Get Mystery Box with random crypto!

URGANCHTRANSGAZ_INFO

Telegram kanalining logotibi urganchtransgaz_info — URGANCHTRANSGAZ_INFO U
Telegram kanalining logotibi urganchtransgaz_info — URGANCHTRANSGAZ_INFO
Kanal manzili: @urganchtransgaz_info
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 675

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2023-01-30 10:14:33
Havfsizlik qoidalari - uzoq va sog‘lom umr garovi

Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilish ishchi-xodimlarning jismonan salomat bo‘lishini ta'minlaydi. Shu munosabat bilan Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasida mehnat muhofazasi xizmati masʼullari, yuk ko‘tarish mexanizmlariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, shuningdek, gaz ballon uskunalari bilan jihozlangan avtotransport vositalari haydovchilari uchun o‘qish tashkil etildi.

Mashg‘ulotlar “Urganchtransgaz” UK tasarrufidagi “UTG training” o‘quv markazi o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borildi. Mashg‘ulotlar davomida texnika xavfsizligiga rioya qilish-sog‘lom hayot garovi ekanligiga yana bir bor eʼtibor qaratildi.

UTG.UZ|Facebok|Instagram|YouTube|Telegram
747 views07:14
Ochish/sharhlash
2023-01-28 05:55:16 “O‘ztransgaz” AJ aksiyadorlari diqqatiga!

“O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati — aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2023-yil 16-fevral kuni soat 15:00 da, Toshkent sh., Shahrisabz ko‘chasi, 85A-uyda joylashgan “O‘ztransgaz” AJ binosining katta zalida bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.

Batafsil...
737 views02:55
Ochish/sharhlash
2023-01-27 18:12:39
“Урганчтрансгаз” УКда видеоконференц алоқа шаклида ташкилий йиғилиш бўлиб ўтди. Корхона марказий аппарати ва тизим корхоналари ёшлар қатнашган тадбирда, ёшлар масалалари бўйича бир қатор масалалар, жумладан - бошқарув аппарати ёшлар етакчисини сайлаш масаласи кўрилди. Йиғилиш иштирокчилари бир овоздан Хасанов Жаҳонгир Муратовични бошланғич ташкилот раислигига сайлади.

Учрашувда тизимда меҳнат қилаётган ёшлар ишларини янги босқичда давом эттириш истиқболлари ҳақида ҳам сўз юритилди.
886 views15:12
Ochish/sharhlash
2023-01-27 15:06:03
#sarhisob

“Urganchtransgaz” unitar korxonasining 2022-yilgi faoliyatiga oid ko'rsatkichlar
619 views12:06
Ochish/sharhlash
2023-01-24 12:57:37
“Газли-Нукус” магистрал газ қувури I тармоғининг 21 км қисми реконструкция қилинди.

Ушбу тадбир билан мазкур йўналишдаги газ транспорт тизимининг ўтказувчанлигини яхшилаш, қувурларнинг ишончли ва узлуксиз ишлашини таъминлашга эришилди. Ҳозиргача янги қувурни тармоққа улаш ишлари якунланиб, фойдаланишга топширилди.

“Урганчтрансгаз” УКга қарашли Хўжайли саноат майдони хизмат кўрсатадиган “Газли-Нукус” магистрал газ қувури I тармоғидаги аввал фойдаланилган 21 км қувур эса демонтаж қилиниб стеллажга жойланмоқда. Келгусида бу қувурлар яроқлилигига қараб гуруҳларга ажратилади ва турли мақсадларда фойдаланилади.
1.1K views09:57
Ochish/sharhlash
2023-01-23 10:59:28
Turkmaniston O‘zbekistonga gaz berishni qayta tikladi

“Turkmangaz” davlat kompaniyasining ma’lum qilishicha, 2023-yil 21-yanvardan e’tiboran Turkmaniston O‘zbekistonga gaz berishni qayta tikladi.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 12-yanvar kuni “Galkanish” gaz konida avariya holati qayd etilgan va O‘zbekistonga gaz yetkazib berish to‘xtatilgan edi.

Qayd etish kerak, O‘zbekiston “Daryalik” gaz hisoblash tarmog‘i orqali kuniga 16 mln kub metr tabiiy gazni Turkmanistondan import qilayotgan edi.

UTG.UZ|Facebook|Instagram|YouTube|Telegram
810 views07:59
Ochish/sharhlash
2023-01-19 15:02:08
“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisining ishonchli vakili Sh. Boboyev “Urganchtransgaz” UK markaziy apparatida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi Z. Atamuratova turmush o‘rtog‘ini Aqchaloq MGQBga ishga qabul qilish masalasida amaliy yordam so‘radi. Bu murojaat bo‘yicha masʼul xodimlarga o‘rganish ishlarini olib borish va natijasi haqida murojaatchiga javob xati yuborish vazifasi topshirildi.

Sh. Boboyev, shuningdek, Gazli MGQBda ham bo‘ldi. Unda fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglandi. Hozirgi kunda havo harorati past ekanligi inobatga olinib, boshqarmadagi barcha uskuna va isitish qurilmalarini muntazam nazoratga olish hamda mavsum davomida uzluksiz ishlashini taʼminlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ishonchli vakil boshqarmaning sex va bo‘limlariga chiqib, ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlarni ham ko‘zdan kechirdi.

UTG.UZ|Facebok|Instagram|YouTube|Telegram
935 views12:02
Ochish/sharhlash
2023-01-19 07:32:32
Проектно-конструкторский отдел УП "Ургенчтрансгаз".
Мы точно знаем какие будет завтрашний день!
152 views04:32
Ochish/sharhlash
2023-01-14 06:01:16
"Урганчтрансгаз" УКда 14-январь - Ватан ҳимоячилари куни билан ўтказилган тадбирлар.
1.0K views03:01
Ochish/sharhlash
2023-01-12 12:41:49
“Урганчтрансгаз” УК таркибидаги “UTG training” ўқув маркази 2022 йил капитал таъмирдан чиқарилиб, замон талаблари асосида жиҳозланди ва марказга тегишли эски ётоқхона 55 кишига мўлжаллаб реконструция қилиниб фойдаланишга топширилди.
Хозирги кунда ўқув марказидан тўла фойдаланиш мақсадида ҳамда давлатимиз раҳбарининг касб ўргатиш ва малака оширишга эътиборларидан келиб чиқиб “UTG training” ўқув маркази ётоқхонаси ҳудудида қўшимча янгидан 50 ўринга мўлжалланган барча қулайликларга эга ётоқхона биноси тўла тикланиб ички қурилиш-монтаж ишлари жадал суръатларда олиб борилмоқда.
Шу билан биргаликда касб ўрганиш ва малака оширишга келганларнинг дам олиш вақтларини унумли ва мароқли ўтказишлари учун ётоқхона худудидаги спорт майдончалари давр талаблари асосида таъмирланиб сунъий газон қопламалари ётқизилмоқда.
799 views09:41
Ochish/sharhlash