Get Mystery Box with random crypto!

Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби М
Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
Kanal manzili: @abdullaoripovmaktabi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 144

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 22

2022-07-27 09:42:49
#Brifing

Brifing

Mavzu: Prezident ta'lim muassasalari agentligining 2022-yil birinchi yarim yillikdagi faoliyati sarhisobi
Vaqti: 14:00
● Ishtirok etadi: Dilfuza Sobirova, Agentlik axborot xizmati rahbari

Brifing Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo’lib o’tadi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
28 viewsY.Kamalovna, 06:42
Ochish/sharhlash
2022-07-26 11:54:10
#Onlayn_ochiq_muloqot
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

DIQQAT, E’LON!

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga pedagog-kadrlarni saralab olish tanlovi yakunlari yuzasidan ONLAYN OCHIQ MULOQOT tashkil etiladi!

Unda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktorining birinchi o’rinbosari Dilshod Kenjayev va Xalq ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxo’jayev ishtirok etishadi.

Onlayn ochiq muloqotda qatnashib, o’zingizni qiziqtirgan barcha savollarga mas’ullardan to’g’ridan-to’g’ri javob olishingiz mumkin.

Ochiq muloqot Prezident ta’lim muassasalari agentligining FACEBOOKdagi rasmiy sahifasida bo’lib o’tadi.

Vaqti: 26-IYUL 15:00

Ulanish uchun:
https://www.facebook.com/piima.uz

Pedagoglar savollarini quyidagi manzilga yo'llashlari mumkin: https://t.me/pmm_ustozbot

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
25 viewsY.Kamalovna, 08:54
Ochish/sharhlash
2022-07-26 10:25:15
Университетга билим билан кириш керак, имтиёз билан эмас – Америкада 72 мактабни бошқараётган Мавлуда Орипова

Ўзбекистонда имтиёзларнинг кўплиги ўқувчини асосий иши – билим олишдан чалғитиб қўяди. Тўғри, имтиёзга эга бўлиш учун ҳам ҳаракат қилинади, лекин билим олинадими-йўқми – сўроқ остида қолади барибир. Бу нафақат ўша соҳа, балки жамиятнинг келажаги ва ўқувчининг ўз тақдири учун ҳам хатарли.

Батафсил: http://oyina.uz/kiril/article/983

Расмий саҳифаларимиз

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube
46 viewsY.Kamalovna, 07:25
Ochish/sharhlash
2022-07-26 10:16:18
#Румий_иқтибослар

Румий ҳазратларининг ҳикматлар хазинасидан иқтибослар.
Филология фанлари доктори Илҳом Ғаниев талқинида.

Каналларга уланиш

@abdullaoripovmaktabi
@a_oripov
@abdullaoripovyoshijodkorlar
332 viewsY.Kamalovna, 07:16
Ochish/sharhlash
2022-07-24 10:33:10
Tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin, hurmatli Prezident!

Yurtimiz rivoji, xalqimiz farovonligi, xalqaro munosabatlarning samaradorligini oshirish yo‘lida hech ham charchamang.
Faoliyatingizga yanada muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yoshlarga tog‘dek suyanch bo‘layotganingiz uchun tashakkur.
Siz ishonch bildirayotgan yoshlar har bir boshlagan ishingizda yelkadosh bo‘lishga, ishonchingizni oqlashga tayyor!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova
36 viewsY.Kamalovna, 07:33
Ochish/sharhlash
2022-07-22 18:10:57
19 viewsY.Kamalovna, 15:10
Ochish/sharhlash
2022-07-22 18:10:57
15 viewsY.Kamalovna, 15:10
Ochish/sharhlash
2022-07-22 18:10:56
16 viewsY.Kamalovna, 15:10
Ochish/sharhlash
2022-07-20 10:06:29 Eshqobil SHUKUR – 60 yoshda!

Shoir Eshqobil Shukur 1962-yilning 20-iyulida Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanidagi Boymoqli qishlog‘ida tug‘ildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetida tahsil oldi.
O‘zbekiston televideniesi muharriri (1985-1992), “Saodat” jurnali bosh muharrir o‘rinbosari (1992-1994), Davlat matbuot qo‘mitasi bosh muharriri (1994-1995) vazifalarida ishladi. 1995-yildan “O‘zbekiston” telekanali hamda “Ma’naviyat” jurnali (2014) bosh muharriri lavozimida xizmat qiladi.
Uning ijodi o‘tgan asrning 80-yillaridan boshlanib, “Qadimgi bitiktoshlarga yozuvlar”, “Mengim momoning yo‘qlovi” singari dastlabki she’rlari bilanoq tilga tushdi. Shundan so‘ng birin-ketin “Yurakni o‘rganish” (1986), “Sochlari sumbul-sumbul” (1988), “Tungi gullar” (1989), “Yashil qushlar” (1995) she’riy majmualari dunyoga keldi. “Tungi gullar” kitobi respublika yoshlar tashkilotining Usmon Nosir nomidagi mukofotiga sazovor bo‘ldi. Eshqobil Shukur “Ko‘hna bog‘ rivoyatlari” (2005), “Oqibat oqshomi”, “Padarkush” kabi nasriy asarlar hamda “Ibtido xatosi”, “Naqshband” nomli dramatik dostonlar, “Lahza siniqlari”, “Nasoyim-ul muhabbatga sayr” turkumlari, “Dunyoning ko‘chishi”, “Qo‘riqxonada”, “Pul sanayotgan odam” kabi qissa va hikoyalar muallifi hamdir. Shoirning asarlari ingliz, rus, turk, ozarbayjon va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilingan.
Eshqobil Shukur 2012-yilda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoniga sazovor bo‘lgan. U “E’tirof” mukofoti sohibi (2013). 2016-yilda “Oltin qalam” xalqaro milliy mukofoti tanlovi g‘olibi bo‘ldi.

BOG‘

Qorong‘i bog‘ ichra oydin bir yo‘lak…
Xufton yulduziday titraydi yurak.
Sevgilar, sog‘inchlar, qayg‘ular bilan
Shu bog‘da shu kecha uchrashsam kerak…

Suvday totli sohir suxanlar bilan,
Gulga do‘ngan aziz xok-tanlar bilan,
Hazrati Xizr va chiltanlar bilan
Shu bog‘da shu kecha uchrashsam kerak.

Falakda bir gulzor, yerda bir gulzor,
Har tilda ming da’vo, har dilda ming zor,
Mening ham Xudoga aytar arzim bor,
Shu bog‘da shu kecha aytolsam kerak.

Boryapman o‘z izim, o‘z so‘zim bilan,
Ko‘ksimdagi otash yulduzim bilan,
O‘zini izlagan o‘z-o‘zim bilan
Shu bog‘da shu kecha uchrashsam kerak.


* * *
Aylanayin ovozingdan, Suv,
Iforingdan aylanay, Havo.
Ko‘nglim ichra aziz bir tuyg‘u,
To‘lqin-to‘lqin esadi navo.

Himmatingdan aylanayin, Yer,
Hayot, senga sharaf va sano!
To‘lib borar ko‘zlarimga nur,
Yuragimga to‘lmoqda Xudo.

Aylanayin ovozingdan, Suv,
Iforingdan aylanay, Havo.


VASF

Javzoning o‘n beshinchi kuni…
Oy to‘ldi.
Xushbo‘y shamol esdi tog‘lar tomondan.
Tun shunday go‘zal ediki,
U haqda she’r yozay desam
Yolg‘onchiga o‘xshab qolaman.

yoshlikjurnali.uz
@yoshlikjurnali
38 viewsY.Kamalovna, 07:06
Ochish/sharhlash
2022-07-20 10:01:57
"Парвардигор" сўзининг маъносини биласизми?

Таниқли шоир Эшқобил Шукур ушбу сўзнинг келиб чиқиш тарихи ҳақида ҳикоя қилади.

•┈❁✿❁┈•
@xojagon_uz
@m_kenjabek
•┈❁✿❁┈•
38 viewsY.Kamalovna, 07:01
Ochish/sharhlash