Get Mystery Box with random crypto!

Shukur qilish va rozi bo’lmaslik Men ko’p hollarda shunaqa fi | Abdusattor

Shukur qilish va rozi bo’lmaslik

Men ko’p hollarda shunaqa fikrga duch kelaman: odamlar shukur qilish deganda hech qanday harakat qilmasdan, rivojlanmasdan faqatgina bor narsalarga qanoat qilib o’tirishni tushunishadi. Agar siz o’z holatingizdan norozi bo’lsangiz va uni o’zgartirishga harakat qilsangiz buni noshukurlik deb bilishadi.

Men Chirchiqdan Toshkentga avtobusda qatnashga rozi bo’lmaganman! Atrofimdagi insonlardek 800 ming so’mlik oylik olishga rozi bo’lmaganman! Har oy kimningdir qo’lida arzimas oylik uchun ishlashga rozi bo’lmaganman! Kelajakda farzandlarim qiyin sharoitlarda katta bo’lishlariga rozi bo’lmaganman! Shu sababli hayotimni o’zgartirish uchun bor kuchim bilan harakat qilganman. Allohga shukurki, menga kutganimdan ham ziyodasi nasib etdi. Agar men o’sha vaqtda o’zimdagi bor narsaga “shukur” qilib harakat qilmasdan yuraverganimda bu kunlarga kelmas edim balki. Hozir ham men bundan ko’prog’iga loyiqman deb bilaman va Alloh nasib qilsa yana rivojlanishda davom etaman.

Zerikarli ishga, zerikarli muhitga va zerikarli mavjudlikga rozi bo'lmang, hayot bunday bo'lmasligi kerak, asosiysi bunga rozi bo'lmaslik va doim izlanishda, harakatda bo’lishdir.

@abdusattor