Get Mystery Box with random crypto!

#Xalqaro_hamkorlik #Fransiya Xabaringiz bor, Maktabgacha va | Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

#Xalqaro_hamkorlik
#Fransiya

Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab vazirligi tomonidan Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda fransuz tili o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilgan.

Mazkur loyiha doirasida joriy yilda 120 nafar fransuz tili ustozlari Fransiyaga stajirovkaga yuborilmoqda.

Bugun ushbu loyihaning rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi va yurtimizda ustozlar uchun yaratilayotgan sharoitlar hamda mazkur loyihaning ahamiyati haqida so’z yuritdi.

Shundan so’ng Fransiyaning O’zbekistondagi elchisi Aureliya Bushez so’zga chiqib, amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalarga to’xtaldi.

Tadbirda, shuningdek loyihada muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan ustozlar ham o’z fikr-mulohazalari bilan bo’lishishdi.

Ma’lumot o’rnida: ertaga, 23-iyun kuni bir guruh fransuz tili ustozlari Fransiyaga jo’nab ketishadi.

7-iyul kuni ikkinchi guruh o’qituvchilar stajirovkaga yuboriladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram Facebook
Youtube Instagram
Veb-sayt Linkedin