Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy X
Kanaldagi mavzular:
Kechki
Abituriyent
Перевод
Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Kanaldagi mavzular:
Kechki
Abituriyent
Перевод
Kanal manzili: @xushnudbekuz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50.67K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.
Asosiy kanal — @xushnudbek.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2024-06-16 18:56:16
G'oliblarga yozvordim.

Lekin hali hech kim javob bermadi


@xushnudbekuz
15.4K viewsedited  15:56
Ochish/sharhlash
2024-06-16 18:38:39
Qurbon hayiti munosabati bilan o’tkazilgan tanlov (giveaway) g’oliblari ro’yxati.

Barcha g’oliblarni tabriklaymiz va ular bilan bog’lanib, tez orada «Oltin silsila – Sahihul Buxoriy» to‘liq to‘plamini (8 juz) yetkazamiz. 1 yillik Telegram Premium uchun obuna havolasi g’oliblarga shaxsiy xabar orqali avtomatik yuborildi.

G’olib bo’lmaganlar esa xafa bo’lishmasin. Bu kabi tanlovlarni kanalimizda yana tez-tez o’tkazamiz, Xudo xohlasa.


@xushnudbekuz
15.2K views15:38
Ochish/sharhlash
2024-06-16 10:02:38
#22 HISORAK VAHIMASI: DAVLATNING FUNKSIYASI QAMASH EMAS, TEZKOR AXBOROT BERISH — Lolazor podcast





Ushbu sonda biz energetika va gaz bilan bog‘liq muammolar, Jahon Savdo Tashkilotiga a’zolikning foyda-zararlari, migrantlarimiz, rublning kursi bilan bog‘liq noaniqliklar, jarima ballarini belgilash haqidagi qonun, manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi qonun, O‘zbekiston haqida noma’qul gap aytgan chet el fuqarolari 5 yil davomida O‘zbekistonga kiritilmasligi haqidagi loyiha, Gennis rekordlari kitobiga kiritilishi mumkin bo‘lgan mozaykalarimiz, mirishkor dehqonlarimizning g‘alla hosiliga baraka, “Hisorak” suv omboridagi vaziyat haqida gaplashdik.






@xushnudbekuz
17.4K views07:02
Ochish/sharhlash
2024-06-15 16:09:29
«Oltin silsila – Sahihul Buxoriy» to‘liq to‘plami (8 juz)dan 10 dona xarid qilindi.

Giveaway uchun.

Natijalar ertaga, 16-iyun kuni soat 20:00 da chiqadi.


@xushnudbekuz
17.6K views13:09
Ochish/sharhlash
2024-06-14 21:40:14
Bugun ilk marotaba o'tkazilgan UzChess Cup-2024 superturnirida g'oliblar aniqlandi. Taqdirlash marosimiga meni ham taklif qilishdi.

Jahonning TOP shaxmatchilari qatnashgan turnirni o'ta yuqori saviyada o'tkazgani uchun Shaxmat federatsiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, UzChess jamoasi va boshqa barcha tashkilotchilarga shunchaki qoyil va barakalla.

Masters guruhida Nodirbek Yakubboyev chempion, Nodirbek Abdusattorov 2-o'rinni egallagan bo'lsa, Challengers guruhida Shamsiddin Vohidov chempion bo'ldi. Futures guruhida esa Saidakbar Saydaliyev 3-o'rinni egalladi. Ularga ham barakalla deymiz!


@xushnudbekuz
20.1K views18:40
Ochish/sharhlash
2024-06-13 20:39:24 Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 20 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Abdulla Qahhor. Kartina

Izoh: Kolxoz haqida kartina olishmoqchi ekan, shahardan mehmonlar kelgan. Kartina qanday yoki nima haqida boʻlishi hammani qiziqtiryapti, oʻylantiryapti. U ham chiroyli, ham oddiy, ham haqqoniy boʻlishi kerak, xuddi qishloq odamlariga oʻxshab.

Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/abdulla-qahhor-kartina

Audio hikoyani eshitish uchun:




Bugungi hikoya audiosini Nodira Odilova o‘qigan.

“Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


@xushnudbekuz
19.8K views17:39
Ochish/sharhlash
2024-06-12 16:22:09 Yangilangan fanlar majmuasi tasdiqlandi. O'zgarishlar bor
#abituriyent

2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari maqbullashtirilib, ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi qayta tasdiqlandi.

5-iyundan boshlangan qabulda faqat fanlar majmuasi tanlanyapti xolos. Bunday vaziyatda ko’plab abituriyentlardan “men falon fanlarni tanlasam, bu kelgusida qaysi yo’nalishlarga to’g’ri keladi?”, degan savollar kelib tushmoqda.

Buni bilish uchun yuqoridagi faylda ko'rsatilgan fanlar majmuasi bilan tanishib chiqing.

Avvalgi fanlar majmuasida 573 ta yo'nalish mavjud edi. Yangisida 198 ta yo'nalish ro'yxati tasdiqlangan. Demak, maqbullashtirish natijasida 375 ta yo'nalish yoki birlashtirilgan, yoki qisqartirilgan.


@xushnudbekuz
15.0K views13:22
Ochish/sharhlash
2024-06-11 08:48:05 Rasman: Qurbon hayiti 2024-yil 16-iyun, yakshanba kuni nishonlanadi

***

Qurbon hayiti bayramida necha kun dam olinadi?


JAVOB: Prezident qaroriga ko’ra, olti kunliklar 3 kun, besh kunliklar 4 kun dam olishadi.

15-iyun, shanba — 5 kunliklar uchun DAM OLISH, 6 kunliklar uchun ISH KUNI;

16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti;

17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

18-iyun, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023-yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan).


@xushnudbekuz
33.6K views05:48
Ochish/sharhlash
2024-06-10 21:33:15 RASMIY: “Hisorak” suv omboriga shikast yetmagan FVV bayonoti

Bugun, 10-iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan “Hisorak GES” UK boshqarmasiga qarashli “Hisorak” suv ombori to‘g‘onining chap tarafidan qo‘shimcha tunnel ochish maqsadida olib borilayotgan muhandislik texnik tadbirlari vaqtida suv sizib chiqishi holati kuzatilgan.

Avariya oqibatini bartaraf etish maqsadida “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi rahbarligida viloyat hokimi, FVB, IIB boshliqlari va boshqa mutasaddi tashkilotlardan iborat tezkor shtab tuzilib, maxsus texnikalar yordamida barcha zarur muhandislik tadbirlari olib borilmoqda.

Holat Favqulodda vaziyatlar vazirligi nazoratida. Suv omboriga shikast yetmagan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.

Hurmatli fuqarolar, ortiqcha xavotirga oʻrin yoʻq. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.


@xushnudbekuz
24.6K views18:33
Ochish/sharhlash
2024-06-09 21:32:56 Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 40 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Javlon Jovliyev. Buxoro, Buxoro, Buxoro...

Izoh: Yozuvchi Javlon Jovliyevdan hikoya. Buxorodan Qobilga ko‘chib ketgan oilaning ayanchli taqdiri haqida...

Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/javlon-jovliyev-buxoro-buxoro-buxoro

Audio hikoyani eshitish uchun:




Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

“Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


@xushnudbekuz
21.4K viewsedited  18:32
Ochish/sharhlash