Get Mystery Box with random crypto!

UzFi Ped Instituti -SIRTQI BO'LIM

Telegram kanalining logotibi uzsirtqi — UzFi Ped Instituti -SIRTQI BO'LIM U
Telegram kanalining logotibi uzsirtqi — UzFi Ped Instituti -SIRTQI BO'LIM
Kanal manzili: @uzsirtqi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.60K

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-01-13 13:15:40
863 views10:15
Ochish/sharhlash
2023-01-13 12:05:10
Hemis axborot tizimidan foydalanish bo'yicha video dars!
914 views09:05
Ochish/sharhlash
2023-01-12 22:08:23 Qiyinchilik

Hayotdagi juda ko'p jarayonlarda bir qoida bor: "yaxshi bo'lishidan oldin albatta yomonroq bo'ladi(no pain no gain)".

Sport zalga chiqasan sog'lom va baquvvat bo'lmoqchisan. Lekin undan oldin albatta butun tana og'riqlari va vaqt sinovidan o'tishing kerak.

Ilmli bo'lmoqchisan, demak oldinroq zerikish, charchash, va do'stlar davrasidan qolib ketishga ham tayyor turishing kerak.

Karyerangda o'smoqchisan. O'sish uchun nima kerak? Ha, qo'shimcha vaqt va tavakkalchilik. Demak boshida oyliging avvalgidan ham kam bo'lishiga tayyor bo'lsanggina uni o'zgartira olasan.

Xulosa: biror ishni boshlaganingda qiyinchilik bo'lishi tabiiy va qiyinchilik borligi bu narsaning sen uchun emasligini anglatmaydi.

Qiyinchilik bu filter, kim muvaffaqiyatga loyiq yoki loyiq emasligini saralab beradigan jarayon.
1.0K views19:08
Ochish/sharhlash
2023-01-12 22:02:31 https://t.me/sirtqibolimgamurojaatbot
948 views19:02
Ochish/sharhlash
2023-01-11 20:59:09 Nega kitob o'qishim kerak?

1. Senda ko'pi bilan 60-70 yil umr bor. Har bir kitob muallifi esa o'z umrini shu kitobga investitsiya qilgan bo'ladi. Bu degani 10ta kitob o'qisang 600 yil umr ko'rgan kabi biliming bo'ladi.

2. Ayollar doim o'zlaridan kuchliroq erkaklarni yoqtiradi. Bizning hech qanday karomatimizsiz ham Alloh bizni ulardan jismonan kuchli yaratgan endi aqlan kuchayishimiz esa o'z mehnatimizga bog'liq.

3. Aqilli emas Dono bo'lish uchun o'qishing kerak. Aqilli odam - o'z xatolaridan xulosa qiladigan inson. Dono odam - boshqalarning xatosini ko'rib o'ziga xulosa oladigan insondir.Umr va resurslar cheklangan demak hamma xatolarni qilib ko'rish bizga qimmatga tushadi.

4. O'zingni anglash uchun o'qi. Nega yashayapsan? Nega bu  dunyoga kelding? Nega  yig'laysan?  Nega dangasasan? O'zingni, o'zligingni, tanangni, harakatlaringni va eng muhimi Yaratuvchingni anglash uchun o'qi.

5. Boshqarilivchi emas boshqaruvchi bo'lish uchun o'qi. Bu dunyoni albatta aqilliroq insonlar boshqaradi. Ular katta tashkilotlarni, korxonalarni, davlatlarni va hatto butun dunyoni boshqaradilar. O'qimasang albatta ularga ishlaysan.

6. Vaqtimiz va energiyamizni qimmatroqqa sota olishimiz uchun o'qishimiz. Sen qanchalik ko'p o'qisang, sening qiymating shunga yarasha ortib boradi. 1 soati 1000$ turadigan huquqshunoslar aynan O'zbekistonda ishlashmoqda.

7. Dam olish uchun,  sokinlik, yolg'iz qolish, fikrlash, tafakkur va mazza qilish uchun o'qi kitobni.
1.1K viewsedited  17:59
Ochish/sharhlash
2023-01-09 18:11:21 Yuqorida 01.01.2023 holati bo'yicha shartnoma to'lovini amalga oshirganlar va to'lov amalga oshirmaganlar ro'yxati, shartnoma bo'yicha 50% to'lov qilish muddati 01.01.2023 kuni etib belgilangan! 50 % dan kam to'lovni amalga oshirgan talabalar 18.01.2023 kuniga qadar to'lovni amalga oshirmasangiz yakuniy nazoratlarga kiritilmaysiz!!!
SIRTQI TA'LIM BO'LIMI

Izoh: Yuqoridagi ro'yxatda familiya ismi chiqmagan talabalar shartnoma qog'ozini
kontrakt.edu.uz saytidan yuklab olmagan!
Kontrakt to'lovi bilan yuzaga keladigan muommolar uchun kontrakt bo'limi telefon raqami: +998939936686
1.3K viewsedited  15:11
Ochish/sharhlash
2023-01-08 21:04:11 Tavsiya etaman: HEMIS https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tmetjem.hemis
1.2K views18:04
Ochish/sharhlash
2023-01-08 21:03:49 Tavsiya etaman: HEMIS
https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tmetjem.hemis
1.2K views18:03
Ochish/sharhlash
2023-01-05 18:22:12
Hurmatli professor-oʻqituvchilar, qadrli ota-onalar va talaba-oʻquvchilar!

Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga asosan 10-yanvardan boshlab, havo haroratining keskin pasayishi davrida aholi oʻrtasida, ayniqsa taʼlim tashkilotlarida mavsumiy gripp kasalligining keskin koʻpayishining oldini olish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddati 2023-yil 18-yanvarga qadar uzaytirildi.

Dars mashg‘ulotlari 18-yanvardan boshlanadi.

Bu davrda taʼlim tashkilotlari pedagog va boshqa xodimlarga amaldagi ish haqi toʻlovlari saqlanib qoladi.

Shuningdek, taʼtil kunlari talabalar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash boʻyicha onlayn seminarlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.

Talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2023-yilning 18-yanvariga qadar uzaytirildi.

Eng asosiysi, 9-yanvargacha xarid qilingan avia va temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.

Bundan tashqari, taʼtil uzaytirilishi munosabati bilan avia hamda temir yoʻllarda qoʻshimcha joy (reys)lar ajratiladi.

Ushbu davrda belgilangan dars mashgʻulotlari oʻquv yili davomida tigʻizlashtirib oʻqitiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
798 views15:22
Ochish/sharhlash
2023-01-05 17:46:57 Расмий хабар: қишки таътил узайтирилди

Ўзбекистонга аномал совуқ об-ҳаво кириб келиши муносабати билан барча бўғиндаги таълим муассасаларида (мактаб, лицей, техникум, коллеж, олий таълим муассасалари ва ҳк) қишки таътил муддати 17 январга қадар узайтирилди.

Ўқув машғулотлари 18 январь, чоршанба кунидан бошланади.

Манба: ЎзА


@xushnudbek
706 views14:46
Ochish/sharhlash