Get Mystery Box with random crypto!

“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisining ishonchli vakili Sh. Bobo | URGANCHTRANSGAZ_INFO

“O‘ztransgaz” AJ Boshqaruv raisining ishonchli vakili Sh. Boboyev “Urganchtransgaz” UK markaziy apparatida sayyor qabul o‘tkazdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi Z. Atamuratova turmush o‘rtog‘ini Aqchaloq MGQBga ishga qabul qilish masalasida amaliy yordam so‘radi. Bu murojaat bo‘yicha masʼul xodimlarga o‘rganish ishlarini olib borish va natijasi haqida murojaatchiga javob xati yuborish vazifasi topshirildi.

Sh. Boboyev, shuningdek, Gazli MGQBda ham bo‘ldi. Unda fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglandi. Hozirgi kunda havo harorati past ekanligi inobatga olinib, boshqarmadagi barcha uskuna va isitish qurilmalarini muntazam nazoratga olish hamda mavsum davomida uzluksiz ishlashini taʼminlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ishonchli vakil boshqarmaning sex va bo‘limlariga chiqib, ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlarni ham ko‘zdan kechirdi.

UTG.UZ|Facebok|Instagram|YouTube|Telegram