Get Mystery Box with random crypto!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi M
Kanaldagi mavzular:
Вазир
Jonli
Xalqaro
Fransiya
Telegram kanalining logotibi uzedu — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
Kanaldagi mavzular:
Вазир
Jonli
Xalqaro
Fransiya
Kanal manzili: @uzedu
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 77.57K
Kanalning ta’rifi

Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09
✉️ info@xtv.uz
Manzil: Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2024-04-10 05:24:32
#Tabriknoma

Aziz yurtdoshlar!

Sizlarni qutlug' ayyom — Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.

Jamiyatimiz farovonligi va yurtimiz taraqqiyoti yo'lidagi sharafli mehnatingizda zafar yor bo'lsin.

Shunday qutlug' kunlarda osmonimiz hamisha musaffo, dasturxonlarimiz to'kin, xalqimiz esa birdam bo'lishini tilaymiz. Barcha ezgu niyatlaringizning ijobati nasib qilsin!

Hayit ayyomingiz muborak bo'lsin!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi jamoasi

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
14.8K views02:24
Ochish/sharhlash
2024-04-09 12:55:05 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 22-dekabrdagi “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlamaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2024-yil 8-apreldagi “Muborak Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida:

joriy yilning 10 — 12-aprel (chorshanba — juma) kunlari — dam olish kuni, deb eʼlon qilingan.

Shu munosabat bilan, 2024-yil 13-aprel (shanba) kuni barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarida rejadagi dars jadvali asosida oʻqish kuni hisoblanadi.

Dam olish kunlariga toʻgʻri kelgan oʻquv mashgʻulotlarini oʻquv yili yakuniga qadar mavzularni tigʻizlashtirgan holda oʻzlashtirish tavsiya etiladi.


____________

В соответствии с Указами Президента Республики Узбекистан от 22 декабря 2023 года «Об установлении дополнительных нерабочих дней в период празднования официальных дат и переносе выходных дней в 2024 году» и постановлением «О праздновании священного Рамазан хайита» от 8 апреля 2024 года, в общеобразовательных школах:

10-12 апреля (среда-пятница) этого года объявлены выходными днями.

В связи с этим 13 апреля 2024 года (суббота) будет учебным днем по плановому графику уроков во всех общеобразовательных школах.

Тематический контент запланированный на дни объявленные выходными, рекомендуется освоить к концу учебного года.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
73.8K viewsedited  09:55
Ochish/sharhlash
2024-04-09 11:22:11
#AYNI_DAMDA

#HAMKORLIK
Jahon banki va Maktabgacha ta’lim agentligi hamkorligida Erta yoshdagi bolalar ta’lim sifati va natijalarini baholash
Toshkent tumani

Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyatimizda Erta yoshdagi bolalar ta’lim sifati va natijalarini baholash bo‘yicha xalqaro MELQO baholash tizimi asosida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim-tarbiya jarayoni sifatini baholash doirasida so‘rovnomalar va seminar-treninglar tashkil etilmoqda.

Jarayonlar Toshkent tumanidagi Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib o‘tmoqda.

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati
——————————————————-
Kanalni yaqinlaringiz bilan ulashing
Telegram   |   Facebook
13.1K views08:22
Ochish/sharhlash
2024-04-08 09:21:54
#Видеоинструкция

Видеоинструкция по проведению тестовых испытаний на квалификационную категорию педагогических кадров

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
19.8K viewsedited  06:21
Ochish/sharhlash
2024-04-08 09:21:54
#Йўриқнома

Pedagog kadrlarning malaka toifasi test sinovlari bo‘yicha videoyo‘riqnoma tayyorlandi.

Unda attestatsiya kuni amal qilish lozim bo‘lgan qoidalar, belgilangan vaqt va imtihon tartibi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
30.1K views06:21
Ochish/sharhlash
2024-04-07 03:04:04
#Ustoz_shogird

Ustoz va shogird PISA 2025 tadqiqotlari va uning o’tkazilish tartibi haqida.

Ma'lumot uchun, PISA 2025 tadqiqotlarida O'zbekiston 2-marta ishtirok etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
32.8K views00:04
Ochish/sharhlash
2024-04-06 19:21:46
Vazir o’rinbosari Surxondaryodagi ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanishdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o’rinbosari Temur Komilov ishchi guruh bilan Surxondaryo viloyatining Termiz tumanidagi 2-sonli umumta'lim maktabida bo’ldi.

Maktabdagi uchrashuv davomida
vazir o’rinbosari mazkur ta’lim muassasasi faoliyati hamda unda yo’lga qo’yilgan ta’lim-tarbiya jarayonlari bilan tanishib, tanaffus davomida o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.

Shuningdek, maktabda kasb-hunarga o’qitish jarayonlarini yanada yaxshilash borasida o’z tavsiyalarini berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | You tube | Twitter | Veb-sayt
22.6K views16:21
Ochish/sharhlash
2024-04-06 15:22:01
#Vazir_va_yoshlar_uchrashuvi

Vazir Hilola Umarova bektemirlik yoshlar muammolarini tingladi


Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda yoshlar o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi. Shuningdek, vazir har bir yoshning muammolarini individual tinglab, bu bo‘yicha mas'ullarga topshiriq berdi.

Ochiq muloqot davomida xususan, biznes va axborot texnologiyalari sohalarini chuqurroq o‘rganish, tikuv sexi ochishga ko‘maklashish va o'z loyihalarini amaliyotga joriy etishda yordam berish kabi masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yili Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri va vazir o‘rinbosarlariga 190 nafar yoshlar biriktirilgan edi.

Yil davomida vazirlik tomonidan yoshlarning kasb o‘rganishi, ishga joylashishlari va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun amaliy ishlar olib borildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
31.3K views12:22
Ochish/sharhlash
2024-04-06 11:30:30
Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar belgilandi

Avval xabar qilinganidek, maktabgacha, umumta’lim va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari 2024-yil 15-apreldan boshlab attestatsiyadan o‘tkaziladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan mazkur malaka toifa sinovlari o‘tkazilish vaqti belgilandi. Unga ko‘ra:

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan — 15-16 aprel kunlari (2 kun);
Boshlang‘ich ta’lim fanidan — 17-22 aprel kunlari (5 kun);
O‘zbek tili (Davlat tili), Ona tili va adabiyot fanlaridan — 23-25-aprel kunlari (3 kun);
Matematika fanidan — 26-29-aprel kunlari (3 kun);
Fizika, Kimyo fanlaridan — 30-aprel — 1-may kunlari (2 kun);
Biologiya, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan — 2-3 may kunlari (2 kun);
Musiqa madaniyati, Tasviriy san’at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yo’nalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yo’nalishi - o’g’il bolalar uchun) fanlaridan — 4-6 may kunlari (2 kun);
Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti (rus), Qoraqalpoq tili (Davlat tili) fanlaridan — 7-8 may kunlari (2 kun);
Fransuz tili, Hind tili, Ingliz tili, Koreys tili, Nemis tili, Qirg‘iz tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Xitoy tili, Yapon tili fanlaridan — 10-13 may kunlari (3 kun);
Davlat va huquq asoslari, Tarbiya, Tarix fanlaridan — 14-15-may kunlari (2 kun);
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, Jismoniy tarbiya fanlaridan — 16-17-may kunlari (2 kun);
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi, Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologi, Tarbiyachi-metodist, O‘qituvchi-defektolog, O‘qituvchi-logoped, Musiqa xodimi (Musiqa rahbari), Psixologlarga — 18 may kunlari (1 kun);
Qoraqalpoq tili va adabiyoti fanidan — 20-21 may kunlari (2 kun) malaka toifa sinovlari o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun: malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan joy manzillari quyida keltirib o‘tilgan.
115.7K views08:30
Ochish/sharhlash
2024-04-06 09:47:46
Iqtidorli yoshlar zaxirasini shakllantirish uchun tashkil qilingan olimpiadaga start berildi

Bugun respublikamizning barcha tumanlarida 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika-informatika bo‘yicha olimpiada tashkil qilinmoqda. 100 nafar iqtidorli o‘quvchilar zaxirasini shakllantirish maqsadida o‘tkazilayotgan saralash olimpiadasida o‘quvchilarning mantiqiy, tanqidiy, kreativ fikrlash qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan 30 ta topshiriqlar taqdim qilinib, ularni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

Mazkur bosqichda har bir sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafar (1-, 2-, 3-o‘rinlar) g‘olib aniqlanadi va saralash olimpiadasining uchinchi (viloyat) bosqichda ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.

Saralash olimpiadasining uchinchi (viloyat) bosqichi — 17-aprel kuni;

Saralash olimpiadasining to‘rtinchi (Respublika) bosqichi — 18-aprel kuni o‘tkaziladi.

Respublika bosqichi hududlarda tashkil qilinadi, bunda III bosqichda har bir sinf kesimida 5 nafardan ishtirokchilar o‘z hududlarida berilgan topshiriqlarni nazorat, kuzatuv ostida bajarishadi, ishlar maxsus Telegramm kanalga joylanadi, markazlashgan holda tekshiriladi hamda yakuniy natija Respublika miqyosida eʼlon qilinadi.

Saralash olimpiadasining Respublika bosqichi yakuniy natijalariga ko‘ra eng yaxshi natija ko‘rsatgan 4 nafar o‘quvchilar (tashkiliy qo‘mita tomonidan belgilangan yosh toifasiga mos bo‘lgan) Xalqaro matematika musobaqasida(IMS) ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritiladi. Mazkur xalqaro olimpiada 2024-yilning 26-31-iyul kunlari Hindiston davlatida bo‘lib o‘tadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin
18.7K views06:47
Ochish/sharhlash