Get Mystery Box with random crypto!

Xushnudbek - o‘ta shaxsiy

Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy X
Kanaldagi mavzular:
Kechki
Telegram kanalining logotibi xushnudbekuz — Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Kanaldagi mavzular:
Kechki
Kanal manzili: @xushnudbekuz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50.79K
Kanalning ta’rifi

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning asosan shaxsiy fikrlari yoritiladigan kichik kanali.
Asosiy kanal — @xushnudbek.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2024-04-28 12:40:53 Futzalda Markaziy Osiyo derbisi juda qiziq bo’lyapti.

O’zbekiston-Tojikiston o’yinida asosiy vaqtda hisob 5:5 bo’ldi. Endi qo’shimcha taymlar.

G’olib Osiyo kubogida 3-o’rinni qo’lga kiritadi.

Olg’a, yigitlar! Biz sizlarga ishonamiz!

@xushnudbekuz
17.9K views09:40
Ochish/sharhlash
2024-04-28 11:22:14
#18 DOLLAR KESKIN OSHADIMI? — Lolazor podcast

Ushbu sonda Toshkentdagi 2 ta katta bog'ning 49 yilga xususiy investorga berib yuborilishi va shu bog'larning allaqachon talon-toroj qilingani, mahalliy kengash deputatlarining nima uchun kerakligi, dollarning keskin oshishi, maktab hududlarining sotilishi, viloyat mashinalarining Toshkentda taksi qilish huquqi, Britaniyadan kelgan martabali mehmon va uning ahamiyati, hokimlarning vakolat doirasi hamda O'zbekiston U23 terma jamoasining g'alabasi haqida gaplashdik.





Dam olish kuni yoqimli tomosha tilaymiz.


@xushnudbekuz
18.7K views08:22
Ochish/sharhlash
2024-04-26 19:41:14 Futzalchilarimiz ham biz uchun g’olib!
13.5K views16:41
Ochish/sharhlash
2024-04-26 19:16:33 Barchaga g’alaba muborak! Finalga ham chiqamiz, Xudo xohlasa!

Barakalla, yigitlar!
14.9K views16:16
Ochish/sharhlash
2024-04-26 17:10:56 Yutamizmi, Xudo xohlasa?

Alloh omadimizni bersin.
17.0K views14:10
Ochish/sharhlash
2024-04-26 12:02:10
O’t o’chiruvchilarning “Betmen”i


@xushnudbekuz
18.4K views09:02
Ochish/sharhlash
2024-04-25 21:13:26 Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 10 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Ivan Bunin. Yoshlik va keksalik (hikoya)

Izoh: Ushbu hikoya inson umrining qanchalik tez o‘tishi, uni qanday o‘tkazish esa o‘ziga havola ekanligi ta’kidlangan. Hikoyadagi keksa kurd inson hayoti turli davrlarga bo‘linishini, o‘sha davrlarda ham inson inson bo‘lib qolishi kerakligini ta’riflab bergan.

Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/ivan-bunin-yoshlik-va-keksalik

Audio hikoyani eshitish uchun:




Bugungi hikoya audiosini Madina Musayeva o‘qigan.

“Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


@xushnudbekuz
18.2K views18:13
Ochish/sharhlash
2024-04-25 17:03:43 Kino ko’raman deganlar uchun “Lolazor” jamoasining TOP-10 filmlar tavsiyasi





Endi har payshanba kunlari “Lolaqizg’aldoq” qisqa podkastini ko’rasiz Bunda turli mavzulardagi TOP-10 reytinglarni e’lon qilamiz.


@xushnudbekuz
18.2K views14:03
Ochish/sharhlash
2024-04-24 19:00:39
Uraaaa! Futzalchilarimiz qiyin o‘yinda Vetnamni 2:1 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga chiqdi!

Dastlabki taymda 1:0 ga yutqazayotgan edik, ikkinchi taymda tenglashtirdik va oxirgi daqiqada g‘alaba golini urib ketdik. Zo‘r! Barakalla!

Endi yarim finalda o‘ta kuchli Eron bilan o‘ynaymiz. Olg‘a, yigitlar!


@xushnudbekuz
20.0K views16:00
Ochish/sharhlash
2024-04-23 18:13:30
Yutmoq yo qolmoq, shudir masala

Bugun soat 20:30 da U23 Osiyo kubogi guruh bosqichi doirasidagi 3-turda O’zbekiston va Vyetnam o’yini boshlanadi.

Terma jamoamiz oldida kutilmagan dilemma chiqib qoldi: guruhda nechanchi o’rinni olish kerak?

Chunki narigi guruhda Saudiya Arabistoni oxirgi o’yinda yutqazib, guruhda 2-o’rinni egalladi. Agar biz bugun yutsak yoki durang o’ynasak, unda chorak finalda Saudiya bilan o’ynaymiz. Saudlar turnirning amaldagi chempioni hisoblanadi. Eslasangiz, ular 2 yil oldingi finalda “Bunyodkor” stadionida yigitlarimizni 2:0 hisobida mag’lub etgan edi.

Agar bugun yutqazsak, unda guruhda 2-o’rinni olamiz va chorak finalda Iroq bilan o’ynaymiz.

Nima qilmoq kerak? Murabbiylar bu haqda bosh qotirayotgan bo’lsa kerak.

Menimcha, bugun boshni baland ko’tarib, mardlarcha yutuq uchun o’ynayverish kerak. Saudiyani ham yuta olamiz, 2 yilda jamoamiz ancha kuchaydi, ko’z tegmasin.


@xushnudbek
14.2K views15:13
Ochish/sharhlash