikasidagi nodavlat oliy taʼlim muassasasi yoki respublikamizdagi xorijiy oliy taʼlim muassasasining filialidan davlat oliy taʼlim muassasasiga mos yoki turdosh yoʻnalish boʻyicha koʻchirish uchun roʻyxatdan oʻtsangiz ushbu taʼlim yoʻnalishiga kirish fanlaridan maxsus sinov (test) topshirasiz va maxsus sinov natijasiga koʻra oʻqishingizni koʻchirish masalasi koʻrib chiqiladi.
Agar Siz oʻqishingizni davlat oliy taʼlim muassasasining turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishiga koʻchirish boʻyicha roʻyxatdan oʻtsangiz, ushbu taʼlim yoʻnalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoridagi bir martalik toʻlovni amalga oshirishingiz lozim boʻladi.

@Abituriyentuz | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/VX-2v9yV40J6V8FV
10.0K views𝐒𝐡𝐚𝐡𝐳𝐨𝐝 𝐒𝐚𝐧𝐨𝐪𝐮𝐥𝐨𝐯, 08:30
Ochish/sharhlash