Get Mystery Box with random crypto!

Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби М
Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
Kanal manzili: @abdullaoripovmaktabi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 144

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 15

2022-10-25 13:26:23 TANLOV NATIJALARI E'LON QILINADI

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan 21-oktyabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” shiori ostida o‘tkazilgan videoroliklar tanlovi g‘oliblari aniqlandi. G‘oliblar quyidagi sovrinlar bilan taqdirlanadilar.

OLIY TA’LIM MUASSASALARI O‘RTASIDA

1- o‘rinni egallagan Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi Muxtorova Hafiza sertifikat, “Imom Moturidiy” romani, “Jadidlar” sakkiz jildli kitoblar to‘plami va Xiaomi MI Band 7 Pro smart soati bilan;

2- o‘rinni egallagan Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi Yosinxon Ahmadxanov sertifikat, "Imom Moturidiy" romani, “Jadidlar” sakkiz jildli kitoblar to‘plami va Xiaomi Mibro Watch X1 smart soati bilan;

3- o‘rinni egallagan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistanti Yahyobek Hayitaliyev sertifikat, "Imom Moturidiy" romani, “Jadidlar” sakkiz jildli kitoblar to‘plami va Xiaomi Mibro Lite smart soati bilan taqdirlanadi.

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MUASSASALARI O‘RTASIDA

1- o‘rinni egallagan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Yusupova Shodiya sertifikat hamda “Imom Moturidiy”, “Ufq”, “Kapitan grant bolalari”, “Ikki eshik orasi”, Ulug'bek xazinasi, “Yulduzli tunlar” kitoblar to‘plami bilan;

2- o‘rinni egallagan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchisi Visola Tursunova sertifikat hamda “Imom Moturidiy”, “Ufq”, “Kapitan grant bolalari”, “Ikki eshik orasi”, Ulug'bek xazinasi, “Yulduzli tunlar” kitoblar to‘plami bilan;

3- o‘rinni egallagan Muhammad Yusuf ijod maktabi o‘quvchilari sertifikat hamda “Imom Moturidiy”, “Ufq”, “Kapitan grant bolalari”, “Ikki eshik orasi”, Ulug'bek xazinasi, “Yulduzli tunlar” kitoblar to‘plami bilan;

Rag’batlantiruvchi o‘rin – Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari sertifikat hamda “Imom Moturidiy”, “Ufq”, “Kapitan grant bolalari”, “Ikki eshik orasi”, Ulug'bek xazinasi, “Yulduzli tunlar” kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi.

Gʻoliblarni tabriklaymiz!

G‘oliblarni taqdirlash marosimi oktyabr oyi oxirida o‘tkaziladi, sovrindorlardan quyidagi @moturidiyuz_bot telegram manziliga murojaat qilishlarini so‘ raymiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | TikTok | moturidiy.uz
72 viewsY.Kamalovna, 10:26
Ochish/sharhlash
2022-10-25 12:30:43
#21_oktabr
#OAV_biz_haqimizda

21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi munosabati bilan O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov haykali poyiga gulchambar qo'yildi. Ushbu marosimda viloyatimizdagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar, yozuvchi-shoirlar va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ishtirok etishdi.

Viloyat hokimligi tashabbusi bilan viloyat musiqali drama teatrida "Qadring baland bo'lsin, ona tilim!" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ijodkor-o'quvchilari ona tilini madh etuvchi she'rlar o'qishdi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
46 viewsY.Kamalovna, 09:30
Ochish/sharhlash
2022-10-25 12:30:43
#21_oktabr

Sayido Nasafiy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida 21-oktabr - O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligiga bag'ishlab "O'zbek adabiy tili me'yor va qoidalariga amal qilish ta'lim tizimidan boshlanadi" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Ushbu tadbirda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o'quvchilari sinf rahbari Bog'dagul Jamolova rahbarligida ishtirok etib, atoqli shoirlarimizning o'zbek tili haqidagi she'rlaridan namunalar o'qishdi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
45 viewsY.Kamalovna, 09:30
Ochish/sharhlash
2022-10-21 17:34:13
#Yangi_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Qashqadaryo

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida Qarshi shahrida tashkil etilgan 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Unda Agentlik rahbari Hilola Umarova so'zga chiqib, yig'ilganlarni samimiy tabrikladi:

- Yurtimizda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, hamma sharoitlarga ega bunday maktablarning ochilishi Siz yoshlarga qaratilayotgan ulkan e'tibor natijasidir. Zero, biz sizlarning yorqin kelajagimiz bunyodkori bo'lishingizga ishonamiz, aziz yoshlar! Bu yo'lda sizni hamisha qo'llab-quvvatlashga tayyormiz.

Tadbirda Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov va jamoatchilik vakillari ham ishtirok etishdi.

Ochilish marosimidan so'ng Agentlik rahbari maktab o'quvchilari bilan suhbatlashdi hamda dars jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, bugun Agentlik rahbari Qarshi shahridagi Prezident maktabi va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bo'lib, o'quvchilar bilan samimiy suhbatlashdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
55 viewsY.Kamalovna, 14:34
Ochish/sharhlash
2022-10-12 15:52:59
#Zakovat
#Axborot_xizmati

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o'rtasida bo'lib o'tgan "Zakovat" intellektual o'yinining Respublika bosqichidan video-lavha.
_____________________
Eslatib o'tamiz, final bellashuvida Namangan shahridagi Prezident maktabi 1-o'rin, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 2-o'rin va Samarqand shahridagi Prezident maktabi 3-o'rinni qo'lga kiritishdi.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
13 viewsY.Kamalovna, 12:52
Ochish/sharhlash
2022-10-12 15:52:59
#Шеърият_кечаси

She’riyat nima? Qalb nega mudom she’rga, she’riyatga ehtiyoj sezadi, sezaveradi? She’riyatning manzili bu – ruhiyat makoni, uni faqatgina qalb bilan, his-tuyg‘ular bilan tushunish mumkin. Chunki she’rda ohang bor, musiqa bor, sehrli joziba bor.

21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 33 yilligi va “Oktabr – ona tili va adabiyoti fani oyligi” munosabati bilan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari Muqaddas Yo‘ldoshevna va Malika Davronovalar tomonidan ijod maktabining ijodkor-o‘quvchilari ishtirokida “Ona tilim – onajonim tili” mavzusida gulxan atrofida she’rxonlik kechasi o‘tkazildi.

She’rxonlik kechasida o‘quvchilar milliy adabiyotimizning taniqli shoirlarining she’rlari va o‘z ijod namunalaridan o‘qishdi, shuningdek, kecha davomida ijodkor-o‘quvchilar tomonidan musiqiy va badiiy ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
17 viewsY.Kamalovna, 12:52
Ochish/sharhlash
2022-10-11 15:57:13
#ZAKOVAT_SARI_OLĢA
35 viewsY.Kamalovna, 12:57
Ochish/sharhlash
2022-10-11 15:57:13
Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasidagi “Zakovat” turnirida g‘oliblar aniqlandi!

1-o‘rin - Namangan shahridagi prezident maktabi jamoasi;
2-o‘rin - Abdulla Oripov ijod maktabi jamoasi;
3-o‘rin - Samarqand shahridagi Prezident maktabi jamoasi.

Mazkur jamoalarning har bir a’zosiga hamda murabbiyiga “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan qimmatbaho noutbuklar sovg‘a qilindi!

Endilikda ushbu jamoalar a'zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

Shuningdek, ularning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy "Zakovat" stipendiyasi to‘lab boriladi!

@zakovat
25 viewsY.Kamalovna, 12:57
Ochish/sharhlash
2022-10-11 15:57:12
#Zakovat_sari_olģa

Prezident taʼlim muassasalari agentligi, “Zakovat” intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda Agentlik tizimidagi maktablar ishtirokida “Zakovat” o‘yinining respublika bosqichi bo'lib o'tdi

Unda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning jami 26 ta terma jamoasi ishtirok etdilar.
Òyin yakuniga kòra Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining "Nasaf" jamoasi 38 ball bilan 2-òrinni qòlga kiritdilar!

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
23 viewsY.Kamalovna, 12:57
Ochish/sharhlash
2022-10-11 15:57:12
#Xalqaro_qizlar_kuni

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 11-oktabr -'Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan maktab boshlanģich xotin-qizlar qòmitasi raisi Shaxnoza Pòlatova , tarbiyachi-pedagoglar hamda òquvchi-qizlar òrtasida suhbat tashkil etildi

Suhbat jarayonida xotin-qizlarning jamiyatimizgagi ijtimoiy faolligi, bu borada davlatiniz tomonidan olib borilayotgan islohotlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Mavzuga doir videorolik namoyish etildi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
20 viewsY.Kamalovna, 12:57
Ochish/sharhlash