Get Mystery Box with random crypto!

UzFi Ped Instituti -SIRTQI BO'LIM

Telegram kanalining logotibi uzsirtqi — UzFi Ped Instituti -SIRTQI BO'LIM U
Telegram kanalining logotibi uzsirtqi — UzFi Ped Instituti -SIRTQI BO'LIM
Kanal manzili: @uzsirtqi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.60K

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-01-19 12:34:45
https://t.me/sirtqibolimgamurojaatbot ga chaqiruv qog'ozi uchun ham murojaat qilish mumkin, kimga chaqiruv qog'ozi kerak bo'lsa murojaat qilasiz, va Hemis tizimidan o'zingiz kirib yuklab olasiz!
1.0K viewsedited  09:34
Ochish/sharhlash
2023-01-18 18:33:04 Ideal odamlar va kamchiliklarga to'la sen

Odam muhabbat qozonish uchun koʻp narsaga, birovning havasini keltirish uchun esa hamma narsaga tayyor boʻladi. Mark Tven

Instagramga kirasan hamma baxtli, hamma aqilli, hamma muhim ishlar bilan band, ular hayotini faqat samarali o'tkazmoqda. Sen-chi? Bekorchi, dangasa, ishing yurishmayapti, bir so'z bilan aytganda dunyodagi eng baxtsiz odamsan.

Aslida inson tabiati o'zini tashqi tomonga ideal ko'rsatish va iloji boricha kamchiliklarni yashirishga juda moyil. Ijtimoiy tarmoqlar esa bu uchun eng qulay nuqta.

O'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatganki 70% foizdan ko'proq aholi o'zining dam olish kunlari qo'ygan dam olish joylaridagi rasmlarini ancha oldin tushgan yoki aslida umuman bormagan bo'ladi. Hattoki qizlar o'zining yo'q yigitlari bilan soxta uchrashuvlarni ham aynan ijtimoiy tarmoqlar orqali to'qib chiqarishadi. Maqsad esa aniq - boshqalarning havasini keltirish!

Ijtimoiy tarmoqlar insonlarni stress va depressiyaga tushiradigan katta mashina. Eng qizig'i undagi 90% baht, mukammallik barchasi fake( soxta).

Maslahat esa oddiy: o'zingni boringcha qabul qilishni o'rgan! Solishtirishni to'xtat! O'zingni sev va o'zing bilan vaqt o'tkaz! Depressiya mashinasidan uzoqroq yur!
Omon bo'l
727 views15:33
Ochish/sharhlash
2023-01-18 18:33:04 Insonlarning ajoyib psixologiyasi

Statistikaga koʻra sen bajargan ish, tayyorlagan, post, video yoki koʻrsatuv 10ta odamga yoqsa shundan 9tasi senga bu haqida aytmaydi. Lekin sen qilgan ishlar 10kishiga yoqmasa undan 9tasi bu haqida kelib aytadi.

Svetoforda qizilga oʻtib ketsang hamma seni soʻkadi, yomonlaydi, lekin toʻxtab tursang hech kim senga kelib rahmat demaydi.

Bezorilarga, oʻgʻrilarga, masheniklarga jazo bor, lekin tinch yurgan, aqlli, qonunga amal qiladiganlarga mukofot yoʻq.

Tezlikni oshirsang uyga jarima xati boradi. Lekin nega tezlikni oshirmaganlarga konvertda pul bormaydi?!

Maktablarda formasiz va kechikib kelganlarga jarima bor, lekin oʻz vaqtida kelganlarga birov rahmat demaydi.

Ishxona, universitet, maktablarda esa doim kelganlar kelmaganlar uchun gap eshtishadi.
727 viewsedited  15:33
Ochish/sharhlash
2023-01-18 18:26:42
ESLATMA: TO‘LOV-KONTRAKT MABLAG‘LARINI TO‘LASHNING OXIRGI MUDDATI 20-YANVAR

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalarining ayrim toifadagi talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 20-yanvari etib belgilangan.

Bu uzaytirish bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga:

to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar;
o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
va qayta tiklangan talabalar uchun.

Ushbu munosabat bilan, talaba-yoshlardan to‘lov-kontrakt mablag‘larini joriy yilning 20-yanvar kunidan kechiktirmasdan to‘lashlari so‘raladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
816 views15:26
Ochish/sharhlash
2023-01-17 19:47:23
#Foydali

Qadrli talabalar, kanalimiz kuzatuvchilari!

Vaqtingizni mazmunli o‘tkazishingiz uchun respublikamizda mavjud muzeylarga virtual sayohat qilish imkoni taqdim etilmoqda.


@eduuz quyidagi virtual galereyalar orqali koʻplab eksponatlarni yaqindan tomosha qilishni tavsiya etadi.

Abdulla Qahhor uy-muzeyiga sayohat

O'zbekiston amaliy sanat muzeyiga sayohat

Tamara Xonim uy-muzeyiga sayohat

O‘zbekiston Davlat Tabiat muzeyiga sayohat

O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyiga sayohat

Oybek uy-muzeyiga sayohat

Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga sayohat

Shon-sharaf muzeyiga sayohat

Qurolli kuchlar muzeyiga sayohat

Temuriylar tarixi Davlat muzeyiga sayohat

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
1.2K views16:47
Ochish/sharhlash
2023-01-17 11:24:25 Hurmatli talabalar yakuniy va oraliq nazoratlarni qoldirilishi bu talabalarni sharoitini hisobga olib qoldirildi! Yakuniy nazoratlar jadvali qayta tuziladi biz tashlab beramiz! nazoratlar 23.01.2023 dan boshlab o'tkazish rejalashtirilmoqda!
1.5K views08:24
Ochish/sharhlash
2023-01-17 10:36:32 #Tezkor
Hurmatli talabalar ob-havoning noqulayligi sababli yakuniy nazoratlar kechiktirildi!
1.8K views07:36
Ochish/sharhlash
2023-01-15 17:20:56 Qanday kitob o'qishni maslahat berasiz?

Kitob tanlab o'qish xuddi doktorga borishga o'xshaydi. Qayering og'risa shu yerning mutaxassisiga murojaat qilasan, to'g'rimi?

Quloq va burunda muammo bo'lsa Lorga, ko'zing og'risa okulistga, yuraging og'risa kardiologga borganing kabi sening qaysi jihatingda muammo bo'lsa shunga mos kitob o'qishing lozim.

Aslida kamchiliklar ham kasalliklar kabidir to'g'ri tanlangan kitob esa malakali doktorga o'xshaydi.

Hissiyotlaringni boshqara olmayapsanmi? "Emotional intelligence" kitobini o'qi, shaxsiy rivojlanishda muammolar bo'lsa "7 habits of highly successful people", qarama-qarshi jins vakillarini tushunishni xohlasang "men from Mars women from Venus" kitobi, yomon odatlarni tashlab yaxshisini boshlamoqchimisan "atomic habits" kitoblarini seni davolaydi.

Men sanagan kitoblar sening kasaling uchun o'z sohasidagi eng kuchli professorlardir. Ularni albatta o'qi.

Ha aytgancha, bilasan-a? O'zimizda sifatli doktorlar kam ular hamma kasalingni ham davolay olishmaydi. Shuning uchun odamlar chet elga chiqishadi. Sen ham sifatli doktor( kitob) uchun chet tilini bilishing kerak( rus va ingliz) bu senga o'z sohasini eng kuchli professorlaridan shifo topishingga yordam beradi.
1.0K views14:20
Ochish/sharhlash
2023-01-15 17:20:56 Mentalitet

Agar sen juda katta, hashamatli uy qurib, o'zlari kichkinagina oshxonada o'tiradigan odamlarni ko'rsang - demak sen O'zbekistondasan.

Agar uyida 30 ta yangi ko'rpachasi bo'lib, o'zlari eskisida o'tiradigan odamlarni ko'rsang - sen O'zbekistondasan.

Agar devoridan avval darvozasini quradigan odamlarni ko'rsang - sen O'zbekistondasan.

Agar sahardan yuzlab odamlarga tekinga ovqat tarqatayotgan odamlarni ko'rsang - sen O'zbekistondasan.

Agar mashina olib, bir yilgacha salafanini yechmay yuradigan odamlarni ko'rsang - sen O'zbekistondasan.

Agar darvozani qulflab, kalitni uning tagiga berkitib ketadigan insonlarni ko'rsang - sen O'zbekistondasan.

Va nihoyat agar sen saxiy, samimiy, ilmga chanqoq, go'zal va mehmondo'st odamlarni ko'rib qolsang bilginki, sen - O'zbekistondasan!
1.1K views14:20
Ochish/sharhlash
2023-01-15 17:20:55 Singlimga maslahatlar

Farosatli bo'l, go'zal ko'rinasan.

O'z chiroyingni faqat o'z egasiga ko'rsat, gunohdan tiyilib savobga erishasan.

Albatta ilmli bo'l! Ko'p kitob o'qi, yangi ko'nikmalar orttir, fikrlash va tafakkurni o'rgan. O'z juftingga qiziq va maslahatgo'yi bo'lasan.

Farzandingni chiroyli tarbiya qil. Bunda sabrli bo'l. Esingda saqla sening jamiyat va ummatga 1ta komil farzand yetishtirib berishing 10ta biznes yuritishingdan ko'ra afzalroq.

O'z qadringni bil, hech kimni seni xafa qilishga haqqi yo'q.

Imkoning bo'lsa albatta bitta chet tilini va ITni o'rgan. Chet tili senga cheklanmagan kutubxona va barcha savollarin javobi kalitidir. IT esa xuddi tikuvchilikka o'xshaydi. Uyda o'tirib o'z sevimli ishing bilan ham shug'ullanishing mumkin.

Esingda saqla! Oson erishiladigan narsaning qadri bo'lmaydi. Albatta sen erishilishi qiyin bo'lgan cho'qqi bo'lgin faqat eng kuchli xohishi bor va shunga loyiq odam seni topib keladi.
1.0K views14:20
Ochish/sharhlash