Get Mystery Box with random crypto!

Insonlarning ajoyib psixologiyasi Statistikaga koʻra sen baja | UzFi Ped Instituti -SIRTQI BO'LIM

Insonlarning ajoyib psixologiyasi

Statistikaga koʻra sen bajargan ish, tayyorlagan, post, video yoki koʻrsatuv 10ta odamga yoqsa shundan 9tasi senga bu haqida aytmaydi. Lekin sen qilgan ishlar 10kishiga yoqmasa undan 9tasi bu haqida kelib aytadi.

Svetoforda qizilga oʻtib ketsang hamma seni soʻkadi, yomonlaydi, lekin toʻxtab tursang hech kim senga kelib rahmat demaydi.

Bezorilarga, oʻgʻrilarga, masheniklarga jazo bor, lekin tinch yurgan, aqlli, qonunga amal qiladiganlarga mukofot yoʻq.

Tezlikni oshirsang uyga jarima xati boradi. Lekin nega tezlikni oshirmaganlarga konvertda pul bormaydi?!

Maktablarda formasiz va kechikib kelganlarga jarima bor, lekin oʻz vaqtida kelganlarga birov rahmat demaydi.

Ishxona, universitet, maktablarda esa doim kelganlar kelmaganlar uchun gap eshtishadi.