Get Mystery Box with random crypto!

Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби М
Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
Kanal manzili: @abdullaoripovmaktabi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 144

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 21

2022-08-02 15:10:49 #Diqqat_tanlov
#Men_Ózbekman

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Agentlik tizimidagi barcha ta’lim muassasalari o‘quvchilari va “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalari o‘rtasida “Men O‘zbekman” nomli ijtimoiy roliklar tanlovi o’tkaziladi.

Tanlov quyidagi 3 ta nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:

“Eng yaxshi informatsion rolik”
- yurtimizning boy tarixi va madaniyatidan so‘zlovchi turli qadamjolar, tarixiy inshoot va obidalar, hududlar nomi, ularning kelib chiqish tarixidan darak beruvchi ob’ektlar haqida ma’lumot beruvchi roliklar yaratish.

“Eng yaxshi ijtimoiy rolik”
- yurtimizda yoshlar uchun turli sohalarda yaratilayotgan shart-sharoitlar, keksalarni qadrlash, oilalar farovonligi va baxtli bolalikni madh etish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, shuningdek, yurt tinchligi, osuda hayotimizni qadriga yetish, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish, sog‘lom ma’naviy muhitni yaratish kabi g‘oyalarni o‘z ichiga oladi.

“Muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘lgan rolik”
(ijtimoiy tarmoqlar orqali eng ko‘p layk to‘plagan media mahsulotlar)

Davlat ramzlari ifodalangan, yurtimizning go‘zal manzaralari va madaniyat o‘choqlarida tasvirga olingan “Men O‘zbekiston farzandiman” kabi ezgu g‘oyani o‘zida jamlagan heshteykni Facebook va telegramm sahifalariga joylashtirish. Eng ko‘p layk to‘plagan media mahsulotlar saralab olinadi.

Tanlovni uch bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich – ta’lim muassasasi miqyosida (1-avgustdan-15-avgustga qadar);
2-bosqich – viloyat bo‘yicha (hududiy)
3-bosqich – respublika (Agentlik) miqyosida.

Tanlov shartlari:
1. Taqdim etiladigan videoroliklar soni 2 tagacha, xajmi 200 megabaytgacha bo‘lishi mumkin.
2. Videoroliklarga qo‘yiladigan talablar:
davomiyligi – 3 daqiqagacha;
formati MPEG-4;
lavha formati 720 r (1280x720) yoki 480 r (854x480);
xajmi 40 megabaytgacha bo‘lishi kerak.
3. Videorolik tasvirida muallifning bevosita ishtiroki shart emas.
4. Videorolikni suratga olish va montaj jarayonida maxsus dastur va uskunalardan foydalanish ishtirokchi (ijodiy ish muallifi)ning ixtiyoriga havola etiladi.
5. Videorolik janri (reportaj, videoklip, animatsion syujet va boshqalar)ni ishtirokchining o‘zi belgilaydi.
6. Videorolikda yoritilayotgan mavzu nomi ko‘rsatiladi. Muallif, ta’lim muassasasi nomi, sinfi yoki o‘qish kursi ko‘rsatilishi qat’iyan ta’qiqlanadi.

Tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Hurmatli Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari! Ijodiy ishlaringizni quyidagi guruhga jo‘natishingiz mumkin: https://t.me/abdullaoripovyoshijodkorlar

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
42 viewsY.Kamalovna, 12:10
Ochish/sharhlash
2022-08-01 11:21:49
#Xayrli_kun_dasturi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining iqtidorli o'quvchilari Omonova Madina hamda Zuvaytova Asila dastur mehmoni.


Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
52 viewsY.Kamalovna, 08:21
Ochish/sharhlash
2022-07-30 13:45:20
#Óquvchilarimiz_fayzli_kun_dasturida

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi – Madina Omonova va 9-sinf o‘quvchisi Asila Zuvaytovalar “Qashqadaryo TV”ning “Fayzli kun” musiqiy dam olish dasturida qatnashishdi.
Dastur davomida o‘quvchilar o‘z ijodlaridan namunalar o‘qishdi, erishgan yutuqlari, maqsad va kelajakdagi rejalari haqida o‘rtoqlashishdi.
Shuningdek, suhbat davomida ular Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov ijod maktabi faoliyati, dars jarayonlari, to‘garaklar mashg‘ulotlari, o‘quvchilar qo‘lga kiritgan yutuqlar haqida so‘zlab berishdi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
27 viewsY.Kamalovna, 10:45
Ochish/sharhlash
2022-07-30 11:51:41
#Ochiq_eshiklar_kuni

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 7-sinfga qabul qilingan 40 nafar, 10-sinfga qabul qilingan 5 nafar o‘quvchi hamda ularning ota-onalari uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.
Uchrashuvda Prezident ta'lim muassasalari agentligi Qashqadaryo viloyat hududiy bo‘limi boshlig‘i v.b. U.Oripov, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Y.Jamolova va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.Oripovalar tartib-intizom, odob-axloq qoidalari, to‘garaklar, kun tartibi, yotoqxona faoliyati haqida so‘z yuritishdi. Ota-onalar maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. Ularning takliflari, fikr-mulohazalari tinglandi.
Shuningdek, muloqot davomida mas'ullar maktabda yagona o‘quvchi formasi tashkil etish bo‘yicha ma'lumotlar taqdim etdilar. Ota-onalar bu borada o‘z takliflarini bildirishdi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
27 viewsY.Kamalovna, 08:51
Ochish/sharhlash
2022-07-29 08:07:34 #Axborot_texnologiyalari_tanlovi
#Besh_tashabbus_mening_sevimli_mashğulotim

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o‘quvchisi Shahnoza Badalovaning “Ovozga ko‘chgan hikmatlar” tanloviga yuborgan audio formatdagi ibratli hikoyasini tinglashni tavsiya etamiz.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
13 viewsY.Kamalovna, 05:07
Ochish/sharhlash
2022-07-28 10:35:31 #Axborot_texnologiyalari_tanlovi
#Besh_tashabbus_mening_sevimli_mashğulotim

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o‘quvchisi Farangiz Hayitovaning “Ovozga ko‘chgan hikmatlar” tanloviga yuborgan audio formatdagi ibratli hikoyasini tinglashni tavsiya etamiz.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
40 viewsY.Kamalovna, 07:35
Ochish/sharhlash
2022-07-28 10:35:31
#Yozgi_oromgoh
#Besh_tashabbus_mening_sevimli_mashğulotim

Ma'lumki, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Yozgi oromgoh – besh tashabbus biz bilan” shiori ostida "Yozgi oromgoh" faoliyat olib bormoqda.
Xususan, "Yozgi oromgoh" doirasida "Musiqa" to‘garagining mashg‘ulotlari ham bo‘lib o‘tmoqda. Unda to‘garak rahbari Z.Boboxo‘jayev an'anaviy darslar bilan birga tumanda yashovchi o‘quvchilarga musiqa asboblaridan foydalanish bo‘yicha onlayn dars mashg‘ulotlarini ham olib bormoqda.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
29 viewsY.Kamalovna, 07:35
Ochish/sharhlash
2022-07-27 19:07:47
#Ijodiy_tanlov
#Besh_tashabbus_mening_sevimli_mashğulotim

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining “Mitti yulduz jilolari” ijodiy to‘garagi rahbari Azizbek Norov tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab “Besh tashabbus - mening sevimli mashg‘ulotim” shiori ostida “Umuminsoniy muammolar - badiiy talqinda” mavzusida nasriy asarlar tanlovi o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar quyidagi mavzular bo‘yicha nasriy hikoya va badiiy matn yozishlari mumkin:
"Suv - hayot manbai";
"Tinchlik - bebaho ne'mat";
"Iqlim o‘zgarishlari - global muammo";
"Energiya tejamkorligi - davr talabi".

Asarlar joriy yilning 27-iyulidan 27-avgustigacha qabul qilinadi.
G‘oliblar maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Natijalar Мustaqillik bayrami arafasida e’lon qilinadi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
23 viewsY.Kamalovna, 16:07
Ochish/sharhlash
2022-07-27 18:37:07 #Axborot_texnologiyalari_tanlovi
#Besh_tashabbus_mening_sevimli_mashğulotim

Ma'lumki, “Audiovizual asarlarni yaratish va qayta ishlash” to‘garagi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab “Besh tashabbus - mening sevimli mashg‘ulotim” shiori ostida “Ovozga ko‘chgan hikmatlar” mavzusida tanlov e'lon qilingandi.
Tanlovga ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlarini jo‘natishmoqda.
Quyida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o‘quvchisi Laylo Boymurodovaning audio formatdagi ibratli hikoyasini tinglashni tavsiya etamiz.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

https://t.me/abdullaoripov_ijodmaktabi
29 viewsY.Kamalovna, 15:37
Ochish/sharhlash
2022-07-27 09:49:35
"ДИЁР ЯНГИЛИКЛАРИ" Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси аъзоси, шоир Ҳол Муҳаммад Ҳасан таваллудининг 65 йиллиги муносабати билан "Элим, тилим - давлатим" номли маънавий-маърифий тадбир ўтказилди.

Каналга уланинг
https://t.me/qashqadaryo_trk
31 viewsY.Kamalovna, 06:49
Ochish/sharhlash