Get Mystery Box with random crypto!

Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби М
Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
Kanal manzili: @abdullaoripovmaktabi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 144

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2022-10-10 15:34:48
#Ona_tilim_faxrim

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!" shiori ostida o'tkazilgan tadbirlar doirasida tayyorlangan videolavha.

Kanalga ulanish https://t.me/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
29 viewsY.Kamalovna, 12:34
Ochish/sharhlash
2022-10-08 15:01:59
#Zamin_Creative

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Zamin Creative" inklyuziv ijod studiyalarida o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda.

Dastur va belgilangan rejaga muvofiq, aktyorlik mahorati, dizayn, raqamli media va etnodizayn darslarida ijod maktabi o‘quvchilari hamda Qarshi shahridagi 17-maxsus (eshitishda nuqsoni bor) maktab o‘quvchilariga malakali mutaxassislar, surdotarjimonlar ishtirokida saboq berilmoqda.

Shu bilan birga, ixtisoslashtirilgan to‘garaklar faoliyati ham izchil davom etmoqda. O‘quvchilar to‘garak mashg‘ulotlari davomida yana-da yangi bilimlarni o‘zlashtirishmoqda.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
32 viewsY.Kamalovna, 12:01
Ochish/sharhlash
2022-10-08 14:06:20
#Zamin_Creаtive

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Zamin Creative" inklyuziv ijod studiyalarida o'quv mashg'ulotlari davom etmoqda.

Dastur va belgilangan rejaga muvofiq, aktyorlik mahorati, dizayn, raqamli media va etnodizayn darslarida ijod maktabi o'quvchilari hamda Qarshi shahridagi 17-maxsus (eshitishda nuqsoni bor) maktab o'quvchilariga malakali mutaxassislar, surdotarjimonlar ishtirokida saboq berilmoqda.

Shu bilan birga, ixtisoslashtirilgan to'garaklar faoliyati ham izchil davom etmoqda. O'quvchilar to'garak mashg'ulotlari davomida yanada yangi bilimlarni o'zlashtirishmoqda.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
24 viewsY.Kamalovna, 11:06
Ochish/sharhlash
2022-10-08 14:06:19
#Tanlov
#Oktabr_ona_tili_va_adabiyoti_fani_oyligi

Avval xabar qilganimizdek, ijod maktabida "Oktabr - ona tili va adabiyoti fani oyligi" doirasida 8-sinf o'quvchilari o'rtasida "Kimning xati chiroyli?!" mavzusida tanlov o'tkazilgandi.

Tanlovning shaffof o'tkazilishini ta'minlash maqsadida mualliflarning ism-familiyasi sir tutilgan holda ishtirokchilarning ishlari maktab yo'lagidagi molbertlarga joylashtirildi. Bir so'z bilan aytganda, o'qituvchilar, o'quvchilar hukmiga havola etildi.

Baholash yakunida eng ko'p ovoz to'plagan o'quvchilar g'olib sifatida e'tirof etiladi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
18 viewsY.Kamalovna, 11:06
Ochish/sharhlash
2022-09-30 12:09:59
Tadbirdan fotolavhalar
45 viewsY.Kamalovna, 09:09
Ochish/sharhlash
2022-09-30 12:09:59 #Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор

Aslida, ustoz uchun eng katta yutuq – bu shogirdlarining yutug‘i, muvaffaqiyati. Ularning kamoli va kelajak sari tashlagan ishonchli odimi. Chunki bu yutuq ortida har bir ustozning o‘lchab bo‘lmas mehnati, mehr-muhabbati va tengsiz bilimlari yotibdi.

Shu ma’noda, 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi Zubayda Ahmatova yuqorida biz ta’rifini keltirgan yutuqni ustozlariga taqdim etdi.

Ma’lumki, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi hamda bolalar va o‘smirlar nashrlari – “Tong yulduzi”, “Klass”, “Bolalar sporti” gazetalari, “Gʻuncha” hamda “Gulxan” jurnallari hamkorligida o‘quvchilar o‘rtasida “Yozgi ta’til - “Milliy tiklanish” bilan!” loyihasi doirasida insholar tanlovi e’lon qilingan edi.

Bugun tanlov g‘oliblari va ularning ustozlari Toshkent shahrida yig‘ildilar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov g‘oliblarining partiya Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov hamda tanlov ekspert guruhi a’zolari bilan ochiq muloqoti o‘tkazildi. A.Qodirov o‘quvchilarni g‘oliblik bilan, ularning ustozlarini 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan tabrikladi.

Ma’lumki, tanlovga 7000 dan ziyod insholar kelib tushgan, Shuningdek, tanlovda umumta’lim maktablari bilan bir qatorda Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassalari o‘quvchilari ham o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi.

Quvonarlisi, Zubayda Axmatova g‘oliblar safidan o‘rin egalladi. Barcha g‘oliblar “Aqlli soat” hamda sertifikat bilan taqdirlandi. Bolalar va o‘smirlar nashrlari hamda “Milliy tiklanish” gazetasiga bepul obuna qilindi.

O‘z navbatida, Zubayda Axmatova va uning ustozlarini mazkur yutuq bilan tabriklaymiz!

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
43 viewsY.Kamalovna, 09:09
Ochish/sharhlash
2022-09-30 11:31:33
Tadbirdan fotoreportaj
42 viewsY.Kamalovna, 08:31
Ochish/sharhlash
2022-09-30 11:31:32 #Эътироф

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining o‘quvchilari bugun erta tongdanoq ijod maktabining barcha o‘qituvchilariga ehtirom ko‘rsatishdi.

Dastavval maktab o‘qituvchilari O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov haykali poyiga guldastalar qo‘yib, shoirga hurmat bajo keltirishdi.

Shundan so‘ng o‘quvchilar maktab ostonasini hatlagan har bir o‘qituvchini gullar bilan siylab, ularni she’riy va musiqiy chiqishlari bilan kutib oldi. Bu esa ularning bayramona kayfiyatiga yana kayfiyat va ko‘tarinkilik qo‘shdi.

Albatta, ustoz va murabbiylarni qancha e’zozlasak, shuncha kam, qancha e’tirof etsak-da, ularning yosh avlod tarbiyasi yo‘lida sarflagan mehnatiyu mehr-muhabbati o‘rnini sira qoplay olmaymiz. Shunday ekan, kelajak egalari – yoshlar baxtiga ustozlarimiz doimo sog‘-salomat bo‘lishsin!

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
38 viewsY.Kamalovna, 08:31
Ochish/sharhlash
2022-09-30 09:34:55
#Tabrik

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining “Musiqa” to‘garagi a’zolari 1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ijod maktabining barcha o‘qituvchi va murabbiylarini o‘ziga xos tarzda – musiqiy chiqishlari bilan tabrikladi.

Shu o‘rinda, mamlakatimizdagi barcha o‘qituvchilarni, jumladan, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining fidoyi, jonkuyar va ma’rifatli ustozlarni bayram bilan samimiy muborakbod etamiz.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
38 viewsY.Kamalovna, 06:34
Ochish/sharhlash
2022-09-30 09:34:54
#Ўқитувчи_ва_мураббийлар_куни_умумхалқ_байрами

Hurmatli ustoz va murabbiylar!

Sizni O‘qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami bilan chin dildan muborakbod etaman!
Barchangizga sihat-salomatlik, ezgu faoliyatingizda ulkan zafarlar, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.

Hilola Umarova,
Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori

#1_oktabr
30 viewsY.Kamalovna, 06:34
Ochish/sharhlash