Get Mystery Box with random crypto!

Buxoroda 2023-yil 4-aprel kunidan start olgan 'Besh tashabbus | Yoshlar - kelajagimiz ️️️

Buxoroda 2023-yil 4-aprel kunidan start olgan "Besh tashabbus olimpiadasi"ning mahalla bosqichi 4-10 aprel kunlari o'tkazildi.

Olimpiadaning mahalla bosqichi tarkibidan 9 turdagi sport musoboqalari va tanlovlar o'rin olgan bo'lib, ularda jami 135 264 nafar mahalla yoshlari ishtirok etdi.

Har bir musoboqa va tanlov jarayonida kechgan murosasiz bahslar olimpiadaga bo'lgan qiziqish va tayyorgarlik yildan-yilga oshib borayotganidan dalolatdir.

Ma'lumot o'rnida shuni alohida qayd etish lozimki, olimpiadaga ishtirok etish istagini bildirib, ro'yxatdan o'tgan yoshlar soni viloyat bo'yicha 306 458 nafarni tashkil etadi va ular orasidan quyi bosqichda saralangan yoshlar endilikda sektor bosqichida g'oliblik uchun kurash olib borishadi.

@yoshlar_kelajagimiz_buxoro