Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar - kelajagimiz ️️️

Telegram kanalining logotibi yoshlar_kelajagimiz_buxoro — Yoshlar - kelajagimiz ️️️ Y
Telegram kanalining logotibi yoshlar_kelajagimiz_buxoro — Yoshlar - kelajagimiz ️️️
Toifalar: Ko‘ngilchak
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 20.69K
Kanalning ta’rifi

Buxorolik yoshlar hayotidan so'zlovchi viloyatda yagona media platforma.
Yoshlar qabulxonasi: @murojaatyoshlarga_bot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2023-04-21 05:31:06
Ўз яқинларингизни ажойиб нонушта билан хурсанд қилинг!

@yoshlar_kelajagimiz_buxoro
1.2K views02:31
Ochish/sharhlash
2023-04-21 05:00:46
Божалар - Севара

@yoshlar_kelajagimiz_buxoro
1.2K views02:00
Ochish/sharhlash
2023-04-21 04:00:56
Ассалому алайкум. Жума тонги муборак бўлсин

Соғ–саломат уйғотган Роббимизга хамдлар бўлсин!

@yoshlar_kelajagimiz_buxoro
1.4K views01:00
Ochish/sharhlash
2023-04-20 18:52:28
Buxoro tumanida “DXX kubogi” musobaqasining saralash o’yinlari davom etmoqda

@yoshlar_kelajagimiz_buxoro
24.0K views15:52
Ochish/sharhlash
2023-04-20 16:13:45
Вобкент туманида "ДХХ кубоги" мусобақалари бўлиб ўтмоқда.

Ёшлар ўртасида соғлом турмуш тарзини шакллантириш, уларга ўз иқтидорини намоён этиши учун катта имкониятлар яратаётган ушбу спорт мусобақаларида туманимиз маҳаллаларининг 16 ёшдан 30 ёшгача бўлган уюшмаган ёшларидан таркиб топган жамоалари 8 та гуруҳга бўлинган ҳолда ўзаро беллашмоқдалар.

Дастлаб, ҳар бир маҳалла ёшларидан ташкил топган жамоалар ғолиблик учун баҳс олиб бориб, сўнг ҳудудлараро баҳсларда куч синашади.

Эслатиб ўтамиз, мусобақанинг туман босқичи апрель ва май ойларида ўтказилиши белгиланган.

@yoshlar_kelajagimiz_buxoro
36.6K views13:13
Ochish/sharhlash
2023-04-20 10:45:46
"Unicorns" startap tanlovining 3-mavsumiga start berildi

"Unicorns" bu — Respublika bo'ylab 18-30 yosh oralig'idagi yoshlarning innovatsion gʻoya va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash tanlovidir.

Startap investitsiya mablag‘lari 150 mln so'mlik va "Venchur" jamg'armalarining $8.5 mln.dollarlik grant mablag‘laridan tashkil topgan.

Ishtirok etish uchun:
1. Startap g'oyangizni taqdimot ko‘rinishida yuboring
2. Akseleratsiyadan o‘ting
3. Taqdimot qiling

Shundan so‘ng, g'oyangizga $100 ming dollargacha investitsiya jalb qilishingiz mumkin bo‘ladi.

Arizalar joriy yilning 30-apreliga qadar www.unicorns.uz sayti orqali qabul qilinadi.

@yoshlar_kelajagimiz_buxoro
22.5K views07:45
Ochish/sharhlash
2023-04-20 08:42:01
Buxoroda 2023-yil 4-aprel kunidan start olgan "Besh tashabbus olimpiadasi"ning mahalla bosqichi 4-10 aprel kunlari o'tkazildi.

Olimpiadaning mahalla bosqichi tarkibidan 9 turdagi sport musoboqalari va tanlovlar o'rin olgan bo'lib, ularda jami 135 264 nafar mahalla yoshlari ishtirok etdi.

Har bir musoboqa va tanlov jarayonida kechgan murosasiz bahslar olimpiadaga bo'lgan qiziqish va tayyorgarlik yildan-yilga oshib borayotganidan dalolatdir.

Ma'lumot o'rnida shuni alohida qayd etish lozimki, olimpiadaga ishtirok etish istagini bildirib, ro'yxatdan o'tgan yoshlar soni viloyat bo'yicha 306 458 nafarni tashkil etadi va ular orasidan quyi bosqichda saralangan yoshlar endilikda sektor bosqichida g'oliblik uchun kurash olib borishadi.

@yoshlar_kelajagimiz_buxoro
742 views05:42
Ochish/sharhlash
2023-04-20 07:01:55
#befarqemasman

Исроил Мадримов, бокс бўйича Осиё чемпиони:

— Вақт одамларни ўзгартирадими? Ҳа! Вақт ҳаммасини ўзгартиради. Бироқ спортда фақат вақтга таяниш мумкин эмас. Акс ҳолда вақтни бой бериш мумкин!
30 апрель — биз бефарқ эмасмиз!

@yoshlar_kelajagimiz_buxoro
1.1K views04:01
Ochish/sharhlash
2023-04-20 06:30:31 Bugun 20-aprel, Payshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 110-kuni.
Yil yakuniga 255 kun qoldi.


BAYRAMLAR:

Rossiyada donorlar kuni
Syerra-Leoneda Respublika kuni
Xitoyda xitoy tili kuni
AQSHda koʻngillilarni taqdirlash kuni

VOQEALAR:

1832-yil — Peterburglik akusher Andrey Volf ilk bor Rossiyada qon quyishga muvaffaq bo‘ldi. Qon yo‘qotgan ayolga uning eri donorlik qildi.
1841-yil — dunyodagi birinchi detektiv hikoya nashr etildi.
1862 — Lui Paster va Klod Bernar sterilizatsiya
1920-yil — Belgiyada VII Olimpiya o‘yinlari boshlandi.
1940-yil — AQShda birinchi elektron mikroskop namoyish etildi.
1982-yil — Navoiy viloyati tashkil topdi.


TAVALLUDLAR:

1745-yil — Filipp Pinel — fransuz shifokori, Fransiyada ilmiy psixiatriya asoschisi.
1840-yil — Odilon Redon — fransuz rassomi, dekorativ, simvolizm asoschilaridan biri.
1904-yil — Ma’murjon Uzoqov — O‘zbekiston xalq hofizi.
1909-yil — Muzayana Alaviya — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi.
1918-yil — Kay Sigban — shved fizigi, “Nobel” mukofoti sovrindori (1981).
1947-yil — Vyacheslav Gvozdkov — rejissyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi.

@yoshlar_kelajagimiz_buxoro
1.6K views03:30
Ochish/sharhlash
2023-04-20 06:01:21
Болада қулоқ оғриғини қандай аниқлаш мумкин?

Шифокор Ҳилола Жумаева:

Болаларда қулоқ оғриғи кўп ҳолатларда учраб туради. Қулоқ оғриғи оғриқ жиҳатидан тиш оғриғига тенг ҳисобланади.

Болада қулоқ оғриғи бўлса, бола инжиқланади, уйқуси бузилади. Шу билан бирга бола йиғлаганда қулоғини ўрнига ишқалаб, босиб йиғлайди. Бу вақтда қулоққа қўл теккизилганда оғриқ ҳисобига бола йиғиси янада кучаяди.

Болада қулоқ оғриғига шамоллаш, инфекция тушиши, чўмилганда сув кириши, шамолда ёки совуқда очиқ ҳолатда қолиши сабаб бўлади.

@yoshlar_kelajagimiz_buxoro
1.3K views03:01
Ochish/sharhlash