Get Mystery Box with random crypto!

Urganch shahar Yoshlari

Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi_urganch — Urganch shahar Yoshlari U
Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi_urganch — Urganch shahar Yoshlari
Kanal manzili: @yoshlaragentligi_urganch
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.00K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Urganch shahar bo'limining Telegram rasmiy sahifasi
Murojaat va takliflar uchun👉 @UrganchYoshlariMurojaatBot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-08-31 19:57:30
УРГАНЧ ШАҲРИДАГИ ЁШЛАР ЕТАКЧИЛАРИГА ПЛАНШЕТ ВА ХИЗМАТ ГУВОҲНОМАЛАРИ ТОПШИРИЛДИ

Бугун Урганч шаҳар ҳокимлигининг мажлислар залида Урганч шаҳар ҳокими ўринбосари Нурбек Матяқубов бошчилигида маҳаллаларда фаолият олиб бораётган Ёшлар етакчиларига «Ёшлар дафтари» ва «Ёшлар портали» электрон платформаларига уланиш, масофадан туриб ҳисоботлар тақдим этиш ҳамда видеоконференц алоқа шаклида йиғилишларда иштирок этиш имконини яратиш мақсадида Урганч шаҳридаги маҳаллаларда фаолият олиб бораётган 38 та маҳалла ёшлар етакчиларига планшет ва хизмат гувоҳномалари топширилди.

Шу билан бирга иш жараёнида фаоллик кўрсатган ўз маҳаллаларидаги ёшларнинг ижтимоий-иқтисодий муаммоларини ҳал қилишда елкадош бўлаётган бир гуруҳ ёшлар етакчилари ташаккурнома ва эсдалик совғалари билан тақдирландилар.

Урганч шаҳар ҳокимлиги ахборот хизмати.

Veb-sayt | Instagram | Facebook | Telegram
23 views16:57
Ochish/sharhlash
2022-08-31 07:01:19
36 views04:01
Ochish/sharhlash
2022-08-10 22:30:06 Ёшлар ишлари агентлиги Урганч шаҳар бўлими Ўзбекистон Республикаси Ёшлар ишлари агентлиги ҳузуридаги Ёшлар муаммоларини ўрганиш ва истиқболли кадрларни тайёрлаш институти билан ҳамкорликда Урганч шаҳар ёшларидан қуйидаги сўровномада фаол иштирок этишга чақириб қолади.
Сизнинг жавобингиз ёшлар ўртасида миграция ҳолатларини келтириб чиқарувчи омилларга ечим топишда жуда ҳам муҳим:
https://forms.gle/4zBpi1efT87uRh8b8
42 views19:30
Ochish/sharhlash
2022-08-10 17:12:42
"Besh tashabbus olimpiadasi”ning ikkinchi mavsumiga start berildi!

Olimpiada shu yilning sentabr-dekabr oylarida quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

• “Yosh kitobxon”;
• “Quvnoqlar va zukkolar”;
• “Yoshlar raqs festivali”;
• “Milliy va zamonaviy cholg‘u; ijrochiligi” respublika tanlovlari;

Sportning quyidagi yo‘nalishlarida:
• voleybol;
• yengil atletika;
• stritbol;
• shaxmat;
• shashka;
• badminton;
• stol tennisi;
• workout;
• milliy kurash;
• kibersport bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.

Shuningdek, olimpiada doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Olimpiadada ishtirok etish uchun joriy yilning 10-avgustidan 9-sentabrga qadar @beshtashabbusbot orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin!

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligixorazm
35 views14:12
Ochish/sharhlash
2022-08-10 16:27:36 Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonda g‘olib bo‘lgan shaxmatchilarimiz haqida:

“Chempionlarimizga yana qanaqa sovg‘a berishni uzoq o‘yladim. Mana, bokschilarimizga shunday katta pul mukofoti, mashinalar berdik, shaxmatchilarimizga ham bermasak, adolatdan bo‘lmaydi. Shu sababli ularga mashina ham sovg‘a qiladigan bo‘ldik. Yosh-yosh yigitlarimiz uyiga mashina haydab borsa, tasavvur qilinglar, bu yoshlarimizga qanday katta motivatsiya bo‘ladi”, — dedi davlatimiz rahbari.

Shuningdek, Prezidentimiz 5-avgust kuni imzolagan qaroriga binoan shaxmatchilarga 600 milliondan berilishini qo‘shimcha qildilar.

@alisher_sadullaev
36 views13:27
Ochish/sharhlash
2022-08-10 16:27:36 “Hindistonda g‘olib bo‘lgan shaxmatchilarimizni davlat mukofotlari bilan taqdirlaymiz” — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-avgust kuni Toshkent arxitektura qurilish institutiga tashrif buyurib, shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxmatchilar haqida gapirdi.

“Shaxmatga oid 3 yilda uchta qaror qabul qildik. Nima uchun? Biz 20 yil davomida bu sohada kechikkanimiz uchun qarorlarni qabul qildim. 2026-yilgi shaxmat Olimpiadasiga endi barcha boshqacha tayyorgarlik ko‘radi. “Biz chempionlar yurtiga boryapmiz”, deyishadi.

Ularga katta mukofotlar bersak boshqalar uchun ham bu motivatsiya bo‘ladi.
Hamma ota-onalar farzandlarini shaxmat to‘garaklariga berishni boshlaydi”, — dedi Prezidentimiz.

@alisher_sadullaev
37 views13:27
Ochish/sharhlash
2022-08-09 21:33:06
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida chempionlikni qo‘lga kiritgan jamoamiz bilan telefon orqali muloqot qilib, ularni ushbu buyuk g‘alaba bilan qizg‘in tabrikladi.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
44 views18:33
Ochish/sharhlash
2022-08-09 17:17:32
Президентимиз Шавкат Мирзиёев Ҳиндистоннинг Ченнай шаҳрида бўлиб ўтган 44-Бутунжаҳон шахмат олимпиадасида чемпионликни қўлга киритган жамоамиз билан телефон орқали мулоқот қилиб, уларни ушбу буюк ғалаба билан қизғин табриклади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
35 views14:17
Ochish/sharhlash
2022-08-09 14:10:19
Хоразмлик Нодирбек Ёқуббоев шахмат бўйича Олимпиада чемпиони бўлди

Ҳиндистоннинг Ченнаи шаҳрида Шахмат Олимпиадаси якунланди. Унда Ўзбекистон миллий жамоаси олтин медални қўлга киритди.

Шахматчиларимиз Арманистон ва Ҳиндистондан ўзиб кетиб, биринчи ўринни эгаллашди.

Миллий жамоа шарафини хоразмлик халқаро гроссмейстер Нодирбек Ёқуббоев ҳам муносиб тарзда ҳимоя қилди.

Ўзбекистон эркаклар терма жамоаси шахмат Олимпиадасида Непал (4:0), Фарер ороллари (4:0), Словения (3:1), Словакия (4:0), Перу (4:0), Германия (2,5:1,5), Арманистон (3:1) термаларини ютган бўлса, АҚШ, Ҳиндистон ва Ҳиндистон-2 билан дуранг (2:2) ўйнади.

Хоразмбугун хабарлари
63 views11:10
Ochish/sharhlash
2022-08-08 12:34:08
Mission is done Mr. President https://t.me/shmirziyoyev

Rasman: 2026-yildagi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi!
51 views09:34
Ochish/sharhlash