Get Mystery Box with random crypto!

Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби М
Telegram kanalining logotibi abdullaoripovmaktabi — Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
Kanal manzili: @abdullaoripovmaktabi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 144

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 18

2022-09-16 10:48:59
#Bizning_faxrimiz

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 11-sinf o'quvchilari - Marjona Norqulova va Zarnigor Qudratova xalqaro IELTS imtihonini muvaffaqiyatli topshirib, sertifikatga ega bo'ldilar.

Marjona Norqulova:
IELTS overall - 7.5
Reading 9


Zarnigor Qudratova:
IELTS overall - 6
Listening - 8

O‘z navbatida, IELTS imtihonida qatnashayotgan ijod maktabining qolgan o‘quvchilariga ham omad tilaymiz!

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
49 viewsY.Kamalovna, 07:48
Ochish/sharhlash
2022-09-16 07:38:45
#Besh_tashabbus
#Zakovat

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

"Zakovat" musobaqasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-96-son qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Agentlik tizimidagi maktablarda muntazam tashkil etib kelinmoqda.
______________________________
Fotolavhalarda Nukus, Nurafshon, Buxoro shaharlaridagi Prezident maktablari va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabidagi jarayonlar aks etgan.

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
46 viewsY.Kamalovna, 04:38
Ochish/sharhlash
2022-09-02 11:57:32
ГУЛДОН ВА ТОШ

Биллур гулдон билан тош тўқнашса, тошга балоям урмайди, гулдон синади. Негаки, гулдон бағрида гул бор.
Яхши билан ёмон тўқнашса, ёмонга балоям урмайди, яхшининг дили вайрон бўлади. Негаки, яхшининг қалбида эзгулик бор...

Ўткир Ҳошимов
42 viewsY.Kamalovna, 08:57
Ochish/sharhlash
2022-09-02 11:50:12
ЖАЛОЛИДДИН МАНГУБЕРДИ
1.
Султонингман, соҳибдилингман,
Қалбим ювдим Жайҳун ёшига.
Ай ғанимим, бу жонсиз танни
Музаффарнинг ташла пойига.

Ватан ёди – мук тушган орол,
Бир сир олди бу дунёсидан.
Руҳ – қанотли бу оппоқ отим,
Сузиб ўтди Синд дарёсидан.

Ойдин булоқ – сўнмас ғурурим,
Йўқ, шаън эмас, ёвга жон тутдим.
Тўлқинларга кўмдим онамни,
Тўлқинларга боламни бердим.

Бир ер бордир аслзодага,
Бир Ватан бор от ёлларида.
Бир хиёнат урчиди, ўсди,
Шарафулмулк хаёлларида.

Хуросону Кирмон, Синд қадар,
Саҳроларга уланди кўнглим.
Мен Ватанни суйдим ўзимдай,
Бир Ватанга айландим севгим.

2.

Бир дунёки, кемаси зуҳддир,
Бир халқ эрур – кемаси узлат.
Бир ёмғирки, сукутни билмас,
Бир шамолки, шиддати ёвқур.

Бир кўнгилки, ололмас ҳеч ким,
Дарёсига уфқлар кўчар.
Чалиб ғамгин качкулларини,
Юрагимдан дарвешлар ўтар.

Ўтар Бағдод кўчаларидан,
Оппоқ хаёл – маҳзун, мунир тонг.
Ишқ – кўз ёшим томчиларида
Кўрдим валий, кўрдим шайх, султон.

Хабиб АБДУНАЗАР
39 viewsY.Kamalovna, 08:50
Ochish/sharhlash
2022-09-02 11:40:11
Президент Шавкат Мирзиёев Ислом Каримов номидаги илмий-маърифий ёдгорлик мажмуасига ташриф буюриб, Биринчи Президентимиз ҳайкали пойига гулчамбар қўйди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Научно-просветительский мемориальный комплекс имени Ислама Каримова и возложил цветы к подножию памятника Первому Президенту.

#Mirziyoyev #marosim #xotira #BirinchiPrezident

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
26 viewsY.Kamalovna, 08:40
Ochish/sharhlash
2022-09-01 07:18:25
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз бир йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной 31-й годовщине государственной независимости Республики Узбекистан

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
12 viewsY.Kamalovna, 04:18
Ochish/sharhlash
2022-08-31 20:03:50
   Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni xalqimiz tarixidagi ulug' ayyom - qutlug' sana -1-sentabr -Mustaqillik bayrami bilan muborakbod etamiz!
Inson erki va millat mustaqilligi eng oliy ne'matdir. Bu yuksak baxt barchamizga asrlar osha bardavom bo'lsin!
Sihat-salomatlik, baxt-saodat, oilangizga tinchlik-xotirjamlik ,
 yurtimiz taraqqiyoti, Vatanimiz kelajagi uchun olib borayotgan sharafli ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, bag'rikeng xalqimiz hamisha omon bo'lsin!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi jamoasi
93 viewsY.Kamalovna, edited  17:03
Ochish/sharhlash
2022-08-31 19:38:43
Янги Ўзбекистонда эл азиз, инсон азиз!

Қашқадарё вилоятида ўтказилган байрам тантаналари.
39 viewsY.Kamalovna, 16:38
Ochish/sharhlash
2022-08-31 19:38:00
#Tabriknoma

Hurmatli yurtdoshlar!

Barchangizni eng ulug', eng aziz bayram - O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi bilan chin ko'ngildan tabriklayman.

Yurtimiz rivoji, jamiyat taraqqiyoti yo'lida amalga oshirayotgan ulkan ishlaringizda muvaffaqiyat va zafarlar tilayman.

Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo'lsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

Hilola Umarova,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori
30 viewsY.Kamalovna, 16:38
Ochish/sharhlash
2022-08-28 12:35:12
#Xushxabar
#Ijod_maktablari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari o'quvchilari oliy ta'lim muassasalariga kirishda yuqori natijalar qayd etishdi.

Jumladan:

️Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 2021-2022-o‘quv yilidagi 20 nafar bitiruvchisidan 13 nafari davlat granti asosida, 7 nafari to‘lov shartnomasi asosida oliy ta'lim muassasasiga o'qishga qabul qilindi.

️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 2021-2022-o'quv yilidagi 21 nafar bitiruvchilari 100 foizlik natijani qayd etgan holda, ularning barchasi OTMl talabalariga aylanishdi.

O'quvchilarimizning barchasiga kelgusi ishlari va faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
32 viewsY.Kamalovna, 09:35
Ochish/sharhlash