Get Mystery Box with random crypto!

Depressiyaga faqat bir joyda qotib qolganlar chalinadi. Oyoql | Abdusattor

Depressiyaga faqat bir joyda qotib qolganlar chalinadi.

Oyoqlari ostidagi yerni bor vujudi bilan his qila oladigan odamlarda depressiya bo‘lishi mumkin emas.

Depressiv fikrlar dangasa odamlarga xos. Agar siz o‘zingizni band qilishni bilmasangiz, u holda miyangiz "sizni band qiladi".

Siz hayotda aql bovar qilmas darajada hissiy belanchaklarni boshdan kechirishingiz mumkin lekin men ishonch bilan ayta olamanki, har qanday vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li — o‘z ustingizda ishlashdir.

Aslida siz nimani yoqtirmasligingizni va hayotda nimalar sizga noqulaylik tug‘dirishini juda yaxshi bilasiz. Ammo tushkunlikka tushishga qaror qilib (ha, aynan bunga o‘zingiz qaror qilasiz), his-tuyg‘ularingiz oldida kuchsizligingizni tan olasiz va hayotingiz mas’uliyatini ularga topshirib qo‘yasiz.

Mas’uliyatdan bosh tortdingizmi, demak siz depressiyaga loyiqsiz.

@abdusattor