Get Mystery Box with random crypto!

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonda g‘olib bo‘lgan shaxma | Urganch shahar Yoshlari

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonda g‘olib bo‘lgan shaxmatchilarimiz haqida:

“Chempionlarimizga yana qanaqa sovg‘a berishni uzoq o‘yladim. Mana, bokschilarimizga shunday katta pul mukofoti, mashinalar berdik, shaxmatchilarimizga ham bermasak, adolatdan bo‘lmaydi. Shu sababli ularga mashina ham sovg‘a qiladigan bo‘ldik. Yosh-yosh yigitlarimiz uyiga mashina haydab borsa, tasavvur qilinglar, bu yoshlarimizga qanday katta motivatsiya bo‘ladi”, — dedi davlatimiz rahbari.

Shuningdek, Prezidentimiz 5-avgust kuni imzolagan qaroriga binoan shaxmatchilarga 600 milliondan berilishini qo‘shimcha qildilar.

@alisher_sadullaev