Get Mystery Box with random crypto!

Qanday kitob o'qishni maslahat berasiz? Kitob tanlab o'qish | UzFi Ped Instituti -SIRTQI BO'LIM

Qanday kitob o'qishni maslahat berasiz?

Kitob tanlab o'qish xuddi doktorga borishga o'xshaydi. Qayering og'risa shu yerning mutaxassisiga murojaat qilasan, to'g'rimi?

Quloq va burunda muammo bo'lsa Lorga, ko'zing og'risa okulistga, yuraging og'risa kardiologga borganing kabi sening qaysi jihatingda muammo bo'lsa shunga mos kitob o'qishing lozim.

Aslida kamchiliklar ham kasalliklar kabidir to'g'ri tanlangan kitob esa malakali doktorga o'xshaydi.

Hissiyotlaringni boshqara olmayapsanmi? "Emotional intelligence" kitobini o'qi, shaxsiy rivojlanishda muammolar bo'lsa "7 habits of highly successful people", qarama-qarshi jins vakillarini tushunishni xohlasang "men from Mars women from Venus" kitobi, yomon odatlarni tashlab yaxshisini boshlamoqchimisan "atomic habits" kitoblarini seni davolaydi.

Men sanagan kitoblar sening kasaling uchun o'z sohasidagi eng kuchli professorlardir. Ularni albatta o'qi.

Ha aytgancha, bilasan-a? O'zimizda sifatli doktorlar kam ular hamma kasalingni ham davolay olishmaydi. Shuning uchun odamlar chet elga chiqishadi. Sen ham sifatli doktor( kitob) uchun chet tilini bilishing kerak( rus va ingliz) bu senga o'z sohasini eng kuchli professorlaridan shifo topishingga yordam beradi.